O`qituvchilarga yangi tahrirdagi metodik qo`llanma 

10 387

 Aziz hamkasblar! Yaqinda A.Soatov, R.Qurboniyozov, M.Mirakmalov va E.Nazaraliyeva hammuallifligida tayyorlangan 6-sinf Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi fanidan o`qituvchilar uchun mo`ljallangan yangi tahrirdagi metodik qo`llanma nashrdan chiqdi. 
 Metodik qo`llanma Respublika Ta`lim markazi qoshidagi "Tabiiy va aniq fanlar bo`limi” geografiya fani yo`nalishidagi Ilmiy-metodik kengashining 2012-yil 31-maydagi qaroriga ko`ra tasdiqlangan va qo`llanma qayta ishlangan variant ochiq savdo uchun tavsiya etilgan. 
 Maktab o`quvchilarining puxta bilim, malaka va ko`nikmaga ega bo`lishlari o`qituvchining pedagogik mahoratiga bog`liq. Barcha dunyoviy bilimlarni egallashda geografiya fani ustivor ahamiyatga ega. Shu bois geografik bilim "fan→o`qituvchi→o`quvchi” tizimi orqali o`zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, o`quvchi dastlabki bilimni o`qituvchisi orqali oladi.  Binobarin, o`qituvchining o`zi chuqur geografik bilimga, yuksak malaka va ko`nikmaga eha bo`lishini, ilg`or pedagogik texnologiyalarni mukammal o`zlashtirgan bo`lishini davr talab qilmoqda. Bu yangi asrning yangi avlodini tarbiyalash borasidagi talabi desak, xato qilmaymiz. 
  Darhaqiqat, geografiya fani o`qituvchisi mazkur kursni o`qitish jarayonida muayyan metodik ko`rsatmaga tayanishi, o`quvchilarga beradigan geografik bilimlarni tizimli va mantiqan to`g`ri tuzilgan reja asosida berishi muhim ahamiyatga ega. 6-sinfning "Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursidan o`qituvchilar uchun tayyorlangan mazkur metodik qo`llanmada ana shu jihatlar hisobga olingan. 
  Mazkur metodik qo`llanmada 68 soatga mo`ljallangan barcha mavzularga oid darsni o`tish yo`riqnomasi berilgan. Ushbu yo`riqnomalarga ijodiy yondashib pedagogik faoliyat olib borilsa, geografiya ta`limida ijobiy samaraga erishish mumkin. 
Respublika Ta`lim markazi
Murojaat uchun telefon: (+99897) 739-08-11
 

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.