Geografiya: 2500 savolga 2500 javob 

12 612

  Geografiya ixlosmandlariga yangi yil tuhfasi sifatida 2014-yilning so‘nggi kunlarida yangi qo‘llanma nashrdan chiqqan edi. Mualliflar Muxriddin Avezov va Istat Mirzayeva tomonidan nashr etilgan "Geografiya: 2500 savolga 2500 javob” deb nomlangan mazkur qo‘llanma darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari mavzulari asosida tuzilgan hamda qo‘shimcha manbalardagi ma’lumotlar bilan boyitilgan 2500 ta savolni va ularning javoblarini o‘zida jamlagan. 
  Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma o‘quvchilarni tegishli mavzularni oson va mukammal egallashlari uchun xizmat qiladi. Zukko va bilimdon ustozlarimiz esa bu qo‘llanmadan dars jarayonida samarali foydalanishlari mumkin. Qo‘llanma geografiyadan fan olimpiadalarida va "Bilimlar bellashuvi” da ishtirok etuvchi o‘quvchilarga ayni asqotadi. Shu bilan birgalikda, u oliy o‘quv yurtlariga kirish testlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun ham juda foydali qo‘llanma bo‘ladi. 

Murojaat uchun telefon: (+99894) 547-78-18

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.