Pokiston 

16 872

  Rasmiy nomi — Pokiston Islom Respublikasi. Poytaxti — Islomobod. Hududi – 796,1 ming km.kv. Aholisi – 193,2 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — urdu va ingliz. Dini — islom. Pul birligi — Pokiston rupiyasi.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Osiyodagi davlat. Sharqda, shimoli sharqda va janubi sharqda Hindiston (chegara uzunligi 2912 km), shimol- da Afg’oniston (2430 km), g’arbda Eron (909 km) davlatlari bilan chegaradosh. Mamlakatning janubiy qismi Arabiston dengizi bilan tutashib ketgan. Quruqlikdagi chegaralarining umumiy uzunligi — 6251 km, qirg’oq chizig‘i uzunligi — 1046 km. Pokiston Hindistonning Jammu va Kashmir viloyatlari xususida qo’shni davlat Hindiston bilan kurash olib bormoqda. Sharqda va janubi sharqda Hind daryosi havzasining tekisliklari joylashgan. Shimolda va shimoli g‘arbda Himolay tog‘i tik qoyalari hamda balandligi 7690 m bo‘lgan Hindiqush tog‘ tizmasi yastanib yotibdi. Mamlakatning g‘arbiy qismini Sulaymon, Tabakakar, Makron, Kirtxor tog‘ tizmalari bilan Belujiston yassitog’ligi egallagan. Asosiy daryosi Hind va uning irmoqlari. Pokiston tabiiy gazning salmoqli zaxiralariga ega bo‘lib, foydali qazilmalardan mis, neft, ko’mir, temir rudasi ham qazib olinadi.
 Iqlimi — musson, mamlakat hududining katta qismida tropik-kontinental. 0‘simliklar dunyosi birmuncha boy hisoblanadi. Hayvonot dunyosida yirik sut emizuvchi hayvonlar ko‘p emas. Tabiatiga yovvoyi tog` echkilari, to‘ng‘izlar va yowoyi qo’ylar hamda tekisliklarda yovvoyi eshaklar xos. Maymunlar ko‘p, sirtlonlar ham uchrab turadi, bundan tashqari belujiston tulkisi, qashqirlar va shoqollar keng tarqalgan. Qushlardan — burgut, tustovuq, to‘tilar ham ko‘p.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. Mamlakat tarkibiga 4 ta provinsiya (Belujiston, Shimoli g‘arbiy Chegara, Panjob, Sindx), qabilalar hududi va poytaxt Federal hududi kiradi. Pokiston boshqaruvidagi Jammu va Kashmir nizoli hududlari o‘z ichiga Ozod Kashmir hamda Shimoliy maydonlarini qamrab oladi. 1947-yil 14-avgustda Pokiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi (ilgari ingliz mustamlakasi — G‘arbiy Pokiston). Milliy bayramlari: 14-avgust — Mustaqillik kuni va 23-mart — Pokiston kuni. Ijro etuvchi hokimiyat prezidentga (davlat boshlig‘i) va premyer-ininistr boshchiligidagi hukumatga tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — prezident, ikki palatali parlament (Senat va Milliy Assambleya) tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy par­tiyalari: Pokiston musulmon ligasi, Jamoat-ul-Islomiya, Pokiston xalq partiyasi, Milliy xalq partiyalari, Pokiston sotsialistik partiyasi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Pokiston so‘nggi yillarda iqtisodni liberallashtirish, bir qator davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarishni o‘z ichiga kiritgan dastumi amalga oshirib kelmoqda. Hukumatning sa’y-harakatlari chet el hamda ichki investitsiyalar salmog‘ini oshirishga qaratilgan. Ishlab chiqarish tarmog‘ida asosan to‘qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatlari yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘ja!igining asosiy mahsulotlari paxta, sholi (asosiy eksport mahsulotlari), bug‘doy, qand lavlagi, meva va poliz ekinlari mahsulotlari. Chorvachilik ham rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Yaponiya, Gonkong, Germaniya, Buyuk Britaniya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 8773 km, avtomobil yo‘llari — 101315 km, port shaharlari — Gvadar, Karachi.
 Tarixi. Zamonaviy Pokiston hududida m. a. 3-2-ming yilliklarda dunyodagi eng qadimgilardan biri hisoblangan Xarappa sivilizatsiyasi mavjud bo’lgan. M.a. 1500-yilda Hind sivilizatsiyasini tashkil qilgan oriy qabilalari, mamlakatning forslar tomonidan bosib olinguniga qadar bo’lgan Pokiston tarixi hamda m. a. VI asrgacha boigan Hindiston tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. М. a. IV asrda Pokiston Buyuk Aleksandr (Iskandar Zulqarnayn) imperiyasi tarkibiga kirgan. Zamonaviy Pokiston hududida islom dini VI11 asrda tarqala boshladi. Temuriylar, Bobur Mirzo va uning avlodlari (1526- 1857-yy.) davrida esa Shimoliy Hindistonning musulmon hukmdorlari boshqaruvi hind knyazliklarining katta qismiga tarqaldi. XIX asrda zamonaviy Hindiston hududi ingliz qo‘shinlari tomonidan bosib olinib, Britan Hindistoni mustamlakasi tarkibiga kirdi. 1885-yilda hindlar tomonidan Hindiston Milliy Kongressini tashkil etish jarayoniga qo‘yilmagan musulmonlar 1940-yilda avtonom musul­mon davlatini tashkil etish talabi bilan chiqqan va o‘zlarining Hind musulmonlari ligasini tashkil qilishgan. 1947-yilda Hindiston mustaqillikka erishgandan so’ng Pokiston davlati shu yili tashkil etilib, 1956-yilda esa yangi qabul qilingan konstitutsiyasiga asosan Pokiston Islom Respublikasi deb e’lon qilindi. Pokiston va Hindiston o‘rtasida qurolli to’qnashuvlar boshlandi. 1965- va 1971-yillarda hind qurolli kuchlari Pokistonning sharqiy qismini ishg’ol qilganidan so‘ng, 1974- yilda shu hududda mustaqil Bangladesh davlati tashkil etildi. Shu bilan birga Pokiston Hindiston bilan Jammu va Kashmir shtatlari xususida ham bahs olib bormoqda. 1977-vilda harbiy to’ntarish oqibatida mamlakatda hokimiyat tepasiga general Ziyo ul-haq keldi. Ziyo ul-haq vafotidan so‘ng 1988-yilda Pokistonda erkin parlament saylovlari o‘tkazilib, ularda Benazir Bxutto boshchiligidagi Xalq Partiyasi g’alaba qozondi. 1990- yilda mamlakat prezidenti Is’hoq Xon muddatidan ilgari parlament saylovlarini belgilab, unda Islom demokratik alyansi g’alaba qozondi. 2007-yil dekabrida Benazir Bxutto terroristik harakat natijasida fojiali halok bo`lgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.