Mo`g`iliston 

20 085

 Rasmiy nomi — Mongoliya Respublikasi. Poytaxti — Ulan-Bator. Hududi — 1564000 km.kv. Aholisi – 2,8 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili mongol. Dini — lamaizm (Tibet buddizmi). Pul birligi — tugrik.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Osiyoda joylashgan davlat. G‘arbda, janubda va sharqda Xitoy (chegara uzunligi — 4673 km), shimolda Rossiya bilan (3441 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi — 8114 km. G‘arbida va janubi g‘arbida Mongoliya Oltoyi (balandligi — 438 m), Gobi Oltoyi va Xongay tog‘lari, mamlakatning markaziy qismida Xongay togiari joylashgan. Janubi va janubi sharqida Gobi sahrosi mavjud. Asosiy daryolari — Selenga, Kerulen, Kobdo. Nisbatan yirik ko’llari — Ubsu-nur, Xubsu-gul. Mamlakat hududida neft, ko‘mir, mis, temir rudasi, volfram, molibden, fosforitlar, qo‘rg‘oshin, nikel, oltin konlari bor. Mamlakat hududining katta qismini o‘tloq va yaylovlar (79%) egallaydi. Iqlimi — keskin kontinental.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 18 ta rayon (aymoqlar)ga va 3 ta munitsipalitet (Ulan-Bator, Darxan, Erdenet)ga bo`linadi. Mongoliya 1924-yil noyabr oyida mustaqillikka erishgan (ilgari Xitoy tarkibidagi tashqi Mongoliya provinsiyasi bo‘lgan). Milliy bayram — 11-iyul — Xalq inqilobi kuni. Ijroiya hokimiyat prezidentga (davlat boshlig’i) va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Oliy qonun chiqaruvchi organ — Buyuk Xalq Xurali (bir palatali parlament). Yirik siyosiy partiyalari: Mongoliya Xalq-inqilobiy partiyasi, Mon­goliya Milliy-demokratik partiyasi, Mongoliya Sotsial-demokratik partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodiy faoliyat an’anaviy ravishda qishloq xo‘jaligiga asoslangan (Mongoliya dunyoda jon boshiga eng ko‘p sigir to‘g‘ri keladigan mamlakat hisoblanadi). Tog‘-kon sanoati (ko‘mir, temir rudalari, mis, molibden, volfram, qo‘rg‘oshin, oltin qazib olish) asosiy tarmoq hisoblana­di. Iqtisodiyotining boshqa muhim tarmoqlari — o’rmon xo‘jaligi va baliqchilik. Hozirgi vaqtda mamlakat iqtisodiyoti markaziy rejalashtirishdan bozor munosabatlariga o‘tish davrini boshidan kechirmoqda. 2006-yil YIM miqdori 5127 mln dollami (aholi jon boshiga — 1782 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Qozog‘iston.
  Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 1750 km. Avtomobil yo‘llari — 46700 km (1000 km qattiq qoplamali yoilar), ichki suv yo‘llari — 397 km.
 Tarixi. VI asrdan XII asrgacha hozirgi Mongoliya hududi turk, uyg‘ur, qirg‘iz xonliklarining va Laoo davlatlarining tarkibida bo‘lib keldi. XIII asrda Chingizxon mo‘g‘ul qabilalarini birlashtirib juda ko‘p mamlakatlami bosib oldi va Ulkan Mo‘g‘ul imperiyasini vujudga keltirdi. XVI asrga kelib mo‘g‘ullar oldingi qudratini yo‘qotdi va budda dinini qabul qilishdi, 1635-1691-yillarda esa mo‘g‘ul qabilalari Manchjur hukmdorlari ta’siri ostiga tushib qoldilar. 1911-yili tashqi (shimoliy) Mongoliya Xitoy protektoratiga aylandi. Rossiyada inqilob amalga oshganidan keyin 1918-yili xitoyliklar Mongoliyaning butun hududlarini bosib olishga harakat qilishdi, biroq 1921-yili mamlakatga sovet qo‘shinlari kiritildi. 1924-yili esa Mongoliya Xalq Respublikasi deb e’lon qilindi. 1939-yili Xalxin-Gol daryosi rayonida Qizil Armiya yapon qo‘shinlarining hujumlarini qaytardi. 1946-yili Mongoliya mustaqilligi Xitoy tomonidan tan olindi. 1991-yili hokimiyat tepasidagi kommunistik partiya marksizm-leninizm tamoyillarini rad etib, mamlakatda siyosiy va iqtisodiy islohotlar o‘tkaza boshladi. Shu davrdan boshlab Mongoliya Respublikasi deb ataladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.