Maldiv 

7 935

  Rasmiy nomi — Maldiv Respublikasi. Poytaxti — Male. Hududi — 298 km.kv. Aholisi – 400 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili — maldiv (diveli). Dini — islom (davlat dini). Pul birligi — maldiv rupiyasi.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Osiyoning janubida Hind okeanining shimoliy qismidagi 2000 ta marjon orollarda joylashgan davlat (bu orollardan 112 tasi o‘zlashtirilgan). Sohil bo‘ylab chegara uzunli­gi — 644 km. Asosiy tabiiy resursi — baliq.
 Iqlimi — janubi ekvatorial mussonli, shimoli esa subekvatorial mussonli. 0‘simlik dunyosida kokos palmalari va bananlar bor.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezident respublikasi.         1965-yil 26-iyulda Maldiv mustaqilligi e’lon qilingan (ilgari — Buyuk Britaniya protektorati bo‘lgan), 1968-yili esa referen­dum o‘tkazish yo‘li bilan Maldiv respublika deb e’lon qilingan. 26-iyul — Milliy bayram (mustaqillik kuni) hisoblanadi. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodiyotining asosi baliqchilik (bu sohada ishga yaroqli aholining 80% i band, baliqchilik umumiy eksportning 60% ini tashkil qiladi) va turizm. Keyingi paytlarda turizm sohasi iqtisodiyotning muhim va tez rivojlanayotgan sektori bo‘lib qoldi. Qishloq xo‘jaligi mamlakatning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojining 10% ini ta’minlaydi. Asosiy savdo hamkorlari: Tailand, Shri-Lanka, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya.
 Temiryo‘llari yo‘q, mamlakat poytaxti Male shahrida 9,6 km asfaltlangan avtomobil yo‘llari bor. Mamlakatning asosiy porti: Male.
 Tarixi. 1834-yili ochilgan Maldiv orollarida musul on sultonligi tashkil topdi, uning ustidan esa 1887-yili Buyuk Britaniya protektorati o‘rnatildi. 1965-yili mustaqillik olgan Maldiv orollari 1968-yili respublika deb e’lon qilindi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.