Iordaniya 

9 575

  Rasmiy nomi — Iordaniya Hoshimiylar podshohligi. Poytaxti — Amman. Hududi – 89,4 ming km.kv. Aholisi – 6,2 mln kishidan ortiq (2012). Tili — arab. Dini — islom davlat dini hisoblana­di. Pul birligi — iordan dinori.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Iordaniya Yaqin sharqda Osiyoning g‘arbiy qismida joylashgan. Iordaniya sharqda va janubda Saudiya Axabistoni (chegara uzunligi — 728 km), sharqda Iroq (181 km), g‘arbda Isroil (238 km ) va Falastin (97 km), shimolda Suriya (375 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi — 1619 km. Iordaniya ma’muriy jihatdan 12 muhofazat (viloyat)ga bo‘linadi. Iordaniya- ning aksar qismi sharqdan g‘arbga tomon balandlashib boradigan yassitog‘liklardan iborat. Janubdagi Ram tog‘i Iordaniyaning eng baland nuqtasi (1764 m). Mamlakatning g‘arbiy qismida meridian chizig‘iga parallel holda yo‘nalgan chuqur botiq voha — Hor (Al-Hor) va uning davomi Vodiy al-Arab joylashgan. Hor mintaqasida Iordan daryosi vodiysi va 0‘lik dengiz o‘rin olgan. Bu mintaqaning har ikki tomonida Suriya-Falastin tog‘lari qad rostlab turadi. Yirik shaharlari: Ommon, Az-Zarqa, Irbid, Al-Xalil.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Iordaniya — Konstitutsion monarxiya.          1952-yil 8-yanvarda qabul qilingan konstitutsiyaga amal qiladi. Davlat boshlig‘i — Malik (podshoh) bo‘lib, u qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyat sohasida katta huquqqa ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat podshoh va Millat majlisi (parlament): u Senat va deputatlar palatasidan iborat. Senatni podshoh 4 yilga tayinlaydi. Deputatlar palatasi to‘g‘ridan to‘g‘ri va ovoz berish yo‘li bilan 4 yilga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni podshoh o‘zi ta’minlaydigan hukumat — Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiradi.
    Iqtisodi va transport kommunikatsiyalari. Iordaniya iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va sayyohlik sohalari rivojlanmoqda. Iordaniya fosfat va ishqor (potash), mis va marganes zaxiralariga va unchalik yirik bo‘lmagan neft konlariga ega. Konchilik, energetika, to‘qimachilik sanoatlari rivojlangan. Iqtisodiyotida konchilik sanoati muhim ahamiyatga ega. Fosforit eksporti bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Mamlakat mineral tuzlarga ham boy. Shuningdek, brom, magniy oksidi ham qazib olinadi. Mis rudasi, marganes, uran, temir rudasi ham bor. Bulardan tashqari, Iordaniya yerlari kaolin, gips, ohaktosh, kvarsli qumlar, dolomit, bentonit, dala shpati konlariga ham boydir. Iordaniyada sovutgich, gaz plitalar, akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan zavodlar, qurilish mollari, mebel korxonalari bor. Dori-darmon, sigareta, kulolchilik buyumlari, poyabzal, to‘qimachilik mollari ham ishlab chiqariladi.
  Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotda yuqori mavqega ega emas. Mamlakat hududining atigi 5-6% i haydaladigan yerlardir. Chorvachilik oqsoq tarmoq hisoblanadi. Asosan qoramol, qo‘y va echki boqiladi. (Yem-xashak yetishmaydi, yaylovlar kam.)
  Iordaniya chetga asosan fosfat, fosfatli va kaliyli o‘g‘itlar, ishqor, sement, marmar, akkumulyatorlar, to‘qimachilik buyumlari, parafin, lok bo‘yoqlar, tozalash moddalari, qandolatchilik mahsulotlari, kimyoviy mollar chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, neft va neft mahsulotlari, go‘sht, sut mahsulotlari olinadi. Asosiy savdo hamkorlari — arab davlatlari, AQSH, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston.
Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 619 km. Avtomobil yo‘llarining uzunligi — 7500 km. Asosiy porti — Akaba.
  Tarixi. Hozirgi Iordaniya hududida dastlab kananeylarning somiy qabilalari yashagan. M.a. bir ming yillikda bu hududning bir qismi Isroil va Yahudiya podsholiklari tarkibida bo‘lgan. М. a. I ming yillik oxirida qadimgi arab davlati — Nabateya podsholigi vujudga keldi. Iordaniya milodiy II asrning 30-yillaridan Rim, IV asrdan Vizantiya imperiyasi, VII asrdan Arab xalifaligi qo‘l ostida bo‘ldi. XI-XV asrlarda salibchilar, saljuqiylar, Misr mamluklari bostirib kirdi. X asrning boshidan 1918-yilgacha Usmonli turk imperiyasi tarkibida bo‘ldi. Mamlakat birinchi jahon urushi davrida arab qo‘zg‘olonchi va vatanparvarlari tomonidan ozod qilindi. So‘ng Suriya hududi bilan birga amir Faysal qo‘l ostiga o‘tdi. 1920-yilda Britaniya mandatidagi Falastinga qo‘shildi. 1921-yilda Iordan daryosining sharqiy qismida hoshimiylar sulolasidan bo‘lgan amir Abdulloh rahbarligida Transiordaniya amirligi tashkil topdi. Amirlik ustidan Angliya nazorati o‘rnatildi. 1946-yil 25-mayda Transiordaniya Iordaniya nomi bilan mustaqil davlat, amir Abdulloh (2004-yil vafot etgan) esa uning podshohi deb e’lon qilindi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.