Yuklanmoqda...

Jahon mamlakatlari

Butan

  Rasmiy nomi — Butan Qirolligi. Poytaxti — Tximpxu. Hududi — 47000 km. Aholisi – 0,9 mln kishi (2012). Davlat tili — dzong-ke. Dini-maxayan buddaviyligining larnaistik shakli. Pul birligi — ngultrum.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Osiyo janubida, Himolayning sharqida joylashgan davlat. Sharqda, janubda va janubiy g‘arbda Hindiston, shimolda va shimoliy g‘arbda Tibet bilan chegaradosh. Tog‘li mamlakat. Sharqiy Himolayning janubiy qismini egallagan. Eng baland tog‘i — Jamolxari (7314 m).
  Iqlimi — tropik. Daryolari Braxmaputra havzasiga tegishlidir. Mamlakat kalsiy karbiti, gips zaxiralariga ega. Grafit, mis, qo‘rg‘oshin, toshko‘mir, volfram qazib olinadi. Haydaladigan yerlar mamlakat maydonining 2,8% ini tashkil etadi. Tog‘ cho‘qqilari qor bilan qoplangan. Biraxmaputra irmoqlari vodiysida bananlar o‘sadi. Hayvonot dunyosida maymun, yo‘lbars, himolay ayiqlari, kiyik, fil kabi hayvonlami uchratish mumkin.
 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat 8 ta viloyatga bo‘lingan. Davlat tuzilishi — konstitutsiyaviy monarxiya. Davlat boshlig‘i — qirol. Hukumat boshlig‘i — Ministrlar Kengashi raisi. Siyosiy partiyalar rasman mavjud emas.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodi natural xo‘jalik va feodal munosabatlari ustun bo‘lgan agrar mamlakat. Tog‘lardagi ekin maydonlarida mango, boshoqlilar, sitrus o‘simliklar, ananas yetishtiriladi. Hunarmandchilik rivojlangan bo‘lib, ustaxonalarda sovuq qurol, gilam, mato to‘quvchiligi, yog‘ochga ishlov berish amalga oshiriladi. Tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari faoliyat yuritmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: Hindiston, Yaqin Sharq mamlakatlari, Yevropa mamlakatlari, Singapur.
  Tarixi. Zamonaviy Butan hududi m. a. VIII asrda Hindiston hukmronligi ostiga o‘tdi. XVI asrda Butan Ti­bet hukmdorlariga bo‘ysundi. 1774-yilda zamonaviy Butan hududida yashagan xalqlar Xitoy hukmronligi ostida qoldi. XIX asrda inglizlar bostirib kirdi. 1907-yilda Tongsi hukmdori Ugiyen Vangchuk monarx deb e’lon qilindi va o‘z sulolasiga asos soldi. 1949-yilda Butan Hindistondan mustaqillik oldi. 1954-yilda o‘z parlamentini tashkil etdi. 1998-yilda qirol o‘z vakolatlarining bir qismidan Milliy Assambleya foydasiga vos kechdi.

  • Xavfsizlik:
  • Narx-navo:
  • Yashash tarzi:
  • Turizm:
  • Iqtisodi:
  • Armiyasi:
  • Biznes:
  • Tozaligi:
  • Joylashgan qit'asi: Osiyo
  • Poytaxti: Tximpxu
  • Davlat tili: Dzong-ke
  • Pul birligi: Ngultrum
  • Davlat tuzumi: Konstitutsiyaviy monarxiya
  • Maydoni: 47000 km.kv
  • Aholi soni: 0,9 mln kishi (2012)
  • Shaharlar soni: