Sent-Kits va Nevis 

4 352

 Rasmiy nomi — Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi. Poytaxti — Baster. Hududi — 262 km.kv. Aholisi – 51 538 (iyul 2014-y). Davlat tili ingliz. Dini — xristianlik. Pul birligi — Sharqiy Karib dollari.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Karib havzasidagi ikki orolda (Sent-Kitts va Nevis) joylashgan davlat. Shamolli orollar guruhiga kiradi. Qirg‘oq bo‘ylab chegara uzunligi — 135 km. Ichki qoyali qismga ega orollar vulqon oqibatida paydo bo‘lgan. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi — Mizeri tog‘i (1155 m) Sent-Kitts orolida joylashgan. Iqlimi — tropik, mo‘tadil issiq. Orollaming o’rmon bilan qoplangan tog‘lari juda ko’rkam.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya, Britaniya hamdo‘stligi a’zosi. Mamlakat Buyuk Britaniyadan mustaqillikni 1983-yil 19-sentabrda qo‘lga kiritgan. Bu kun Milliy bayram (Mustaqillik kuni) sifatida nishonlanadi. Qonunchilik ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Davlat boshlig’i — Britaniya monarxi (ayni damda qirolicha Yelizaveta II). Ijroiya hokimiyati ham Bosh vazir boshchiligidagi hukumatga tegishli. Oliy qonun­chilik organi — Milliy Majlis (bir palatali parlament). Eng virik siyosiy partiyalari: Xalq birligi harakati (XBH), Leyboristik partiya (LP), Birlashgan milliy harakat (BMH), Nevis reformistik partiyasi (NRP).
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodiyoti an’anaviy tarzda shakarqamish yetishtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq (shakar — asosiy eksport mahsuloti). Boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari: sholi, yams, banan. So‘nggi yillarda turizm tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, KARIKOM mamlakatlari, Buyuk Britaniya. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 300 km. Asosiy portlari: Baster (Sent-Kitts), Charlstaun (Nevis).
  Tarixi. 1493-yili Kolumb kashf etgan bu orollar Ispaniya mustamlakasiga aylandi. XVII asming boshlarida esa Buyuk Britaniya qoi ostiga o‘tdi. XVII-XVIII asrlarda orollar Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasida talash bo’ldi, biroq 1783-yili Parij shartnomasi Buyuk Britaniyaning Sent-Kitts va Nevisga bo‘lgan huquqini tasdiqladi. Britaniya hamdo‘stligi doirasida 1967-yili muxtoriyatni qo‘lga kiritgan orollar 1983-yilning sentabrida mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.