Sent-Kits va Grenada
Rasmiy nomi — Sen-Vinsent va Grenadin. Poytaxti — Kingstaun (aholisi 18,2 ming kishi). Hududi — 389 km.kv. Aholisi – 102 918 kishi (2014). Davlat tili — ingliz. Dini — xristianlik. Pul birligi — sharqiy Karib dollari.
Geografik joylashuvi va tabiati. Karib dengizining janubi sharqiy qismidagi Sent-Vinsent va Grenadin orollarida joylashgan davlat. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 84 km. Mamlakat hududi vulqon otilishidan hosil bo‘lgan tepaliklardan iborat orollar. Iqlimi — tropik mo‘tadil. Orollarning o‘rta qismi butunlay o‘rmon bilan qoplangan, biroq qimmatli turlari kam, asosan palma, non daraxtlari uchraydi.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya, Britaniya hamdo‘stligi a’zosi. Sent-Vinsent 1979-yilning 27-oktabrida mustaqil davlat bo‘ldi (avval Buyuk Britaniya mustamlakasi). Milliy bayramlari: 22-yanvar — Sent-Vinsent va Grenadin kuni, 27-oktabr — Millat kuni. Qonunchilik ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Davlat rahbari — Britaniya monarxi (ayni paytda qirolicha Yelizaveta II), uning vakolatlarini general-gubernator amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyat Bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasiga tegishli. Oliy qonunchilik organi — Majlis palatasi. Eng yirik siyosiy partiyalari: Yangi demokratik partiya (YDP), Sent-Vinsent leyboristik partiyasi (SVLP), Birlashgan xalq harakati (BXH), Progressiv demokratik partiya (PDP).
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodiyotining eng muhim sohasi — qishloq xo’jaligi (banan — asosiy eksport mahsulotlaridan biri). Rivojlanib borayotgan turizm ham daromadning eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishi asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan iborat. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSH, Karib havzasi davlatlari.
Avtomobil yoilarining umumiy uzunligi — 1184 km. Porti — Kingstaun.
Tarixi. Sent-Vinsent oroli Kolumb tomonidan kashf qilingan va XVII asrgacha ispan mustamlakasi bo’lib qolaverdi. XVII-XVIII asrlarda orol Fransiya bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida talash bo‘ldi. Sent-Vinsent va Grenadin 1762-yili Buyuk Britaniyaning to‘la hukmronligi ostiga o‘tdi va 1783-yili mustamlaka deb e’lon qilindi. 1958- 1962-yillarda orollar Vest-Indiya Federatsiyasiga kirdi, 1979-yili esa mustaqil davlat deb e’lon qilindi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.