Tuvalu 

5 256

  Rasmiy nomi — Tuvalu. Poytaxti — Funafuti. Hududi — 26 km.kv. Aholisi – 12 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili — tuvalu va ingliz. Dini — protestantlik. Pul birligi — avstraliya dollari va tuvalu dollari.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanining janubi g‘arbiy qismidagi davlat. Sohilining umumiy uzunligi — 24 km. Shimoli g‘arbdan janubi sharqqa tomon 600 km uzunlikdagi masofada joylash­gan 9 ta maijon (korall) orollar Tuvaluni tashkil etadi. Asosiy orol — Funafuti. Asosiy tabiiy boyligi — baliq. Iqlimi — subekvatorial. 0‘simlik dunyosi asosan paporotnik va mangozorlardan iborat. Hayvonot dunyosini cho‘chqa, it, kalamush, dengiz qushlari, kaltakesaklar tashkil etadi.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Britaniya hamdo‘stligi tarkibidagi mustaqil davlat. Tuvalu mustaqillikka 1918-yilning         1-oktyabrida erishdi (awalgi nomi — Ellis orollari). 1-oktabr — Milliy bayram (Mustaqillik kuni). Davlat boshlig‘i — Britaniya monarxi (hozirgi kunda qirolicha Yelizaveta II). Ijro etuvchi hokimiyat Britaniya monarxining vakili — general-gubernator va hukumat boshlig‘i Bosh vaziriga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalari yo‘q.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodi asosan baliqchilik va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdan iborat. Eksport qilinadigan asosiy mahsulotlari — kokos yong‘og‘i va kopra (kokos yong‘og‘ining mag‘zi). Turizmning rivojlanishiga orollarning juda uzoqda joylashganligi to’sqinlik qiladi. Hukumat marka va tangalar sotishdan ham katta daromad oladi. Asosiy savdo sheriklari: Fiji, Avstraliya, Yangi Zelandiya. Avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi — 8 km. Portlari: Funafuti, Nukufetau.
 Tarixi. Nikunua oroli ingliz J.Bayron tomonidan 1764-yilda kashf etiladi. Hozirgi Tuvalu hududini tashkil etuvchi qolgan orollar 1788-yilda Gilbert tomonidan kashf etiladi. 1892-yilda Gilbert va Ellis orollari Britaniyaning protektorati deb e’lon qilinadi. 1915-yilda bu orollar Buyuk Britaniyaning mustamlakasiga aylanadi. 1974-yilda o’tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra Ellis orollari Tuvalu deb nomlangan mustaqil davlatga aylanadi. Gilbert orollari 1979-yilda mustaqillikka erishib Kiribati Respublikasini tashkil etadi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.