Tonga
Rasmiy nomi — Tonga Qirolligi. Poytaxti — Nukualofa. Hududi — 748 km2. Aholisi – 112 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili — tonga va ingliz. Dini — protestantlik (50%), katolik. Pul birligi — paanga.
Geografik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanning janubi g’arbiy qismidagi davlat. 150 dan oshiq orollarda joylashgan. Sohillarining umumiy uzunligi — 419 km. Orollarning aksariyati korallardan, qolganlari — vulqon natijasida vujudga kelgan. Iqlimi — tropik. Tonganing o‘simlik dunyosi asosan daraxtsimon paporotnik va kazuarinlarning tropik o‘rmonlaridan iborat. Hayvonot dunyosini kaltakesaklar, ilonlar va hasharotlar tashkil etadi.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzumi — konstitutsion monarxiya. Tonga mustaqillikka 1970-yilning 4-iyunida erishdi (avval Buyuk Britaniya mustamlakasi). 4-iyun — Milliy bayrami (Mustaqillik kuni). Davlat boshlig‘i — monarx. Ijro etuvchi hokimiyat Bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasiga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ — qonun chiqaruvchi Assambleya (bir palatali parlament). Siyosiy partiyalari: Inson huquqlari uchun harakat, Xalq partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodining asosiy tarmog’i qishloq xo’jaligidir (YIM — 50%). Kokos yong‘og‘i, banan, vanil donalari umumiy eksport hajmining 2/3 qismini tashkil etadi. Baliqchilik rivojlangan, oziq-ovqat mahsulotlari chet eldan, asosan Yangi Zelandiyadan import qilinadi. Sanoat sohasi YIMning 11% ini tashkil etadi. Chet el valutasini keltiradigan asosiy manba turizmdir. Asosiy savdo sheriklari: Yangi Zelandiya, Avstraliya, AQSH, Yaponiya. Avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi — 198 km. Asosiy porti — Nukualofa.
Tarixi. Aholisi polineziyaliklardan iborat bo’lgan hozirgi Tonga hududiga kiruvchi orollar 1616-yilda gollandlar tomonidan kashf etiladi. Uzoq davom etgan to’qnashuvlardan so’ng Tonga 1845-yilda mustaqil qirollikka aylanadi. Lekin 1900-yilda Tonga Buyuk Britaniya protektorati deb e’lon qilinadi. 1970-yilda Tonga mustaqillikka erishdi. Tonga Britaniya hamdo’stligi tarkibiga kiradi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.