Seyshel orollari 

6 922

Rasmiy nomi — Seyshel Orollari Respublikasi. Poytaxti — Viktoriya. Hududi — 405 km.kv. Davlat tili — ingliz, fransuz va kreol. Dini — katolik. Pul birligi — seyshel rupiyasi.

Geografik joylashuvi va tabiati. Hind okeanining g‘arbiy qismida, Madagaskar orollarining shimoli sharqidagi Seyshel va Amirant orollarida joylashgan davlat. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 491 km. Maye, Praslen, Siluet, La-Dig singari yirikroq orollariga marmartoshlaridan iborat torgina qirg‘oq bo’ylari va tepaliklar xarakterlidir. Maydaroq orollar esa tekis maijon balandliklaridan iborat. Mamlakatning eng baland nuqtasi 915 m. Asosiy tabiiy boyliklari: baliq, kopra. 

Iqlimi — subekvatorial. Yirik orollarda doimiy ko‘m-ko‘k tropik o’simliklar saqlanib qolgan, palmalarning noyob turlari o’sadi, ularning orasida yalang’ochsimon seyshel palmasi, dengiz kokosi ham bor. Shu­ningdek, daraxtsimon paporotniklar ham uchrab turadi. Orollar ancha chetda joylashganligi tufayli faqat shu arxipelagdagina uchraydigan qushlar va sudralib yuruvchilar juda ko‘p. Faqat Aldabrening o‘zida ulkan toshbaqalar, qushlarning 14 ta kamyob turi uchraydi.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Malalakat 13 ta kichik ma’muriy hududlarga bo‘lingan. Seyshel orollari 1976-yilning 29-iyunida Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘ladi. Milliy bayrami — 18-iyun — Millat kuni (1993-yili yangi konstitutsiya qabul qilingan kun). Davlat va hukumat boshlig’i — prezident. Oliy qonunchilik organi — Xalq majlisi (bir palatali parlament). Ro‘yxatga olingan yettita siyosiy partiyalardan eng yiriklari — Seyshel xalqining progressiv fronti (SHPF), Demokratik partiya.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mehnatga layoqatli aholining 30%ga yaqini band boigan turizm industriyasi valutasining 70% dan ko‘prog‘ini ta’minlaydi. ishlab chiqarish baliqchilik va qishloq xo‘jaligi bilan cheklangan. Qishloq xo’jaligida (YIMning 7% ga yaqini) asosiy savdo ekinlari — kokos yong’og’i, koritsa, vanil. Zaruriy oziq-ovqatning katta qismi chetdan olib kelinadi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Buyuk Britaniya, Baxrayn, Keniya.

Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 260 km, asosiy porti — Viktoriya.

Tarixi. Portugallar tomonidan 1505-yili ochilgan Seyshel orollari 1742-yili Fransiya tomonidan mustamlaka qilib olindi. 1794-yili orollar Buyuk Britaniya boshqaruviga o‘tdi. Angliya 1903-yili orollarni o‘z mustamlakasi deb e’lon qildi. 1976-yili Seyshel orollari Buyuk Britaniya hamdo’stligi a’zosi bo`lib qolgan holda mustaqillikka erishdi. 1977-yili davlat to‘ntarishi oqibatida sotsialistik davlat qurilishini e’lon qilgan Rene mamlakat prezidenti bo‘ldi. 1991-yili mam­lakat boshqaruvining bir partiyali tizimi ko‘ppartiyaviylik bilan almashtirildi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.