Grenada 

4 157

  Rasmiy nomi — Grenada. Poytaxti — Sent- Jorjes. Hududi — 344 km2. Aholisi – 100 mingdan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — katolik va protestantlik. Pul birligi — sharqiy karib dollari.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Karib dengizi havzasida joylashgan davlat. Mamlakat hududi Grenada oroli, Janubiy Grenadin arxipelagi bir nechta orollari va Kichik Antil orollaridan tashkil topgan. Bu orollarning barchasi vulqonli orollar bo‘lganligi uchun kichik-kichik tog‘liklardan iborat. Eng baland nuqtasi Sent-Katerin tog‘i (840 m).
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzumi — konstitutsion monarxiya. Britan hamdo‘stligi a’zosi. Grenada 1974-yil 7-fevralda Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgan. Davlat boshlig‘i Britaniya tomonidan tayinlanadigan general-gubemator. Ijroiya hokimiyat bosh ministr boshchiligidagi hukumatga te­gishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament — Senat va Vakillar palatasi amalga oshiradi. Asosiy siyosiy partiyalari: Milliy Demokratik Kongress, Grenada Birlashgan Leyboristlar partiyasi, Milliy partiya.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Grenada agrar qishloq xo‘jalik davlati. U muskat yong‘og‘i yetishtirish va uni eksport qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Sanoat yaxshi rivojlanmagan. Turizm asosiy daromad manbayi hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Trinidad, Tobago.
 Tarixi. Grenada oroli ispanlar tomonidan 1498-yil kashf qilingan. 1650-yil Fransiya mustamlakasiga aylantirilgan. 1762-yil Buyuk Britaniya Grenadani o‘z mulkiga aylantirdi. 1967-yildan Britan hamdo‘stligi a’zosi. 1974-yil 7-fevralda mustaqilligini e’lon qilgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.