Folklend orollari 

3 954

Rasmiy nomi — Folklend (Malvin) Orollari. Poytaxti — Port-Stenli. Hududi — 12200 km.kv. Davlat tili ingliz. Dini — xristianlik. Pul birligi — folklend funti. 

Geografik joylashuvi va tabiati. Folklend orollari — Atlantika okeanining janubi g‘arbiy qismidagi arxipelag. Arxipelag ikki yirik — Soledad va Gran-Malvin orollaridan tashkil topgan. Bundan tashqari 200 ga yaqin mayda orollar ham uning tarkibiga kiradi. Orollar cho’kma jinslardan tashkil topgan. G‘arbiy Folklend orolining eng yuqori nuqtasi — Adam tog‘i (706 m).  Iqlimi — salqin okean iqlimi. O‘simlik dunyosi kambag’al, torf botqoqliklari mavjud. Hayvonot dunyosida dengiz jonivorlari ustunlik qiladi, bu yerda: tulenlar, qisqichbaqalar, baliqlarning ko‘plab turlari va qushlar juda ko‘p.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Orollami Buyuk Britaniya qirolichasi tomonidan tayinlanadigan gubernator boshqaradi. Ma’muriy-hududiy bo‘linishga ega emas. Og‘ir samolyotlarni qabul qilish uchun qo’nish maydoni va bazasi mavjud. Siyosiy partiyalari: Folklend orollarining milliy taraqqiyot partiyasi.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mahalliy aholining asosiy mashg‘uloti — qo‘ychilik, baliqchilik. Qoramol va otlar ham boqiladi. Oziq-ovqat ishlab chiqarish va junga qayta ishlov berish fabrikalari ham mavjud. Kartoshka, karam, piyoz, lavlagi, arpa kabi madaniy o‘simliklar yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, Argentina.

Tarixi. Arxipelagni o’rganish uchun birinchi jiddiy urinish golland dengizchisi Sebald Veyert tomonidan amalga oshirildi. Orollarga Sebaldin orollari nomi berilib, ular geografik xaritalarga kiritildi. 1760-yil yanvarida inglizlar g‘arbiy va sharqiy orollami ajratib turgan bo‘g‘ozni kashf qilishdi va unga ingliz floti g‘aznachisi lord Folklend nomini beradilar. Keyinchalik butun arxipelag shu nom bilan atala boshlandi. XVIII asrda orollarga San-Malo portidan yo‘lga chiqqan fransuz dengizchilari serqatnov bo‘lib qolishdi. Shu tariqa bu arxipelag o‘zining ikkinchi, Malvin orollari nomiga ega boidi. Bu nom rasman Argentina va Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlarida ishlatiladi. 1764-yilda Malvin orollariga mashhur dengizchi Lui Antuan de Bugenvil boshchiligidagi dengiz ekspeditsiyasi kelib tushdi. U Soledadning sharqiy qirg‘oqlarida doimiy manzilgoh — Port-Sen-Luiga asos soldi. Aynan shu yerda orollar Fransiya mulki deb e’lon qilindi. Buyuk Britaniya Fransiyani arxipelagdan siqib chiqarishga uringan. 1765-yilda ingliz dengizchisi Jon Bayron shar­qiy Folklendga qurollangan otryad tushirib, Port- Egmont fortiga asos solib, orollarni ingliz mulki deb e’lon qildi. Angliya va Germaniya bilan olib borilgan yetti yillik urushda band boigan Fransiya arxipelagni Ispaniyaga 25 ming funt-sterlingga sotib yubordi. Ispaniya va Angliya munosabatlari shu darajada keskinlashdiki, harbiy to‘qnashuv yuz berishi tayin bo‘lib qoldi. Uzoq davom etgan mojarolardan so‘ng Ispaniya Angliyaga Port-Egmontni qaytarib berishi uchun rasmiy London arxipelag suverenitetidan voz kechishga majbur edi. Biroq inglizlar 1774-yil orollami Buyuk Britaniya mulki deb e’lon qilgan holda o‘z gamizonini olib chiqib ketdi. Keyingi yillarda Riodelya-Plata vitse-qirolligining tarkibiy qismi deb e’lon qilingan Malvin orollariga Ispaniya va Janubiy Amerikadan ko‘chmanchilar kelib o‘rnasha boshladi. XIX asr boshlarida Buyuk Britaniya butun La-Plata hududini bosib olishga urindi. Biroq inglizlar mahalliy aholining jiddiy qarshiligiga duch keldi. 1816-yili La-Plataning birlashgan provinsiyalari Ispaniyadan mustaqilligini e’lon qilib, 1826-yilda Argentina respublikasini ta’sis etgan konstitutsiyani qabul qildi. Malvin orollari va kontinental shelf doirasidagi barcha ispan orollari respublika tarkibiga kiritildi. 1820-yilda kapitan Devid Juitt boshchiligidagi «Eroina» argentin fregati Malvin orollariga yetib keldi va bu yerda Argentina respublikasi bayrog‘i ko’tarildi. 1833-yilning 3-yanvarida inglizlar Soledaddan X.M.Mineda boshchiligidagi harbiy va fuqarolik hukumatni va shu yerda qolgan argentinaliklarni quvib chiqardi. Argentina hech qachon Buyuk Britaniyaning arxipelagga bo‘lgan hududiy huquqlarini tan olmagan va bir yarim asr davomida orolning mustaqilligi tiklanishini talab qilib kelmoqda. 1982-yili Folklend orollariga egalik qilish uchun Buyuk Britaniya va Argentina o’rtasida mojaro yuz beradi. Bir yarim oy davom etgan harbiy mojaro Argentinaning mag‘lubiyati bilan tugaydi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.