Turkmaniston Respublikasi 

15 311

 Turkmaniston Markaziy Osiyoning janubida joylashgan davlat. Shimoli-g'arbdan Qozog'iston, Shimol va shimoli-sharqdan O'zbekiston, janubdan Afgoniston va Eron bilan chegaradosh. G'arbiy qismi Kaspiy dengizi bilan o'ralgan. Ma’muriy jihatdan 5 viloyatga ajraladi.
  Milliy mustaqilligi 1991-yilning 27-oktyabrida e`lon qilingan. IGO‘ 1996-yili Eron orqali Fors qo`ltig'i va Kavkaz orqali Qora dengiz bo`ylariga yo'llar ochilishi bilan ancha qulaylashdi.
 Tabiiy sharoiti: Asosan, relyefi tekis, iqlimi kontinental va qurg`oqchil hamda suv manbalari kamligi tufayli qadimdan quduqlardan keng foydalanib kelinadi. Quduqlar ko`pligi sababli, ba`zan Turkmamstonni "quduqlar mamlakati” ham deyishadi. Tabiiy resurslardan neft va tabiiy gazga, oltingugurt hamda turli tuzlarga ancha boy.
  Aholisi, asosan, tabiiy o'sish hisobiga ko`paymoqda. Uning soni so'nggi yigirma yilda 3,7 mln.dan 5,1 mln. gacha ko‘paydi. O‘rtacha zichligi 1 km.kv maydonga 11 kishi tog'ri keladi. Aholining 50,0 foizi shaharlarda yashaydi.
 Xo'jaligi agrar-industrial xarakterga ega. Uning asosini sug'orma dehqonchllikka asoslangan qishloq xo'jaligi tashkil qiladi. Sug'oriladigan yerlarning umumiy maydoni 1,3 mln. gektar. Asosan donli va texnik (paxta) ekinlar eng ko‘p ekiladi. Chorvachilikda qo'ychilik (qorako`1), tuyachilik va yilqichilik yetakchilik qiladi.
 Sanoatida yoqilg'i-energetika (neft va gaz) hamda yengil va oziq-ovqat tarmoqlari yuqori mavqega ega. Mamlakat sanoatining istiqboli kelgusida neft va tabiiy gazni ko'plab qazib chiqarish va uni jahon bozoriga chiqarish muammolarning qay darajada hal qilinishiga bog'liq. Boshqa sanoat tarmoqlari ancha sust rivojlangan.
  Asosiy shaharlari: Ashgabad, Turkmanobod, Mari, Dashoguz, Turkmanboshi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.