Afrika mamlakatlarining aholisi va xo‘jaligi 

40 661

2018-yil holatiga ko‘ra, Afrikada 1,3 milliardga yaqin kishi yashaydi. Bu jahon aholisining 17 foizini tashkil etadi. Afrika davlatlari orasida aholi soni jihatidan Nigeriya alohida ajralib turadi. Uning aholisi, 2018-yil holatiga ko‘ra, salkam 196 mln. kis higa teng bo‘lib, bu jahon mamlakatlari orasidagi 7-o‘rin hisoblanadi. E’tiborlisi, Nigeriya Afrika davlatlari qatorida maydoni bo‘yicha 14-o‘rinda turadi, xolos.

Aholi soni jihatidan Nigeriyadan keyingi yetakchi o‘rinlarni Efiopiya (107,5 mln. kishi), Misr (97 mln. kishi), Kongo Demokratik Respublikasi (84,3 mln. kishi), Tanzaniya (59,1 mln. kishi) va Janubiy Afrika Respub-likasi (57,7 mln. kishi) kabi davlatlar egallaydi (2018-y.).

Afrika aholisi qit’a bo‘yicha notekis joylashgan. Bunga tabiiy omillar, ayniqsa, iqlim va suv resurslari katta ta’sir ko‘rsatgan. Nil vodiysi va deltasi, O‘rta dengiz va Gvineya qo‘ltiqbo‘yi hududlari, Sharqiy Afri-kaning tog‘ oralig‘idagi botiqlari va JARning sanoatlashgan rayonlarida aholi zichligi eng yuqori darajaga ega. Ayni paytda, Sahroi Kabir, Kalaxari, Namib kabi tropik cho‘llarda aholi zichligi o‘ta past.

Afrika aholisi eng yuqori sur’atlar bilan o‘sayotgan qit’a hisoblanadi. Jahon aholisi hozirgi vaqtda o‘rtacha yillik hisobda 1,2 % ga ko‘payib borayotgan bo‘lsa, Afrika-da bu ko‘rsatkich 2,6 % ni tashkil etadi. 

Afrikaning aksariyat davlatlariga tug‘ilish va tabiiy ko‘payishning yuqori sur’atlari, o‘rtacha umr ko‘rishning nisbatan past ko‘rsatkichlari xos (12-jadval). Bu boradagi holat faqat Tunis, Marokash, Liviya, Botsvana, JAR, Mavrikiy va Seyshel orollari kabi ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-lanishi birmuncha yuqori bo‘lgan davlatlarda qit’adagi umumiy vaziyatdan farq qiladi.

oxirgi o‘rinda turadi. Shahar aholisi salmog‘i, asosan, O‘rta dengizbo‘yi davlatlari, JAR, kichik orol mamlakatlari va neft sanoati rivojlangan dav-latlarida yuqori. Niger, Ruanda, Burundi, Malavi singari davlatlarda esa urbanizatsiya darajasi 20 % ga ham yetmaydi.

Aholining irqiy, etnik va diniy tarkibi jihatidan Afrika qit’asi ikkita katta qismga bo‘linadi. Birinchisi, Misr, Liviya, Sudan, Jazoir, Tunis, Marokash, Mavritaniya kabi davlatlardan iborat bo‘lgan Shimoliy Afri-ka mintaqasi. Bu davlatlarda, asosan, janubiy yevropeoid irqiga mansub bo‘lgan arab va barbarlar istiqomat qiladi, asosiy din islom dini hisob-lanadi, aholining etnik va diniy tarkibi yaxlitliligi bilan ajralib turadi. 

Qit’adagi boshqa davlatlar esa Tropik Afrika mintaqasini tashkil qiladi. Bu mintaqa aholisining etnik tarkibi juda rang-barang bo‘lib, asosan, negroid irqiga mansub yuzlab millat, elat va qabilalardan iborat. Dinlardan esa islom, xristianlik va turli xil mahalliy dinlar keng tarqalgan bo‘lib, har xil davlatlarda ularning nisbati turlicha.

Afrika davlatlarining jahon xo‘jaligidagi o‘rni, asosan, tog‘-kon sa-noati va tropik dehqonchiligi bilan belgilanadi. Ya’ni qit’adagi davlatlar iqtisodiyotida ko‘proq xomashyoni yetkazadigan tarmoqlar ustunlik qiladi. Buning asosiy sabablari ixtisoslashuvning mustamlakachilik davrida shakllanganligi, ishlab chiqarishning texnik va texnologik qoloqligi bilan bog‘liq. 

Nigeriya, Jazoir, Angola, Liviya, Gabon, Kongo, Ekvatorial Gvineya neft va tabiiy gaz, Niger va Malavi uran, Gvineya boksit, Zambiya va KDR mis, Marokash fosforit, Gana va Tanzaniya oltin, Botsvana, KDR, Angola, Zimbabve, Namibiya olmos, JAR esa toshko‘mir, temir, marga-nes, oltin, platina, olmos kabi mineral resurslarni qazib olish va eksport qilish hajmi bilan ajralib turadi.

Aksariyat Afrika davlatlarining qishloq xo‘jaligi uchun ma’lum bir ekin turining yakkahokimligi xosdir. Masalan, Sudan, Mali, Chad va Burkina-Fasoda asosiy ekin paxta, Kot-d’Ivuar, Gana, Kamerunda kakao, Senegal va Gambiyada yeryong‘oq, Efiopiya va Ugandada kofe, Keniyada esa choy hisoblanadi. Ko‘ptarmoqli qishloq xo‘jaligi JAR hamda O‘rta dengizbo‘yi davlatlarida shakllangan. 

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi nuqtayi nazaridan Afrika 3 ta qismga bo‘linadi. JAR qit’adagi davlatlar orasida iqtisodiy jihatdan eng qudratlisi bo‘lganligi uchun alohida ajratiladi. Misr, Liviya, Jazoir, Tunis va Marokash kabi birmuncha yuqori darajada rivojlanayotgan davlatlar Shimoliy (O‘rta dengizbo‘yi) Afrika iqtisodiy geografik mintaqasini hosil qiladi. Qit’aning qolgan davlatlari Tropik Afrika mintaqasi tarkibiga ki-radi. Tropik Afrikadagi 34 ta davlat BMT tomonidan jahonning eng sust rivojlangan davlatlar guruhiga kiritilgan.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.