Qishloq xo`jaligi geografiyasi 

15 810

 Qishloq xo'jaligi moddiy ishlab chiqarishning ikkinchi yirik tarmog'idir. U kishilik jamiyatining eng qadimgi xo'jalik sohasi hisoblanadi. Shu bilan birga, bu ishlab chiqarish tarmog'i barcha davrlarda insonning kundalik iste’mol mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondiruvchi asosiy manba bo'lib xizmat qilgan. Shu sababli, jahonda bironta mamlakat yo'qki, unda qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq bo'lgan o'rmon, ovchilik, baliqchilik xo'jaliklari tashkil topmagan bo'lsin. Hozirgi vaqtda bunday xo'jalik tarmoqlarida hammasi bo'lib 1,2 mlrd. dan ortiq kishi yoki jami iqtisodiy faol aholining 70 foizidan ko'prog`i ish bilan band.
  Qishloq xo'jaligining asosiy xususiyatlaridan biri uning joylardagi tabiiy iqlim sharoiti bilan chambarchas bog'liq ekanligidir. Boshqacha aytganda, tabiiy iqlim sharoiti imkon bersagina muayyan hududlarda bug'doy, sholi, paxta, meva, choy kabi mahsulotlarni yetishtirish mumkin bo'ladi. Shu sababli, qishloq xo'jalik tarkibi va tarmoqlarining hududiy joylashish holati turlicha bo'ladi.  

Jahonning eng rivojlangan davlatlarida iqtisodiyot ayrim sektorlarining YIM ishlab chiqarishdagi hissasi (2012-y.)

Mamlakatlar

YIM,%

Sanoat

Qishloq xo`jaligi

Xizmat ko`rsatish sohasi

AQSH

100

46,8

10,1

43,1

Xitoy

100

28,1

0,8

71,0

Yaponiya

100

26,9

5,8

67,3

Germaniya

100

24,0

1,4

74,6

Fransiya

100

18,5

1,7

79,8

Braziliya

100

22,1

1,2

76,7

Buyuk Britaniya

100

21,6

0,7

77,7

Italiya

100

25,2

1,9

72,9

Rossiya

100

37,0

4,2

58,9

Kanada

100

27,1

1,9

71,0

  Ishlab chiqaradigan mahsulotlari xususiyatlariga ko'ra, barcha qishloq xo'jalik tarmoqlari ikki guruhga: dehqonchilik (ziroatchilik) va chorvachilikka bo'linadi.
  Shuningdek, qishloq xo'jaligi rivojlanish daiajasiga ko'ra ikki turga bo'linadi. Birinchisi, rivojlangan tovar qishloq xo'jaligi bo'lib, ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlar bozor, birinchi navbatda, tashqi bozor uchun mo'ljallangan bo'ladi. Bunday xo'jaliklar ishi intensiv tashkil qilingan zamonaviy dehqonchilik va chorvachilik sohalari bo'lishi mumkin. Ikkinchisi, asosan, ichki xo'jalik iste’moli uchungina mahsulot ishlab chiqaradigan, odatda, kam samarali qishloq xo'jaliklaridir. Bunday xo'jaliklar qadimdan keng tarqalgan bo'lganligi sababli an’anaviy qishloq xo'jaligi ham deyiladi. Ularda ish, odatda ekstensiv holda tashkil qilingan bo'ladi. Hoziigi vaqtda bunday qoloq dehqonchilik xo'jaliklari jahonning rivojlanayotgan ko'pchilik mamlakatlarida keng tarqalgan.
  Tovar qishloq xo'jaligi, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keng rivojlangan. Odatda, ularda FTI yutuqlaridan ustun darajada foydalanishga erishilmoqda. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, kimyolashtirish darajasi ularda juda yuqori. Bunday xo'jaliklarda endilikda ishlarni avto­matlashtirish (tarmoqlarda me’yoriy agroiqlim va boshqalar)ni yaratishga katta e’tibor beriladi, mikroelektronika, seleksiya, genetika, biotexnologiyaning so'nggi yutuqlarini joriy qilish asosiy o'rin tutadi. Ularda agrar (lotincha qishloq xo'jaligi demak) ishlab chiqarish sanoat bilan bog'lanib ketgan va agrosanoat xo'jaliklariga aylangan. Ko'pchilik rivojlangan mamlakatlarda so'nggi yillarda fermerlikning o'ziga xos agrobiznes shakli yuzaga keldi.
  Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa tovar qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishga e’tibor kuchayayotgan bo'lishiga qaramay, ular hamon an’anaviy, faqat o'zlari uchun iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi notovar xo'jalik mamlakatlari bo'lib qolmoqdalar. Notovar qishloq xo'jaliklari aslida yuz millionlab mayda va o'rta xo'jaliklar asosida tashkil topgan. Ular odatda, o'zlarinigina oziq-ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlashga arang qurbi yetishi mumkin. Jahonning ayrim mintaqalarida, jumladan, Markaziy va Sharqiy Afrika, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida hali ham omoch, motiga kabi oddiy ish qurollari va eski qoloq ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalaniladi.
JAHON DEHQONCHILIGI
  Dehqonchilik qishloq xo'jaligining yerga ekin ekib, hosil olish bilan shug'ullanadigan eng asosiy tarmog'idir. Jahon dehqonchligi о`zida nihoyatda xilma-xil tarmoqlarni birlashtiradi.
  Donli ekinlar dehqonchilikning eng yirik tarmog'idir. Donli ekinlar turi ancha ko'p bo'lib, jahon ekin maydonlarining o'rtacha yarmi (0,7 mlrd. ga) da ekiladi. Don mahsulotlari aholi ozig'ining asosi bo'lib, hosilining yalpi hajmi 1,9 mlrd. t. g'allani tashkil qildi.
  Jahon don xo'jaligining eng samarali vakillari bug'doy, sholi va makkajo`xoridir. Bular orasida eng ahamiyatlisi esa bug'doydir. Uning asl vatani Kichik Osiyo va O'rtayer dengizbo`yi hududlaridir.
  Bug'doy jahonning deyarli barcha davlatilarida ekiladi va jami donli ekinlar maydonining 1/3 qismini band qilib kelmoqda. Jahonning asosiy bug`doyzorlari Yer sharining birinchi «bug'doy belbog'i» hisoblanadigan Shimoliy yarimshaming o'rta kengliklari bo'ylab tarqalgan. Bu kengliklarda joylashgan AQSH, Kanada, Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, Xitoy jahonning eng yirik bug'doy yetishtiruvchi mamlakatlari hisoblanadi. Dunyoning ikkinchi bug'doy mintaqasi esa Janubiy yarimsharning o'rta kengliklari bo'ylab yastanib yotadi. Undagi bug'doyli maydonlar Lotin Amerikasi, Afrika va Avstraliyaning Janubiy hududlari bo'ylab joylashgan. Ushbu mintaqada joylashgan Avstraliya va Argentina davlatlari ham jahonda bug'doy yetishtiruvchi yirik davlatlardan hisoblanadi. Aholi jon boshiga eng ko'p sifatli bug'doy yetishtirish va uni eksport qilishda yirik davlat sifatida Kanada alohida o'rin tutadi. Mashhur Shimoliy Amerika Preriyasining yuqori kengliklari bo'ylab joylashgan Vinnipeg shahri Kanadaning «bug'doy poytaxti» hisoblanadi.
  Jahon donli ekinlari orasida yalpi hosili va ahamiyatiga ko'ra ikkinchi o'rinni sholi egallaydi.
  Dunyo donli ekinlari ekin maydonlarining tarkibi quyidagicha: bug`doy – 30%; sholi – 28%; makkajo`xori – 25%; arpa – 9%; oqjo`xori – 3%; javdar – 2% va boshqa donli ekinlar – 3%.
  Dunyo aholisining yarmiga yaqinining asosiy ovqati guruchdan tayyorlangan taomlardir. Sholi minglab yillar oldin Xitoy va boshqa Sharq davlatlarida ekilib kelingan va asta-sekin jahon bo`ylab tarqalgan.
  Sholi ekinlarining dunyoning issiq va suv yetarli hududlari bo`ylab tarqalishi uning xususiyati hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Sharqiy, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari jahon yalpi sholi hosilining 9/10 qismini yetishtirmoqda. Umuman, dunyodagi barcha sug`oriladigan ekin maydonlarining 2/3 qismida sholi ekiladi. 
  Yana bir muhim donli ekin makkajo`xoridir. Uning asl vatani Meksika hisoblanadi. Makkajo`xori, odatda, doni va poyasi uchun ekiladi. AQSH makkajo`xori yetishtiradigan davlatlar orasida alohida ajralib turadi. Uning hissasiga jahonda yetishtirilayotgan makkajoo`xori yalpi hosilining 40% idan ko`prog`i to`g`ri keladi. Dunyo davlatlari orasida makkajo`xori yetishtirishda Xitoy, Argentina, Avstraliya, Vengriyaning ham mavqeyi ancha yuqori. 
  Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlashda moy, ildizmeva, sharbat, quvvat beruvchi ziroatchilik tarmoqlari ham ahamiyatlidir. 
  Aholi tomonidan iste`mol qilinadigan moyning 2/3 qismi soya, kungaboqar, yeryong`oq, chigit va boshqalardan olinadi. Soya yetishtirishda – AQSH (jahon soyasining yarmi), Braziliya, Argentina, Xitoy; yeryong`oq yetishtirishda – Hindiston; kungaboqar yetishtirishda – Rossiya, Ukraina; zaytun yetishtirishda Italiya, Ispaniya alohida ajralib turadi. 
  Ildizmevalilardan kartoshka yetishtirishda Rossiya, Polsha, Xitoy eng yirik mamlakatlardandir. Qandlavlagi, asosan, qand-shakar olishda ishlatiladi va uni yetishtirishda Ukraina, Fransiya, Rossiya yetakchilik qiladi. Shakarqamish Hindiston, Braziliya, Kubada ko`p yetishtiriladi.
  Choy (Hindiston, Xitoy, Shri-Lanka), kofe (Braziliya, KOlumbiya, Meksika), kakao (Gvineya qo`ltiqbo`yi davlatlari) quvvat beruvchi shifobaxsh ekinlardandir.
  Jahonda 80 dan ortiq mamlakatlarda paxta ekilib, yiliga o`rtacha 17-18 mln. t tola ishlab chiqariladi. Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston, O`zbekiston eng ko`p paxta yetishtiradigan davlatlardan hisoblanadi. Paxta tolasini eksport qilishda esa AQSH, Pokiston, O`zbekiston yetakchilik qiladi. 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.