Jahon chorvachiligi va baliqchiligi 

11 021

  Chorvachilik jahon aholisining kundalik iste’molidagi eng asosiy mahsulot (go‘sht, sut, tuxum, asal kabi)larni, sanoat uchun esa muhim xomashyo (teri, jun, pilla, mo‘yna kabi)larni yetkazib beradi. Chorvachilik qo`y va cho`chqachilik, yilqichilik, tiyachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik kabi tarmoqlarga bo`linadi. Ular dunyoning barcha mintaqalarida turli sharoitda boqiladi. 
  Chorvachilikning muhim xususiyatlaridan biri - mollar soni, odatda, rivojlanayotgan mamlakatlarda, ulardan olinadigan mahsulotlar hajmi esa rivojlangan mamlakatlarda ko'proq.
 Aholi iste’molidagi jami go'shtning 1/3 qismi va sutning 9/10 qismini qoramollar yetkazib beradi. Jahonda ularning umumiy soni 1,3 mlrd. bosh bo'lib, yarmidan ko‘pi Yevroosiyo mamlakatlarida boqiladi. Qoramollarning soniga ko‘ra Hindiston, AQSH, Braziliya, Xitoy va Argentina mamlakatlari ajralib turadi.
  Chorvachilikning intensiv tarmoqlaridan biri cho'chqachilikdir. 900 mln. boshdan ziyod bo'lgan bu tarmoq jahon aholisi iste’mol qiladigan go‘shtning 2/5 qismini yetkazib bermoqda. Cho‘chqachilik, musulmon davlatlarini istisno qilganda, jahonning aholisi zich joylashgan hududlarda eng ko‘p tarqalgan. Cho'chqachilikning deyarli yarmi Xitoy hissasiga to’g'ri keladi. Keyingi o'rinlarda AQSH, Braziliya va Yevropaning asosiy yirik davlatlari turadi.
  Qo'ychilik (1,2 mlrd. bosh) jahonning o‘t-o‘lanlarga boy keng yaylovli hududlari bo'ylab keng tarqalgan. Ixtisoslashishiga ko`ra mayin va yarimmayin junli qo'ychilik iqlimi yumshoq, namroq dasht, chalacho'l mintaqalarda; teri va go'sht beruvchi qo'ychilik, jumladan, qorako'l qo'ychiligi esa qurg'oqchil chalacho'l va cho'l mintaqalarida eng ko`p boqiladi.
  Qo'ylar soniga ko'ra Avstraliya (165 mln.), Xitoy (110 mln.), Yangi Zelandiya (85 mln.), Rossiya (58 mln.) davlatlari jahonda eng yirik hisoblanadi. Jahonda eng intensiv rivojlangan qo'ychilik Avstraliya va Yangi Zelandiyada tarkib topgan. Ular jahon bozoriga eng ko'p qo'y go'shti, jun va teri yetkazib bermoqdalar.
  So'nggi yillarda chorvachilikning jahon bo'yicha tez rivojlanib borayotgan yirik tarmoqlaridan yana biri - parrandachilikdir. U aholi iste’molida katta o'rin tutadigan parhez go'sht (jami iste’moldagi go'shtning 20 foizi) va tuxum yetishtirishda asosiy o'rin tutadi. Bu tarmoq intensiv rivojlanish xususiyatiga ega bo'lib, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan. Shuningdek, chorvachilikning pillachilik (Xitoy, Yaponiya, O'zbekiston, Ispaniya, Italiya h.k.), tuyachilik (cho'l va chalacho'l mintaqasi davlatlari), bug'uchilik (Rossiya, Kanada) kabi sohalari ham joylarda ahamiyatga ega.
   Baliq va boshqa dengiz mahsulotlarining inson salomatligi uchun zarur bo'lgan oqsil va boshqa biologik faol birikmalarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Hozir jahonda oqsilga bo'lgan ehtiyojning 25% ini babaliqchilik bermoqda. Baliq ovlash hajmi so'nggi yillarda 110 mln.t ni tashkil qilmoqda. Baliq ovlash bilan amalda suv havzalariga ega bo'lgan jahonning deyarli barcha davlatlarida shug`ullanishadi. Jahon bo`yicha aholi jon bosniga o'rtacha 17-18 kg baliq mahsuloti iste’mol qilingani holda Yaponiyada bu ko'rsatkich 40-50 kg ni, Nepalda 0,2 kg ni tashkil qiladi. Jami 15 mln jahon aholisi hozirgi vaqtda baliqchilik bilan shug'ullanadi. Ovlanayotgan baliq mahsulotlarining 1/2 qismi Yaponiya, Xitoy, AQSH, Chili, Peru va Rossiya davlatlari hissasiga to'g'ri keladi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.