Diqqat! Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi! 

4 750

Jazirama issiqda qanday harakat qilish kerak?
 Jazirama issiq – havo haroratining  bir necha kun davomida 10 va undan ortiq darajaga keskin ko’tarilishi bilan tavsiflanadi.

 Ta’siri – inson tanasining harorati issiq olishi natijasida 37,1 darajadan 38,8 darajadan qarab ko’tarilishidir. Issiqlik olishning kritik holati jazirama issiqda uzoq muddat bo’lishi natijasida oftob urishi yoki yurak faoliyatining buzilishi oqibatida yuzaga keladi. Tananing qizarib ketishi, kuchli chanqash, qahrab ketish issiqlik urishi simptomidir. Keyinchalik yurak faoliyatining to’xtab qolishi, xushdan ketish holatlari ham kuzatiladi.
Jazirama issiq paytida sog`lik bilan muammo bo’lmasligi uchun chekishdan, spirtli ichimlik ichishdan tiyilish hamda kuchli ovqatlanish va jismoniy harakatni kamaytirish tavsiya etiladi.

Jazirama issiqga choralar ko’rish:
  Qo’shimcha zahira idishlar va zarurat uchun zahira idishlarga suv olish. Tanani issiqdan saqlash uchun kiyim-kechak, maishiy elektr uskunalari (ventilyatorlar, konditsionerlar) tayyorlash. Qishloq joylarida bo’lsangiz o’tirish joylari, so’rilar, quduqlar va uy romlarini jihozlash. Imkon darajasida  ma’ishiy elektr uskunalarini ishlatishda avtonom elektr energiya manbaidan foydalanish. Suvni tejamli ishlatish. Issiq urganda oila a’zolarni to’g`ri harakat qilishga o’rgatish.

Jazirama issiq paytida qanday harakat qilish kerak.
1. Harorat ko’tarilgan issiqdan panaga o’ting. Havo o’tadigan och rangdagi kiyim (paxta matosidan tayyorlangan) kiying. Bosh kiyimni ham kiyishni unutmang. Shoshilmasdan harakat qiling, tez-tez panada bo’lishga harakat qiling.

2. Ko’p suv ichish – to’g`ri suv iste’mol qilish organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi. Issiq paytida har kuni suyuqlik iste’mol qilishni ko’paytirish kerak. Oddiy ichimlik suv iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Pivo va boshqa alkogol ichimliklar organizmni yomonlashishiga olib keladi. Jazirama issiq paytida soat 12.00 dan 16.00 ga qadar ko’chaga chiqmaslik va ochiq quyoshda yurmaslik tavsiya etiladi. Kunni shunday rejalashtirish kerakki, jazirama issiq paytida uyda yoki ishxonada o’tkazish darkor.

3. Tez-tez dush qabul qiling. Tez-tez dush qabul qilish tananing nafas olish tizimini yaxshilaydi. Suv xona haroratida bo’lishi kerak. Suvni sovutish oqibatida haroratning keskin o’zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga yo’l ochib beriladi.

4. Jazirama issiq urganda zudlik bilan soya joyga, shamol bor joyga o’tish yoki dush qabul qiling. Tanani sovutishga harakat qiling.

5. Ovqatlanish tartibini o’zgartirishga harakat qiling. Jazirama issiq paytida sovuq ovqatlar hamda  ko’proq meva va sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ovqatni albatta tuzli bo’lishi darkor. Havo harorati yuqoriligida odam organizmidan ko’p miqdorda natriy chiqib ketadi.

6. Sintetik materialdan kiyim kiyishdan saqlaning. Tabiiy paxta mahsulotlaridan tayyorlangan kiyimlar issiq havoda qulaydir. Kepka, panama yoki shapka kiyishdan uyalmang. Issiq urishi asosan boshning issib ketishidan bo’ladi.

7. Bunday issiqda konditsionersiz qiyin. Konditsioner bor xonada bo’lganingizda uning ro’parasiga o’tirmang. Konditsionerning ishlashi jarayonida qanchadan qancha bakteriyalar sovuq havo bilan birga xonada haydalib, surunkali bronxit va pnevmoniyani qo’zg`atadi.

8. Tana haroratinig sovushi qo’l va oyoq mushaklarini tortilishiga olib keladi.  Issiq urishi alomatlaridan (umumiy charchash, bosh og`rig`i, xushni yo’qotish) yuz terisini qizarib yoki oqarib ketishi, puls me’yori buzilishi) terlash natijasida inson organizmida suvga ehtiyoj ko’payadi, shu sababli 80-100 ml. miqdorida suv ichish va og`iz bo’shlig`ida bir oz ushlab turish, badanni sovutib, soyaga o’tib, to’la badanga suv quyish zarur.  
     
Quyosh yoki issiq urishining belgilari:
- bo’shashishlik; 
- ko’ngil aynishi;
- bosh aylanishi;
- qayt qilish;
- qaltiroq bosish yoki xushidan ketish;

  Quyosh urishiga asosan kichik va o’smir bolalar, qariyalar hamda mast holdagi insonlar moyil bo’ladi. Ularda turli sabablarga ko’ra organizmida termoboshqaruv tizimi sust ishlaydi. (Termoaboshqaruv – bu insonlarni organizmidaga haroratni barqarorligini ta’minlaydi).

  Quyosh urishini oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qilishingizni tavsiya etamiz:
- kunning qizigan vaqtida quyosh tobida jismoniy mashg`ulot bajarmaslik;

- kunning qizigan vaqtida ust kiyim yupqa va havo o’tkazadigan bo’lishi (kiyimning matosi tabiiy paxtadan bo’lgani yaxshi);

- sovutilgan choy, kvas va mineral suv ichish inson organizmidagi termoboshqaruv barqarorligini ta’minlaydi;

- issiq vaqtda siprtli ichimliklarni iste’mol qilinishi organizmdagi termoboshqaruv tizimini buzilishiga olib keladi, shu sababli spirtli ichimliklarni istemol qilmang.

 Quyosh urganda birinchi yordam usuli:
- jabrlangan shaxsni soya yoki salqinga olib borish;
- unga sovutilgan choy yoki tuzlatilgan suv ichiring;
- badanni qisib kiyilgan ust kiyimlarni bo’shashtiring;
- uni sinchiklab kuzating, sog`lig`ini yanada yomonlashuviga yo’l qo’ymang;
- terga singigan ust kiyimlarini yechib tashlang;
- sovuq suvga shimdirilgan matoda badanini artib chiqing, tomoq, bo’yin va gavda qismlariga, bosh tomir o’tgan joylarga asosiy etibor berish zarur;
- agar muolaja yordam bermasa tibiy yordam xizmatini chaqiring;
Quyosh urganda jabrlangan insonning nafas olishi to’xtashi, miokard infarkt bo’lishi mumkin, shu tufayli jonlantirish ishlariga ham tayyor bo’lish kerak (sun’iy havo yuborish va yurakni massaj qilishga). 

DIQQAT! Badanga aslo spirt surtmang, chunki spirt badanning mayda teshiklarini yopilishiga olib keladi va issiqlikni chiqishini to’sib qo’yadi. Jabrlanganni sovutilgan suvli vannaga joylashtirmang, chunki vanna ko’krak qafasini qisilishiga va nafas olish yo’llarini o’tkazuvchanligiga ta’sir qiladi.        
         Cho’milish joylarida qoidalar:
 Agar Siz cho’milish maskanlarida dam olayotgan bo’lsangiz, yodda tuting ushbu joylarda havo harorati +50ºC va undan ortiq bo’lishi mumkin. Cho’milish xavzasidagi suvning harorati esa +22ºC +26ºC bo’lishi mumkin, shunda haroratni keskin o’zgarishi +25ºC, +30ºC ni tashkil etadi.

 Agar cho’milish maskanining sohilida uzoq muddat turib birdaniga suvga o’zingizni tashlasangiz organizmingizdagi harorat keskin tarzda tushib ketishi natijasida nafas olish yoki yurakni to’xtab qolishiga olib kelishi mumkin.

 Suvga tushishidan oldin qo’l, oyoq, gavda va boshqa qismlarni suv bilan artib chiqishni unutmang. Asosan bu ishni keksalar bajarishi lozim.
            Yozni maroqli o’tkazing, o’zingizni asrang.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.