Ko`chki, sel va o`pirilishlar 

27 368

  Respublikamizning tog`li, tog`oldi, daryo bo`ylari hududlarida yashaydigan aholi va xalq xo`jaligi ob’ektlariga katta xavf tug`diradigan tabiiy ofatlardan biri yer kuchishidir. Ko`chki sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hududlarga Toshkent, Andijon, Fargona, Samarqand, Surxondaryo, Qashqaqaryo, shuningdek, Jizzax va Naman­gan viloyatlarining ayrim tumanlari kiradi. Har yili respublikamizda 150-250 ta ko`chki hodisasi sodir bo`ladi. Og`irlik ta’sirida tog` jinslarining tog` yonbag`ri bo`ylab siljishi ko`chki deb ataladi.

 Ko`chkilar tog` yonbag`rini suv yuvishi natijasida qiyalikning oshishi, shamollar ta’sirida yoki yog`inlar va yer osti suvlaridan namlanishi oqibatida jinslar mustahkamligining susayishi, seysmik tebranishlar ta’siri hamda joyning geologik sharoitini hisobga olmay inson tomonidan olib borilgan xo`jalik faoliyati ta’siridan sodir bo`lishi mumkin. Ko`chkilarning 90% tog`larda, 1000-1700 m balandlikda ro`y beradi.

  Tik tushgan va jarli tog` yonbag`irlarida, daryo vodiylarida va dengiz qirg`oqlarida asosan, shamol uchirib ketishi (nurash), yer usti va yer osti suvlari faoliyati ta’sirida tog` jinslarining bo`shashishi hisobiga katta massalar va tog` jinslarining uzilib, ag`darilib tushishi o`pirilish deb ataladi. 

Ko'chki harakati va bahosi 

Tezlik Harakat bahosi
3 m/sek jadal
0,3 m/daqiqa faol
1,5 m.sut tez
1,5 m/oy me`yorida
1,5 m/yil juda sekin
0,06 m/yil juda ham sekin
 Tog jinslari va yer massasi siljishlari turli belgilarda namoyon bo`ladi:
  • eshik va derazalarning yopilmay yoki qisilib qolishi;
  • tuproqda yangi yoriqlar va darzlarning paydo bo`lishi;
  • ichki va tashqi devorlardagi, suv quvurlari atrofida, asfalt yuzasidagi kutilmagan darzlar;
  • yonbag`irlar poyida yer bo`rtib chiqishi, yer osti suvlarining yangi-yangi joylardan chiqa boshlashi, de vorlar va daraxtlarning siljiy boshlashi;
  • gumburlash eshitilishi va zo`raya borishi;
  • yangi xavf manbalarining paydo bo`lishi va oldingi xavf manbalarining yo`qolishi;

  Tabiiy ofatning bu turini oldini olish mumkinmi? Buning uchun qanday muhofaza tadbirlari olib borilishi kerak?

  Ko`chki xavfi paydo bo`lganda tezlikda xavfli hududni tark etish lozim. Ko`chki yoki sel belgilari to`g`risida hukumat organlariga xabar berish kerak. Xavf kuchli bo`lgan joylarda o`ta ehtiyotkor bo`lib harakat qilish va xavfsizlik tadbirlarini ko`rish zarur.

  Ko`chkining yana bir turi - qor ko`chkisidir. Bu tog yonbag`irlarida harakatga kelgan va surilayotgan qor massasining o`pirilishidir. Qor ko`chkisi doimiy qor qoplamiga ega bo`lgan barcha tog`li rayonlarda yuz berishi mumkin. Qop ko`chkisi katta hajmdagi qor massasi bo`lib, u 20-30 m/s tezlikda harakat qiladi. U 25-30 m o`lchamdagi, 20 sm qalinlikdagi kichkina ko`chkidan pay­do bo`lishi mumkin. 150 m.kub hajmdagi ko`chkining og`irligi 20 dan 30 t.gacha yetadi.

  Qor ko`chkisining uch turi bo`ladi:

1. Yangi yoqqan qordan (qor yog`ishi vaqtida yoki undan keyin hosil bo`ladi).

2. Qor qoplami qatlamining buzilishi bilan bog`liq.

3. Qor ko`chkilari sel oqimlari, ko`chki, o`pirilish, suv toshqinlariga olib keladi.

  1999-yil 21-noyabr kuni Toshkent-O`sh avtomobil yo`lining «Qamchiq» dovonida qor ko`chkisi sodir bo`ldi. Soat 5:30 dan 12 largacha 8 bor qor ko`chishi takrorlanishi oqibatida 34 ta turli rusumdagi avtomobil qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta mashinaning chuqurlik tomon surib tushirilgani aniqlandi. Qor ko`chkisi natijasida 29 odam halok bo`ldi, 400 transport vositasi va 1200 dan ortiq yo`lovchi qutqarib qolindi.

  Qor ko`chkisiga duch kelib qolsangiz quyidagi muhofaza choralari sizga yaqindan yordam beradi: Qor ko`chkisi yaqinlashib qolgan bo`lsa, avvalo, gorizontal holatni egallab, qor yuzasida qolishga harakat qiling. Tizzalaringizni qoringa tortib, kaftlaringiz bilan yuzingizni qor massasidan muhofaza qilishga harakat qiling. Bu holat og`iz va burningiz qor bilan to`lib qolmasligiga va yuzingiz oldida havo bo`shlig`i bo`lishiga yordam beradi. Ko`chki to`xtagandan so`ng yuzin­giz va ko`kragingiz oldini kengaytirishga harakat qiling. So`ngra yuqori tomon qayerdayu, pastki tomon qayerdaligini aniqlab olish zarur. Buning uchun so`lagingizni ko`lingizga olib uni oqizib ko`ring. So`lak pastlik qayerda ekanligini ko`rsatadi va siz qarama-qarshi tomonga harakat qilishingiz kerak bo`ladi.

 Har qanday holda ham uxlamang. Erinmay yuqoriga tirmashavering. Sizni qidirishayotganligini doimo yodda tuting.

  Sel - kuchli oqim, ya’ni tog` daryolari o`zanlarida to`satdan shakllanuvchi, katta hajmdagi tosh, qum va boshqa qattiq materiallarga ega vaqtinchalik suv oqimi. Kuchli va uzluksiz davom etgan yog`in, qor va muzliklarning tez erishi selning yuzaga kelishi uchun sababchi bo`ladi. Odatdagi oqimlardan farqli ularoq, sel uzluk­siz oqim sifatida emas, balki alohida tulqinlar tarzida harakat qiladi. Shuningdek, o`zi bilan birga yuzlab tonna, ayrim hollarda millionlab kubometr yopipshoq massani olib keladi. Ayrim tosh va bulaklarning o`lchami ko`ndalangiga 3-4 m.ga yetadi. Sel to`siqqa uchragandan so`ng, ularni oshib o`tadi va yanada kuchli bo`la boradi.

Sel haqida ma`lumot 

Turi Birlamchi sababi Tarqalishi va yuzaga kelishi
Yomgirli Jala, kuchli yomg`ir
Qoyalarning yuvilishi va ko`chki hosil bo`lishi natijasida yuzaga keladi
Muzli
Qor va muzlarning keskin eriy boshlashi
Baland tog`li hududlarda, erigan muzlik suvlarining urib ketishi bilan bog`lik
Seysmogen
Kuchli zilzilalar
Yuqori seysmik faol hudud­larda

Insonning bevosita ta’siri


texnogen jinslarning to`planishi, sifatsiz qurilgan tug`onlar
texnogen jinslarning yuvi­lishi va siljishi, to'g'onlarning buzilishi

Insonning bilvosita ta’siri


Tuproq-o`simlik qoplamining buzilishi
O'rmon, o`tloqlar birlashgan maydonlarda, qoya va o'zanlar ning yuvilishi
     Katta kuchga va yuqori tezlikka ega bo`lgan sellar o`z yo`llaridagi binolar, yo`llar, gidrotexnik va boshqa inshootlarni vayron qiladi, aloqa, elektr uzatish tarmoqlarini ishdan chiqaradi, bog`lar, ekinzorlarni payhon etadi, inson va jonzotlarning nobud bo`lishiga sababchi bo`ladi.

  Selni «tog ajdari» deb atashadi. Sel 10 m/soniya va undan katta tezlikda harakat qiladi. Bitta joyning o`zida sel oqimlarining paydo bo`lish soni katta emas. Chunki sel hosil bo`lishi uchun faqatgina yogingarchilikning ko`p bo`lishi yetarlimas. Buning uchun yana suv oqimi olib ketishi mumkin bo`lgan tog` massasi ham mavjud bo`lishi zarur. Tog massasi esa o`z navbatida tog` jinslarining yemirilishidan hosil bo`ladi. Uning paydo bo`lishi uchun 5-6 yildan 20-25 yilgacha vaqt ketadi.

  Sel hodisasiga misol qilib, 1998-yil 7-iyuldan 8-iyulga o`tar kechasi Shohimardonda yuz bergan sel hodisasini keltirish mumkin. Harorat, keskin ko`tarilib ketishi natijasida qorlarning tez erishi 200 m/soniya tezlikdagi sel oqimiga sabab bo`ldi. Sel oqibatida 104 nafar odam halok bo`ldi. 15 km uzunlikdagi gaz magistrali, 14 km avtomobil yo`li, 4 ta ko`prik, 3 km uzunlikdagi vodoprovod, 3 km elektr uzatish, 34741 m uzunlikdagi telefon tarmog`i ishdan chiqdi. 14200 kishi xavfsiz zonalarga evakuatsiya qilindi.

 Selga qarshi kurashish uchun yer yuzasi daraxt o`tkazish yo`li bilan mustahkamlanadi, tog` yonbag`irlaridagi o`simlik qoplami maydonlari kengaytiriladi, vaqti-vaqti bilan tog` havzalaridagi suv oqizib turiladi, selga qarshi tug`onlar, dambalar va boshqa muhofaza inshootlari quriladi. Samarali usullardan biri sel oqimlarini maxsus sel tutkichlarda ushlab qolishdir.

  Aholini muhofaza qilishni o`z vaqtida tashkil etishda xabar berish va aloqa tizimi birinchi o`rinda turadi. Ammo shuni ham nazarda tutish lozimki, bunday hollarda vaqt juda o`z bo`ladi va aholi xavf to`g`risida bir necha o`n daqiqa (ayrim hollarda 2 va undan ortiq soat) oldingina ogohlantirilishi mumkin.

  Sel xavfi belgilari (gumburlash, suv loyqalanishi) paydo bo`lishi bilan darhol eng zarur buyumlarni olib, oldindan belgilab qo`yilgan yo`nalishda xavfsiz joylarga ko`chib o`tish lozim. Bunda yul sel o`zanlari tubidan o`tmasligiga e’tibor berish lozim. Sel oqimi o`tgandan so`ng sel o`zaniga tushib bo`lmaydi, uning ketidan ikkinchisi kelishi mumkin. Agar uy o`pirilgan qirgoq yaqinida bo`lsa yoki uning ta­gi qisman yuvilib ketgan bo`lsa bunday joyda qolish xavfli hisoblanadi. 

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.