Terrorchilik, qo’poruvchilik hurujlari sodir etilganda harakatlanish qoidalari 

6 154

Terrorchilik harakatlari joy, o’lka va millat tanlamaydi. Terroristlar ko’pincha aholi ko’p yig’iladigan joylarni, metro, kinoteatrlar, maktab binolarini tanlab oladilar, oqibatida esa umuman begunoh bo’lgan odamlar qo’lga olinadi, jabrlanadi. Terrorchilar o’zlarining yovuz maqsadlariga erishish uchun boshqaruv organlarining oldiga qo’ygan shartlariga ko’ndirish maqsadida garovga olingan begunoh kishilardan foydalanadilar.
UNUTMANG!
Har qanday holatda xotirjamlikni saqlang va hushyorlikni yo’qotmang, - bu esa xavfsizlik garovidir.
Agar portlovchi qurilmani ko’rib qolsangiz yoki portlash xavfi haqida ma’lumot olsangiz:
  • Yaqiniga kelmang, bu xavfli narsani uzoqroqdan kuzating;
  • Xavfli narsa yonida uyali telefon bilan aslo so’zlashmang u uzoqdan boshqarilishi mumkin;
  • Sodir bo’lgan holat haqida 1050 raqami orqali qutqaruv xizmatiga yoki 102 raqami orqali militsiyaga xabar bering;
  • Ortiqcha hayajonga berilmang, bu atrofdagilarni vahimaga, sarosimaga tushirishi mumkin;
  • Militsiya xodimlariga mavjud holat to’g’risida xabar bering;
  • Portlovchi modda yoki qurilma qayerda joylashganligini eslab qolishga harakat qiling.
Agar siz garovga tushib qolsangiz:
  • Tinchlikni saqlang, qolganlarni tinchlantiring. Vahima qilmang, sizga berilgan buyruqlarni bajaring;
  • Ushbu vaziyatda suvning bebaholigi va kuch-quvvatini saqlash zarurligini esda tuting;
  • Tasodifiy portlash, yong’in va o’pirilishdan saqlanish uchun binoning xavfsizroq joylariga joylashing;
  • Portlovchi moddaga tegmang, o’rnidan qimirlatmang va yoningdagilarga ham tushuntiring;
  • Yig’lamang, ortiqcha shovqin qilmang, bu terroristlar tomonidan qilinadigan qo’pol, o’ylanmagan harakatlarga olib kelishi mumkin;
  • Terrorchilarning barcha tashqi ko’rinishlarini (yuz-ko’zi, belgilari, kiyimi, ularning soni, joylashuvi va boshqalar)ni eslab qolishga harakat qiling;
  • Agar mumkin bo’lsa, terroristlar bilan yaxshi munosabat o’rnatishga harakat qiling;
  • Garovdan ozod qilinganda, maxsus xizmat xodimlarining barcha talablarini bajaring.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.