Radiatsiya xavfidan muhofazalanish 

16 785

Radiatsiya bu elektromagnit nurlanish bo’lib, bunga chiroq, radionurlar, quyosh va kosmos nurlari kiradi.

Ularning kelib chiqishi: quyosh nurlanishi, tuproq, havo va xo’jalik faoliyatida qo’llaniladigan materiallar tarkibidagi radioaktiv elementlar.

Radiatsiya holati – belgilangan xavfsizlik me’yorlaridan yuqori bo’lgan hamda radioaktiv mahsulotlar va ionlashtiruvchi nurlarning paydo bo’lish(chiqishi)i favqulodda vaziyatga olib keladi. Dunyoning bir qator mamlakatlarida halokatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan radiatsiyaviy xavfli inshootlarning turlari ko’p. Ular atom elektr stansiyalari, yadro yoqilg’isi ishlab chiqaruvchi korxona, yadro reaktori mavjud bo’lgan ilmiy-tadqiqot institutlari va h.k.

Radiatsiyaviy avariya – uskuna nosozligi, xodimlarning xattiharakatlari, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan ko’proq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi. Radioaktivlik miqdori chegaralangan me’yordan oshmasligi va inson hayoti uchun xavfli vaziyatni vujudga keltirmasligi lozim.
Nurlanish miqdori va zararlanish belgilari orasidagi bog’lanish
Nurlanish miqdori Zararlanish belgilari
50 R Zaralanish belgisi yo’q.
100 R Ko’p marta nurlansa (10-30 kun), 10% odamlarda qusish, darmonsizlanish belgisi paydo bo’ladi.
200 R Nurlanish kuchaysa I-turdagi nurlanish kuzatiladi.
300 R II-turdagi nurlanish kuzatiladi.
 
 
 
 
 
 
 

 
 
Hududning zararlanish darajasi – radiatsiya darajasida baholanadi va soatiga rentgen yoki radlarda o’lchanadi. Insonlarning zararlanish darajasi – tashqi nurlanish natijasida radiatsiya dozasining kattaligi bilan aniqlanadi va rentgen yoki radlarda (R) o’lchanadi. 
Gazniqob, gaz va changdan muhofaza qilish vositalari
1. Dokali paxta niqob
2. Gazniqob
3. Changniqob 
Radiatsiya xavfi sodir bo’lishidan oldin ko’rilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar:
1. Gazniqob, gaz va changdan muhofaza qilish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilish;
2. Dokali paxta niqobni tayyorlash va ishlatish usullarini bilish;
3. Zararlangan(zaharlangan)larga birinchi yordam ko’rsatish usullarini o’rganish;
4. Tibbiy yordam ko’rsatish qutichasini tayyorlab qo’yish va unda albatta yodli preparat bo’lishini ta’minlash;
5. Oila a’zolari muhofazalanishi uchun eng yaqin atrofda joylashgan panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalar qayerdaligini bilish;
6. Elektroenergiya, gaz va suv tarmoqlarini tezda o’chirishni bilish;
7. Xonadon (kvartira)ga tashqaridan havo kirishini to’xtatish choralarini ko’rish; deraza, eshik va tirqishlarni berkitish uchun materiallarni oldindan tayyorlab qo’yish;
8. Mustaqil ravishda radioaktiv muhitni va oziq-ovqat mahsulotlarining zaralangan (zaharlangan)lik darajasini aniqlash uchun maishiy dozimetr asbobi bo’lishini ta’minlash;
9. Ekstremal holatlarda tezkor evakuatsiyaga tayyorlanishni bilish, radiatsiyadan nurlanish darajasi g’ishtli binolarda 5-10 marta, temir-beton uylarda undan ko’p va yerto’lalarda 300-400 marotaba kamayishini bilish kerak.

Radiatsiya xavfi haqida ma’lumot eshitgandan keyin bajarilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar:
  • Hamma oila a’zolaringiz uchun yakka muhofaza vositalarini tayyorlash va zarurati bo’lganda darhol uni taqib olish;
  • Yakka muhofaza vositalari bo’lmasa, paxta dokali niqobni tayyorlash va zarurat bo’lganda darhol taqib olish;
  • Xonadoningiz (kvartirangiz)ga tashqaridan havo kirmaydigan qilib berkitish;
  • Oziq-ovqat mahsulotlari va suvni radioaktiv changlardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko’rish;
  • Televideniya, radio orqali olingan ma’lumotlar va ko’rsatmalar asosida tezkorlik bilan evakuatsiyaga tayyorgarlik ko’rish va yashayotgan xonadondan chiqib, oldindan rejalashtirilgan eng yaqin joylashgan panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalarga yashirinish;
  • Panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalardan foydalanish imkoniyati bo’lmasa, uyda deraza va eshik hamda ularning tirqishlarini yaxshilab berkitish va ularni qalin mato bilan yopish.
Radiatsiya bilan zararlangan hududlarda bajarilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar:
  • Hududda «xavfli: radiatsiya» yozuvli maxsus ko’rsatkichlarga e’tibor berish;
  • Tanani to’la-to’kis yopib turadigan kiyim kiyib olish;
  • Xonadon (kvartira)ga kirishdan oldin kiyimni yaxshilab qoqish (yaxshilab changini tozalash va poyabzalni yuvish), ko’cha kiyimini almashtirish va «ishlatilgan» kiyimni tashqarida qoldirish;
  • Hududlardagi daraxtlar mevasi hamda yetishtirilgan poliz mahsulotlarini ishlatmaslik;
  • Ariq, ko’l va to’planib qolgan suv manbalaridan foydalanmaslik;
  • Ovqatlanishdan oldin albatta qo’lni sovun bilan yuvish va og’izni chayish;
  • Ishlatiladigan sabzavot va mevalarni ham yaxshilab yuvish kerak.
Radiatsiyadan zararlanish xavfi tugagandan keyin ko’riladigan chora-tadbirlar:
  • Ehtiyot chora-tadbirlariga qat’iyan rioya qilish;
  • Badanning ochiq joylarini yaxshilab tozalash, toza suv bilan og’iz, burun, tomoq va ko’zlarni yuvib tashlash.
ESDA SAQLANG!
  • Qo’rqmang va vahimaga tushmang! Shunda atrofdagilarning ham qo’rquvini kamaytirishga yordam berasiz!
  • Sizing sezgirligingiz va tezkor harakat qilishingiz – favqulodda vaziyatlarga qarshi turishning garovidir!

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.