Xavfli maishiy kimyoviy moddalardan foydalanish qoidalari 

8 310

Xonadonlarda baxtsiz hodisalar sodir bo’lishini oldini olish uchun mavjud xavfli maishiy moddalar bilan ishlashning asosiy qoidalarini bilish zarurdir.

Xonadonlardagi xavfli maishiy moddalar quyidagilar hisoblanadi:
  • Portlovchi;
  • Yengil alanga oluvchi;
  • Yonuvchi;
  • Zaharli;
  • Kimyoviy xavfli;
  • Radioaktiv moddalar.
Xavfli maishiy moddalar bilan ishlash jarayonida ularni ishlatish qoidalarining buzilishi baxtsiz hodisalar – shikastlanish, kuyish, zaharlanish, moddiy zarar, insonlarni halok bo’lishiga olib keladi.
 
Xavfli maishiy moddalarni ishlatish natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan xavf darajasi quyidagilarga bo’linadi:
  • Nisbatan xavfli oqartiruvchi va dezinfektsiyalovchi moddalar (ularni ko’zga tushishidan saqlanish kerak);
  • Xavfli – uksus essentsiyasi, kislota, ishqor, antifriz, so’ndirilmagan ohak (ular hayot uchun xavflidir);
  • Yong’indan xavfli – aerozollar, erituvchi suyuqliklar, benzin, spirt, o’simliklarga ishlov berishda va hashoratlar bilan kurashishda ishlatiladigan suyuqliklar (ularni olov yaqinida sepish yoki ishlatish mumkin emas);
  • Zaharli fotoreaktivlar, dog’ ketkazuvchi suyuqliklar, o’simliklarni muhofazasi uchun ishlatiladigan preparatlar, hashoratlar va kemiruvchilar bilan kurashishda ishlatiladigan moddalar (ular juda zaharlidir).
Xavfli maishiy moddalar bilan bog’liq bo’lgan hodisalarning oldini olishda:
  • Xavfli maishiy moddalarni xavfsiz, yosh bolalar ololmaydigan joylarda saqlash;
  • Xavfli maishiy suyuqliklarni idishdan oqib ketmasligi va bug’lanib ketmasligi uchun ularning idishlari og’zini mahkam berkitish;
  • Aerozollar, oson alangalanuvchi va portlovchi moddalarni elektr isitgich va olovli manbalar yaqinida saqlamaslik;
  • Xavfli maishiy suyuqliklarning idishlariga ularning nomini yozib qo’yish;
  • Sovutgichda saqlanadigan dori-darmonlarni yaxshi, mahkam yopilgan va nomlari yozilgan idishlarda saqlash;
  • Tanish bo’lmagan suyuqlik, kukun, pasta va boshqa narsalarga tegmaslik, ularni hidlab yoki til tegizib aniqlashga aslo harakat qilmaslik;
  • Kuchli ta’sir etuvchi moddalar bilan ishlashda (kislota, ishqor, eritgichlar) yengi uzun kiyim kiyib, himoya ko’zoynagi va etakni (fartuk) taqib ishlashni esda tutish kerak.
  • Xavfli maishiy moddalarni: tez alangalanuvchi, yemiruvchi va portlovchi moddalar, zaharli moddalar, oziq-ovqat va dori-darmonlarni bir joyda saqlanishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
  • Xavfli maishiy moddalar bilan bog’liq bo’lgan baxtsiz hodisalar sodir bo’lganda amalga oshiriladigan tadbirlar va xatti-harakatlar quyidagilardan iboratdir:
Kimyoviy moddalar ta’sirida kuyganda:
  • Kislotadan kuygan joyni oldin sovuq suv bilan keyin esa sovun eritmasi bilan yuvib tashlash;
  • Ishqordan kuygan joyni sovuq suv bilan yuvib tashlab, keyin 2-3% 37 kislota eritmasi (uksus, olma sirkasi, limon kislotalari) bilan yuvib tashlash;
  • So’ndirilmagan ohakdan kuyganda – shikastlangan joyga yog’ bilan ishlov berish kerak.
  • Kimyoviy moddalar ta’sirida kuyganda ularning turidan qat’iy nazar shifokorga murojaat qilish kerak.
Zaharli kimyoviy moddalar ta’sirida zaharlanganda:
  • Tezda 103 telefoni orqali tez yordamni chaqirish;
  • Zaharli moddalar ovqat orqali organizmga o’tgan bo’lsa, 1-1,5 litr iliq suv ichirib qayt qildirish yo’li bilan oshqozonni tozalash zarur.
Dori-darmonlar ta’sirida zaharlanishda:
  • Tezda 103 telefoni orqali tez yordamni chaqirish;
  • Oshqozonni tozalash;
  • Zaharlangan kishining nafas olishi buzilganda unga sun’iy nafas oldirish zarur.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.