Shimoliy Amerikaning tabiiy geografik o‘lkalari 

10 526

Tabiiy geografik o‘lkalari. Shimoliy Amerika tabiatining xilma-xilligi uni ikkita yirik qismga bo‘lishga imkon beradi. Bular: Sharq — tekislik o‘lkasi va G‘arb - Kordilyera tog‘li o‘lkasi. O‘z navbatida, bu o‘lkalar ko‘pgina tabiiy geografik oblastlarga ajratilgan. Quyida shulardan ayrimlariga tavsif beramiz.

Alyaska va Kanada Kordilyera tog‘lari. Alyaska bir necha parallel joylashgan tog‘lardan tashkil topgan bo‘lib, ular bir-biridan chuqur vodiylar bilan ajralib turadi. Materikning eng baland cho‘qqisi Denali (Mak-Kinli) (6194 m) shu yerda joylashgan. Alyaska yarimorolida va Aleut orollarida kuchli zilzilalar bo‘lib turadi, o‘nlab harakatdagi va so‘ngan vulqonlar bor. Bu tog‘lardan oltin, kumush, rangli metallar, neft va toshko‘mir qazib olinadi. Alyaska va Kanada Kordilyera tog‘larining g‘arbiy sohilida iqlim dengiz iqlimi bo‘lganligidan yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi. Shu sababli ignabargli qalin o‘rmonlar o‘sadi. Ichki yassi tog‘liklarda tog‘-tundra o‘simliklari rivojlangan. Tog‘ tundralarda  shimol bug‘usi, qutb tulkisi, lemminglar yashaydi. O‘rmonlarda  los, grizli ayig‘i, puma, qoplon, tog‘ qo‘yi uchraydi. 
 
Kordilyera tog‘li o‘lkasida yana - Katta Havza va  Kolorado platosi joylashgan. Ularning tabiat komplekslari uncha baland bo‘lmagan tog‘ tizmalaridan, so‘ngan vulqon konuslaridan va chuqur botiqlardan tarkib topgan. Tog‘lar orasida suvsiz cho‘ldan iborat eng chuqur Ajal vodiysi (–86 m) joylashgan.  
 
Ajal vodiysi Shimoliy Amerikaning eng issiq va yog‘in kam yog‘adigan rayonidir. Katta Havza bilan Kolorado platosida cho‘l va chalacho‘llarga xos shuvoqlar, turli butalar, sho‘ra o‘simliklari o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan bizon, antilopa, kemiruvchilar va sudralib yuruvchilar yashaydi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.