Gidrosferaning tarkibi. Dunyo okeani 

12 931

 Gidrosfera nima?
Yerning suv qobig‘i gidrosfera deb ataladi (Yunoncha hidro-suv, sphaira – shar degani). Gidrosferada suv uch xil – suyuq, qattiq va bug‘ holatida uchraydi. Gidrosfera bir qancha qismlardan iborat.

Gidrosferadagi suvning asosiy qismi okeanlarda yig‘ilgan (96,4%).  Biroq bu suv juda sho‘r bo‘lganligi uchun undan ichishga ham, ekinlarni sug‘orishga ham foydalanib bo‘lmaydi.

Quruqlikdagi suvning asosiy qismi sovuq o‘lkalardagi muzliklarda to‘plangan. Muzliklar suvi chuchuk, toza suv, lekin odamlar yashaydigan joylardan uzoqda bo‘lganligidan foydalanish qiyin. Biroq issiq o‘lkalarning baland tog‘laridagi muzliklar yozda daryolarga suv berib turadi.  

Yer osti suvlari taxminan muzlik suvlaricha bo‘lsa ham, ularning sifati har xil, sho‘r suvlar ham ko‘p.

Yer usti suvlari – daryo va ko‘llarda to‘plangan. Ularda suv kam. Lekin suv aylanib kelaverganidan insoniyat foydalanishi uchun eng qulay. Yer usti suvlari Yer yuzida juda notekis taqsimlangan. Havodagi suv bug‘lari Yer yuziga yog‘adigan yog‘inlar manbaidir. 


Dunyoda suv to‘xtovsiz aylanma harakatda bo‘ladi. Quyosh nuri isitib, okeanlardan juda ko‘p suv bug‘lanadi. Bug‘ning bir qismi okeanlardga yog‘in bo‘lib yog‘adi. Bir qismini shamol quruqliklarga olib ketadi va u yerlarda yog‘in bo‘lib Yerga tushadi. Bu suv daryolarga tushib oqadi va yana okeanlarga quyiladi. Suvning okeanlardan havo orqali quruqliklarga va quruklikdan yana okeanlarga qaytib keladigan to‘xtovsiz harakati suvning dunyoda aylanib yurishi deyiladi.

Okean nima?

Materiklarda va orollarda joylashmagan suv xavzasi okean deyiladi. Dunyoda okeanlar 4 ta: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlari. Ularning hammasi birgalikda Dunyo okeani deb ataladi.

Tinch okean – eng katta va eng chuqur okean. Maydoni butun quruqlik maydonidan katta – 180 mln km kv. Eng chuqur joyi Mariana botig‘i – 11022 m.

Atlantika okeani kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda. Maydoni 91 mln km kv. Eng chuqur joyi Puerto-Riko botig‘i – 8742 m.

Hind okeani maydoniga ko‘ra uchinchi o‘rinda turadi. Uning maydoni 76 mln km kv. Eng chuqur joyi Zond botig‘i – 7729 m.

Shimoliy Muz okeani – eng kichik okean – maydoni 14 mln km kv. Eng chuqur joyi – 5527 m. Bu okean Shimoliy qutb atrofida joylashgani tufayli eng sovuq okean hisoblanadi. Ko‘p qismi doimiy muzlar bilan qoplanib yotadi.

Dunyo okeani qismlari.
Dengizlar, qo‘tltiqlar, bo‘g‘izlar. Dengizlar okeanlarning kichik qismlari bo‘lib, ulardan yarimorollar, orollar va suv osti qirlari bilan ajralib turadi. Quruqliklarning chekkasiga tutashgan dengizlar chekka dengizlar deyiladi. Masalan, Hind okeanidagi Arabiston dengizi, Tinch okeandagi Bering dengizi, Lekin ayrim dengizlar quruqlikning ichiga chuqur kirib borib, okeanlar bilan bo‘gizlar – tor suv yo‘llari orqali tutashgan. Bunday dengizlar ichki dengizlar deb ataladi. O‘rta dengiz, Qizil dengiz, Qora dengiz ichki dengizlardir.

Okean, dengiz va ko‘llarda qo‘ltiqiar ham bo‘ladi. Qo‘ltiq deb okean, dengiz va ko‘llarning quruqlik ichkarisiga kirib borgan kichik va sayoz qismlariga aytiladi. Hind okeanining Bengaliya va Fors qo‘ltiqlari, Atlantika okeanining Biskay qo‘ltig‘i bor.
           
Okeanlar tagi relyefi. Okeanlar tagi ham xuddi quruqliklardagi kabi notekis. Okeanlarning materiklarga tutashgan chekka qismlarida quruqlikning suv tagidagi davomi – materik sayozligi, ya'ni shelf joylashgan. Uning chuqurligi 200 m dan oshmaydi. Kengligi har xil. Materik sayozliklari foydali qazilmalarga, ayniqsa, neft va gazga boy.

200 m dan 2500 m chuqurlikkacha bo‘lgan joylar materik yonbag‘ri deyiladi. Undan narida okean tagi boshlanadi. Okean tagida keng tekisliklar ham, tog‘lar ham, juda chuqur botiqlar ham bor. Suv osti tog‘ tizmalari minglab km ga cho‘zilgan.
Quyidagi yashil play tugmasini bo`sing!
Dengiz va okeanlarning chuqurligi exolot deb ataladigan asbob bilan o‘lchanadi.

Dengiz va okeanlar xaritalarda havorang bilan ko‘ rsatiladi. Ular qanchalik chuqur bo‘lsa, havorang shunchalik to‘q qilib beriladi va chuqurlik shkalasida necha metr ekani ko‘rsatib qo‘yiladi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.