Yer toshqobig‘ining boyliklari 

9 402

  Har yili Yer ostidan yuz millionlab tonna neft, gaz, ko‘mir, torf hamda temir, mis, alyuminiy va boshqa metal ruda lari, tuzlar qazib olinadi. Ulardan turli mashinalar, samolyotlar, kemalar, kosmik apparatlar yasaladi va harakatga keltiriladi. Deyarli barcha tog‘ jinslari mineral boylik hisoblanadi. Mineral boyliklar uch guruhga ajratiladi: yoqilg‘i, rudali, rudamas.
Yerning yoqilg‘i boyliklari.
  Yoqilg‘i boyliklari asosan torf, ko‘mir, neft va gazdan iborat. Torf botqoqliklarda o‘simlik qoldiqlaridan hosil bo‘ladi.

  Hozirgi vaqtda torf kam ishlatiladi. Uning o‘rniga ko‘mir, neft, gaz tobora ko‘proq yoqilayapti.
Ko‘mir ham o‘simlik qoldiqlaridan hosil bo‘ladi. Agar ko‘mirni sindirib, diqqat bilan qarasangiz, unda qadimda o‘sgan o‘simliklar barglarining izlarini ko‘rasiz. Ko‘mir toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir deb ataluvchi ikki turga bo‘linadi. Toshko‘mir qattiq va yaltiroq bo‘lib, juda ko‘p issiqlik beradi. Qo‘ng‘ir ko‘mir nisbatan kamroq issiqlik tarqatadi. O‘zbekistondagi Ohangaron koni ko‘miri qo‘ng‘ir ko‘mir hisoblanadi.
  Neft va gaz konlari ham cho‘kindi jinslar orasida bo‘ladi. Ular ko‘pincha birga uchraydi. Neft va gaz Antraktidadan boshqa hamma materiklardan qazib chiqariladi. Neft va gazgadengiz sayozligi ayniqsa boy hisoblanadi.
Rudali mineral boyliklar.
  Rudali mineral boyliklarga temir rudalari va rangli metal rudalari kiradi. Qayta ishlangan rudalardan temir, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, rux ajratib olinadi.
  Qimmatbaho hisoblangan — oltin va kumush rangli metallar guruhiga kiradi. Deyarli barcha rudalar Yerning qizib yotgan chuqur qismida hosil bo‘ladi.
Rudamas foydali qazilmalar.
Rudamas foydali qazilmalar ham Yer bag‘rida ko‘plab uchraydi. Ular qatlam-qatlam bo‘lib yotadi. Ba'zan bunday foydali qazilma qatlamlarining qalinligi bir necha o‘nlab metrga yetadi.
Bunday foydali qazilmalar orasida eng muhimi osh tuzidir. U tozalanib, maydalanib ovqatga solinadi, har xil tuzlamalarga ishlatiladi. Rudamas foydali qazilmalardan qimmatbaho va kerakli mineral o‘g‘itlar ham olinadi. Kaliyli, fosforli va azotli minerallar o‘g‘it ishlab chiqarishda katta o‘rin tutadi. Ko‘p tog‘ jinslaridan qurilish materiallari sifatida foydalaniladi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.