Fidji 

3 783

Rasmiy nomi — Fidji Respublikasi. Poytaxti — Suva. Hududi —18333 km.kv. Davlat tili —ingliz. Dini — protestantlik, iudaizm. Pul birligi — fidji dollari.

Geografik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanining janubiy qismida Fidji orollarida (jami 844 ta orol) joylashgan davlat. Eng virik orollari — Viti-Levu va Vanua-Levu. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 1129 km. Orollaming relyefi vulqonlar natijasida paydo bo‘lgan tog‘ tizmalari mavjud yassitog’liklardan iborat. Asosiy tabiiy boyliklari: baliq, oltin, mis. Hududning 8% ini haydaladigan yerlar, 65% ini o’rmon va to‘qaylar tashkil etadi.

Iqlimi — tropik, okean iqlimi. Tog‘ yonbag‘irlari tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Tekis hududlarda yaylov o‘simliklari o‘sadi. Fidjining hayvonot olami kambag’al. Ko‘p tarqalgan sutemizuvchilar — ko‘rshapalak va uchar tulki. Orollarga olib kelingan hayvonlardan mangustlar keng tarqalgan.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Fidji mustaqillikka 1970-yilning 10-oktabrida erishdi (avval Buyuk Britaniya mustamlakasi). Shu sana milliy bayram hisoblanadi (Mustaqillik kuni). Qonunchiligi ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig’i) va Bosh vazir boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Fidji siyosiy partiyasi, Fidji milliy birlashgan fronti, Yer egalari partiyasi, Milliy federativ partiya, Leyboristik partiya.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodining asosiy tarmog‘i — qishloq xo‘jaligi (Y1M — 23%). Asosiy eksport mahsulotlari — shakar va kopra (kokos mag’zi). Ishlab chiqarish asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlari va baliqni qayta ishlash bilan bogiiq. Asosiy valuta manbayi turizm hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari: Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, YI davlatlari.

Tarixi. Orollarning bir qismi 1634-yilda Tasman tomonidan, qolgan qismi 1774-yilda Kuk tomonidan kashf etilgan. 1874-yilda Fidji Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylanadi, lekin ma’lum ma’noda o‘zini o‘zi boshqarish huquqini saqlab qoladi. Britaniya hamdo‘stligi a’zosi Fidji mustaqillikka 1970-yilda erishadi. 1987-yilda podpolkovnik Rabuk boshchiligidagi davlat to‘ntarishidan so’ng, Fidjida respublika tuzumi o‘rnatiladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.