Namibiya 

3 636

 Rasmiy nomi — Namibiya Respublikasi. Poytaxti — Vindxuk. Hududi — 824269 km.kv. Aholisi – 2,1 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili ingliz, nemis, afrikans, bantu. Dini — xristianlik. Pul birligi — Janubiy Afrika rendi.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Afrikaning janubi g‘arbida joylashgan davlat. Namibiya janubda va sharqda Janubiy Afrika Respublikasi (chegara uzunligi 855 km), sharqda Botsvana (1360 km), shimolda Angola (1376 km) va Zambiya (233 km) bilan chegaradosh. Mamlakatning g‘arbiy chegaralari Atlantik okeani bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi 3824 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi 1572 km. Mamlakat hududining katta qismini balandhgi 2000 m dan oshmaydigan yassitog‘lar egallagan bo‘lib, g‘arbiy qirg‘oqlarda joylashgan Namib cho‘liga tutashib ketgan. Namib cho‘li yer yuzining eng qurg‘oq joylaridan biri hisoblanadi. Sharqida boshqa bir cho‘1 — Kalaxari ham mavjud. Asosiy daryolari — Oranj va Kunenya. Namibiyada turli foydali qazilmalar — olmos, mis, uran, oltin, qo‘rg‘oshin va boshqalar bor. Iqlimi — tropik, quruq.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 13 ta ma’muriy hududga bo‘lingan. Namibiya 1990-yil 21-mart kuni mustaqillikka erishgan (ilgari mamlakat Janubiy Afrika Respublikasi boshqaruvi ostida bo‘lgan). Ushbu sana mustaqillik kuni — Milliy bayram sifatida nishonlanadi. Ijroiya hokimiyat prezidentga (davlat boshlig‘i) va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Milliy Assambleya va Milliy Yig‘indan iborat 2 palatali parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Janubi g‘arbiy Afrika xalqlari tashkiloti (SVAPO), Turnxalye demokratik alyansi (DAT), Demokratlar Kongressi, Birlashgan demokratik front.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodiyotining asosi tog‘-kon sanoatidir (Namibiya yoqilg’i bo‘lmagan foydali qazilmalar eksporti bo‘yicha 4-o‘rinda va uran ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda turadi). Namibiya boy olmos konlariga ega bo‘lganligi sababli zargarlik buyum- lari uchun olmos yetkazib beruvchi asosiy davlatlardan bin hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida asosiy tarmoq chorvachilik hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari — Shveysariya, JAR, Germaniya, Yaponiya. Temiryo‘llaming umumiy uzunligi 2341 km, avtomobil yo‘llari 54500 km. Mamlakatning asosiy porti — Lyuderis.
  Tarixi. Hozirgi Namibiya hududlari 1883-1884-yillarda Germaniya tomonidan mustamlakalashtirildi. German janubi g‘arbiy Afrikasi nomi bilan protektoratga aylantirildi. Mamlakat 1915-yili JAR tomonidan bosib olindi. 1920-yili esa JAR Millatlar Ligasidan janu­bi g‘arbiy Afrikani boshqarish mandatini oldi. 1949-yili JAR janubi g‘arbiy Afrikani BMT ruxsatisiz o‘ziga qo’shib oldi. 1968-yili mamlakat BMT qarori bilan Namibiya deb nomlandi. 1966-yili tuzilgan SVAPO qurolli tashkiloti ozodlik urushlarini olib bordi. Bu kurash 1990-yilda Namibiya Respublikasini e’lon qilish bilan tugadi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.