Идет загрузка...
Идет загрузка...

Misr 

9 316

  

Qo`shimcha ma`lumot
Rasmiy nomi - Misr Arab Respublikasi (MAR). Poytaxti - Qohira. Hududi - 1001450 km.kv. Davlat tili - arab. Dini - islom (94% i sunniylar). Pul birligi - misr funti.

Geografik joylashuvi va tabiati. Misr ikki qit’ada: Afrikaning shimoli sharqi va Osiyoning janubi g‘arbida joylashgan davlat. Janubda Sudan, g‘arbda Liviya, sharqda Isroil va Falastin bilan chegaradosh. Bundan tashqari shimolda 0‘rta Yer dengizi, sharqda Qizil dengiz suvlari Misr sohillarini yuvib turadi. Misming strategik jihatdan qulay joylashuvi butun Sinay yarimorolini nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari dunyoning eng muhim suv yoilaridan biri bo‘lgan Suvaysh kanali ham Misr nazorati ostida. Mamlakat maydonining 96% i cho‘llardan iborat. G‘arbda Liviya cho‘li, sharqda Arabiston cho‘li, janub­da Nubiya cho‘li yastanib yotadi. Misming eng baland nuqtasi Sinay yarimorolidagi Jebel-Katrina tog‘i, balandligi 2637 m. Mamlakatning eng yirik daryosi Nil daryosi bo‘lib, u mamlakat xalq xo‘jaligida juda katta ahamiyatga ega. Misr janubida Nil daryosiga Osuan to‘g‘oni qurilgan bo‘lib, u mamlakatning elektr energetika manbayi hisoblanadi. Misr kontinental tropik iqlim hududida joylashgan. Mamlakat hududining asosiy qismi cho‘llardan iborat bo‘lganligi sababli hayvonot va o’simlik dunyosi unchalik boy emas.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. Davlat boshlig‘i — prezident. Ijroiya hokimiyat prezident va Bosh ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Mamlakat 26 ta muhofazatlarga bo‘lingan. Ular o‘z navbatida markazlarga, markazlar esa nohiyalarga bo‘lingan. Asosiy siyosiy partiyalari: Milliy Demokratik Partiya, Mehnat Sotsialistik Partiyasi, Milliy Taraqqiyot Partiyasi, Al-Umma.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Misr xalq xo‘jaligining asosiy sohalarining barchasi davlat tasarruflda. Sanoatning oziq-ovqat, kimyo, to‘qimachilik, neftni qayta ishlash, metallurgiya kabi sohalari yaxshi rivojlangan. Misr jahon turizmi markazlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat byudjetiga tushadigan xorijiy valyutaning asosiy qismi turizm orqali keladi. Qishloq xo‘jaligida sholi, arpa, turli mevalar va sabzavotlar yetishtiriladi. Baliqchilik yaxshi rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Yaponiya va Sharqiy Yevropa davlatlari.

Tarixi. Misr insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimgi o‘choqlaridan biridir. Misr 6000 yillik tarixga ega. M. a. IV ming yillik oxirlarida bugungi Misr hududlarida 2 ta davlat — janubda Nekxan va shimolda Buto davlatlari mavjud bo‘lgan. М. a. IV asrning 2-yarmida, ya’ni m. a. 341-yili Misr forslar tomonidan istilo qilingan. M. a. 332-yilda Aleksandr Makedonskiy forslarni bu yerlardan quvib chiqarib, o‘z hukmronligini o‘rnatdi va m. a. 331-yilda Aleksandriya shahriga asos soldi. Ellin davri Misr tarixida Ptolemey va uning avlodlari hukmronligi yillarida m.a. 31-yilgacha davom etdi. Shundan so‘ng Misr qadimgi Rim imperiyasining istibdodiga tushib qoldi. 395-639-yillarda Misr Vizantiya imperiyasi tarkibida bo‘ldi. VII-VIII asrlarda mamlakatni musulmon arablar bosib oldi. Fotimiylar sulolasi hukmronligi yillarida (969-1171) Misming siyosiy-iqtisodiy mavqeyi oshdi. Shu davrda Qohira shahri mamlakat poytaxtiga aylandi. Ayubiylar (1171 -1250) sulolasidan so‘ng Mamluk sultonlari davrida Misr qudratli davlatga aylandi. 1517-yildan Usmonli Turklar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1798-1801-yillarda Napoleon Bonapart bu yerda harbiy harakatlarni amalga oshirdi. Misr 1914-yilgacha Uswonlilar imperiyasining tarkibiy qismi bo‘lib qolgan bo‘ha-da, amalda 1805-yildan mustaqil edi. 1882-yilda inglizlar Misrni bosib olish- di. Shu davrdan boshlab mamlakatni ingliz konsuli boshqaradi. 1914-yili I jahon urushining boshlanishidan foydalangan Angliya Misrda o‘z hukmronligini o‘rnatdi. 1922-yil Misr o‘zini mustaqil davlat deb e’lon qilgan bo‘lsada, harbiy va siyosiy sohalarda ingliz nazorati saqlanib qoldi. Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi «Ozod ofitserlar» maxfiy tashkiloti 1952-yil 22-24-iyul kunlari davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. Natijada qirol Farrux ag‘darildi. 1953-yil Misr respubliKa deb e’lon qilindi. Shu yili ingliz qo‘shinlari Misrdan chiqib ketdi. 1956-yil Suvaysh kanali davlat tasarrufiga o‘tkazildi. 1967-yil Misr va Isroil o‘rtasidagi urush harakatlari Misrning mag`lubiyati bilan yakunlandi. Ikki davlat o‘rtasidagi nizoga barham berish maqsadida 1979-yil AQSHning Kemp-Devid shaharchasida Misr prezidenti Anvar Sadat AQSH va Isroil bilan Kemp-Devid shaftnomasini imzoladi. Bu shartnoma arab davlatlarida norozilik harakatlariga sabab bo‘ldi. 1981-yil Anvar Sadat suiqasd natijasida otib o‘ldirildi. Uning o‘rniga prezidentlik lavozimini Husni Muborak egalladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.