Идет загрузка...
Идет загрузка...

Kongo Demokratik Respublikasi 

2 372

  Rasmiy nomi — Kongo Demokratik Respubli­kasi. Poytaxti — Kinshasa. Hududi-2344410 km2. Aholisi – 68,3 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — fransuz. Dini — katoliklar (50%), protestantlar (20%), kibangistlar (12%), musulmonlar (10%). Pul birligi — zoir.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Kongo Markaziy Afrikadagi davlat. Janubda Zambiya (chegara uzunligi — 1930 km), janubi g‘arbda Angola (2511 km), g‘arbda Kongo (2410 km), sharqda Uganda (765 km), Burundi (233 km) va Ruanda (217 km), shimolda Markaziy Afrika Respublikasi (1577 km) va Sudan bilan chegaradosh. Mamlakat chegarasining umumiy uzun­ligi — 10271 km. Mamlakat hududining markaziy va g‘arbiy qismlarini yassitog‘liklar va tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan Kongo daryo vodiysi egallaydi. Kivu ko‘lidan shimolda vulqonli tog‘lar joylashgan. Janubi sharqda Katanga, janubi g‘arbda Angola yassitog‘liklari joylash­gan. KDRda ko‘llar ko‘p: Tanganika, Kivu, Mobute-Sese-Seko, Mveru. Foydali qazilmalari: mis, boksit, temir rudasi, ko‘mir, olmos, oltin, kumush, neft, rux, marganes, uran, qalay, kobalt, kadmiy.
 Davlat tuziliski va siyosiy patriyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. Ma’muriy jihatdan 10 ta viloyatga bo‘linadi. Mustaqillikka 1960- yil 30-iyunda erishgan. Davlat boshlig‘i — prezident, qonun chiqaruvchi oliy organ — bir palatali parlament. Asosiy partiyalari: Inqilobiy xalq harakati (IXH), Federalistlar va respublikachilar ittifoqi (FRI), KDR Demokratik sotsial-xristian partiyasi (KDSXP)
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Boy foydali qazilmalarga ega bo‘lishiga qaramasdan KDR Afrikaning qoloq davlatlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Qishloq xo‘jaligi iqtisodning asosini tashkil etadi. Sanoatning ko‘zga ko‘ringan tarmoqlari tog‘-konchilik, olmos qazib olish va uni qayta ishlash. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Belgiya, Fransiya, JAR. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 5138 km, avtomobil yo‘llari — 146500 km, ichki suv yo‘llari — 15000 km. Portlari: Boma, Banana, Matadi.
  Tarixi. Hozirgi KDR hududi XV asr oxirlarida Bokongo qirolligi hukmronligi davrida yevropaliklardan birinchi bo‘lib portugallar tomonidan ochilgan. Lekin 1875-yil Belgiya qiroli Leopold G. M. Stenli boshchiligidagi Kongo ekspeditsiyasini jo‘natadi va 1882-yil Xalqaro Kongo assotsiatsiyasini tashkil etib, mamlakatni mustamlakaga aylantiradi. 1908-yil hozirgi KDR hududida Belgiya Kongosi nomi bilan Belgiya mustamlakasi tashkil etildi. 1960-yil Belgiya Kongosi mustaqil davlat deb e’lon qilinadi. 1965-yil hokimiyatni qo‘lga kiritgan general Mobutu 1971-yil mamlakat nomini Zoir Respublikasi deb e’lon qiladi. 1997-yildan boshlab Kongo Demokratik Respublikasi nomini oldi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.