Yuklanmoqda...

Jahon mamlakatlari

Gana

  Rasmiy nomi — Gana Respublikasi. Poytaxti — Akkra shahri. Hududi – 238,5 ming km.kv. Aho­lisi – 23,4 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — aholining asosiy qismi turli mahalliy dinlarga e’tiqod qiladi, qolgan qismi xristianlik va islom dinlariga e’tiqod qilishadi. Pul birligi — sedi.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Gana G‘arbiy Afrikada joylashgan davlat. Sharqda Togo, shimolda va shimoli g‘arbda Burkina-Faso, g‘arbda Kot-d’Ivuar davlatlari bilan chegaradosh. Janubda Gana Atlantika okeani bilan tutashgan. Gana hududining asosiy qismi tekisliklardan iborat. Mamlakatning sharqida dunyoning eng katta sun’iy ko‘llaridan biri hisoblangan Volta ko‘li joylashgan. Gana hududidagi yirik daryolar: Qora Volta, Oq Volta va Volta daryolaridir. Oltin, sanoat olmosi, boksit, marganets, yog‘och, baliq va kauchuk bu mamlakatning asosiy boyliklaridan hisoblanadi. Sohilbo‘yi o‘simlik dunyosi unchalik boy emas. Asosan past bo‘yli butazorlar va baobab daraxtlaridan iborat. Markaziy hududlardagi o‘rmonzorlarda qizil va qora daraxtning turli navlari va paxta daraxti o‘sadi. Gananing hayvonot dunyosi o’ta xilma-xil. Savanna o‘rmonzorlarida iser, qoplon, antilopa, fil, turli maymunlami va suvli hududlarda timsoh va begemotlarni uchratish mumkin.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. Mamlakat 10 ta viloyatga bo‘lingan. Gana 1957-yilning 6-martida  partiyalari: Milliy Demokratik [Congress (MDK), Xalq Vatanparvar partiyasi (XVP).
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Xo‘jalikning asosiy tarmog‘i qishloq xo‘jaligi. Qishloq xo‘jaligi Gana umumiy milliy mahsulotining 50% ini yetishtiradi. Gana какао eksporti bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Bundan tashqari, eksportga oltin, boksit, alyuminiy, yog‘och va baliq mahsulotlarini chiqaradi. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya va Yaponiya.
 Tarixi. Hozirgi Gana hududlarida yevropaliklar tomonidan kashf qilingungacha, Dogomba va Mamprusi qirolliklari mavjud bo’lgan. 1471-yil portugallar Gana qirg‘oqlaridagi o‘zlarining birinchi qo‘nalg‘alariga asos solishgan. Ko‘p yillar davomida Gana Afrika qit’asidagi qul savdosining markazi bo‘lib kelgan. 1642-yilga kelib portugallar gollandlar tomonidan Ganadan butunlay siqib chiqarildi. 1871-yilgacha Gana Gollandiya mustamlakasi bo‘lib qoldi. 1871-yilda Angliya Ganani Gollandiyadan sotib olib, Oltin qirg‘oq deb nomladi. 1957-yilda Gana mustaqillikka erishdi. 1960-yili respublika deb e’lon qilindi.

  • Xavfsizlik:
  • Narx-navo:
  • Yashash tarzi:
  • Turizm:
  • Iqtisodi:
  • Armiyasi:
  • Biznes:
  • Tozaligi:
  • Joylashgan qit'asi: Afrika
  • Poytaxti: Akkra
  • Davlat tili: Ingliz
  • Pul birligi: Sedi
  • Davlat tuzumi: Respublika
  • Maydoni: 238,5 ming km.kv.
  • Aholi soni: 23,4 mlndan ortiq (2012)
  • Shaharlar soni: