Malta 

6 201

  Rasmiy nomi — Malta Respublikasi. Poytax­ti — La-Valletta. Hududi — 316 km.kv. Aholisi — 400147 kishi (2012). Davlat tili — malta. Dini — katolik dini (davlat dini). Pul birligi — Malta lirasi.
Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning janubida 0‘rta Yer dengizidagi Sitsiliya orolining janubidagi orollar (Malta, Gotso, Kominotto, Komino, Filfla)da joylashgan davlat. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 140 km. Mamlakatning katta qismida ohaktosh yassitog‘ligi joylashgan. Qirg‘oqlarida past qoyalar, ko‘p sonli sohilbo‘yi qiyaliklari mavjud. Mamlakat ko‘p sonli ko‘rfazlar va juda qulay bo‘g‘ozlarga ega. Tabiiy resurslarga boy emas (ohak­tosh, osh tuzi). Ishlov beriladigan yerlar mamlakat­ning 38% hududini egallaydi.
Iqlimi — 0‘rtayer dengizi iqlimi — qishda namgarchilik, yozda issiq va quruq.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. 1964-yil 21-sentabrda Malta Angliyadan mustaqil bo‘ldi, biroq 1979-yilga qadar ingliz qo‘shinlari mamlakatda saqlab turildi. Qonunchilik umumiy ingliz huquqiga asoslangan. Milliy bayramlari: 21-sentabr — Mustaqillik kuni, 13-dekabr — Respublika kuni, 8-sentabr — G‘alaba kuni, 31-mart — Ozodlik kuni, 7-iyun — Din yo‘lida zahmat chekkanlar kuni. Ijroiya hokimiyat prezidentga (davlat boshlig‘i) va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli.
Asosiy siyosiy partiyalari: Milliy partiya, Leyboristlar partiyasi, Sotsial-demokratik partiya.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Tabiiy resurslarning yetishmasligi Maltaning. qulay geografik joylashuvi va oliy kvalifikatsiyali ishchi kuchlarining mavjudligi bilan kompensatsiya qilinadi. Xo‘jalikning asosiy tarmoqlari — tranzit-transport operatsiyalari, chet el turizmi. Sanoatning yaxshi rivojlangan tarmoqlari (ishlab chiqarish YIMning 20% ini tashkil etadi) kemasozlik, kema ta’mirlash, to‘qimachilik, tikuvchilik, poyabzal ishlab chiqarish, elektrotexnika, oziq-ovqat ishlab chiqarish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotida ohaktosh qazib olish muhim o‘rin tutadi. Qishloq xo‘jaligida (YIM — 4,1%) mayda dehqon xo‘jaliklari ko‘p, ularning asosiy yo‘nalishlari — yerga ishlov berish (donli ekinlar va sabzavotlar yetishtiriladi), uzumchilik, mevachilik, gulchilik. Chorvachilikda asosan sut ishlab chiqarishga katta e’tibor beriladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘pchiligi chetdan keltiriladi. Maltaning o‘zida ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ehtiyojining 20% ini tashkil qiladi. Malta daromadining muhim manbalaridan biri chet el turizmi hisoblanadi. 2012-yil YIM miqdori 8,5 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 21,3 AQSH doll.) tashkil etgan.
  Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya.
 Temiryollari yo‘q, avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 1291 km (1180 km — asfaltlangan). Mamlakatning asosiy porti — Valetta.
Tarixi. Malta antik davrdayoq muhim strategik hududda joylashganligi uchun m. a. IX asrda finikiyaliklarga, m.a.VIII asrda esa greklarga tegishli bo‘lgan. Malta Karfagenga m. a. VI asrdan qaram bo‘lgan bo‘lsa, m. a.  218-yili Puni urushlari vaqtida rimliklar tomonidan bosib olindi. Rim imperiyasi qulaganidan so‘ng Malta vandallar tomonidan, keyin ostgotlar tomonidan bosib olindi, 533-yili esa Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirdi. 869-yili orol arablar tomonidan okkupatsiya qilindi, XI asrda esa Maltani Sitsiliyaga qo‘shib yuborgan normandlar qo‘liga o‘tdi. XVI asrda Maltani Ionitlar ordeni ritsarlariga berishdi. 1680-yildan boshlab orolda fransuzlar ta’siri oshdi, XVIII asrda esa Malta Fransiyaning Olrta yer dengizidagi muhim moliyaviy markaziga aylandi. 1798-yil Napoleon Bonapart orolni bosib oldi, biroq 1800-yili Malta inglizlar qo‘liga o‘tdi. Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lgan Maltani Ikkinchi Jahon urushida nemis va italyan harbiy havo kuchlari tomonidan qattiq bombardimon qilindi, biroq taslim boimadi va 1943-yili ittifoqchilarning qo‘shinlarini Sitsiliyaga tushirishda platsdarm vazifasini o‘tadi. 1964-yili mustaqillikka erishgan Malta 1974-yili respublika deb e’lon qilindi, lekin in­gliz qo‘shinlari bu yerda 1979-yilga qadar ushlab turildi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.