Qimmatbaho va og`ir matallar 

13 106

  Oltin - noyob metall. U yer ostida ham, namlikda ham o'z xususiyatini yo'qotmaydi. Ammo uni izlab topish va tog'  jinslaridan ajratib olish juda ko'p mehnat, mablag' talab etadi. Oltin siz bilgan zargarlikdan tashqari elektronika, kompyuter ishlab chiqarishda, kosmik kemalarda, atom reaktorlarida ko'p qo'llaniladi. Bitta atom reaktorining ichki devori 16 kg oltin bilan qoplanadi. 
  O`zbekiston oltin qazib chiqarish bo`yicha dunyoda yettinchi, MDH davlatlari ichida esa ikkinchi o`rinda turadi.
  Samarqand bilan Buxoro oralig'idagi tog'lardan ikki ming yil burun ham oltin qazib olingan. X-XIII asrlarda kon sanoati o'z zamonasiga xos yuksak rivojlangan. XIX asrda Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olgach, mavjud konlarni xaritalarga tushirdi. Oltin qidiruv ishlarini barcha joylarda kuchaytirdi. XX asr o'rtalaridan o'zbek olimlarining izlanishlari asosida Muruntov, Chodak, Zarmitan, Qo'shbuloq, Qizilolma, Marjonbuloq oltin konlari aniqlandi. 
 1969-yili dastlabki oltin yombisi quyildi. Shu vaqtdan oltin qazib olish sanoati shakllandi. Mamlakatimizda oltin qazib olish sanoatining yana bir yirik markazi - Navoiy kon-metallurgiya kombinatidir. Zarafshonda tashkil etilgan oltin qazib olish bo'yicha O'zbekiston-AQSH «Zarafshon-Nyumont» qo'shma korxonasi 1995-yildan mahsulot ishlab chiqara boshladi. Muruntov koni O'zbekistondagina emas, Yevrosiyodagi oltin konlari ichida eng kattasi bo'lib, ruda qazib olingan joy hajmi 2×4 km va chuqurligi 400 metrdan ortiq afsonaviy o'rani eslatadi.
  Oltindan keyin turadigan qimmatbaho metall - bu kumushdir. Qurama tog' tizmalarida yirik kumush konlari topilgan. Toshkent oldi rayonida kumush katta miqdorda ajratib olinmoqda. Qizilqumda kumush ishlab chiqarishni ko'paytirish borasida keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunga kelib tarkibida oltin va kumush bo'lgan 30 dan ortiq ruda konlari aniqlangan. 
  Metallar iqtisodiyotda turli maqsadlarda ishlatiladi. Mis sof holida ham, qalayi bilan (bronza), nikel bilan (melxior), aluminiy bilan (dyuraluminiy), rux bilan (latun) qotishma holda ham elektrotexnikada va mashinasozlikda keng foydalaniladi. Qo'rg'oshin akkumulatorlar, elektr kabellari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Temir buyumlar zanglamasligi uchun rux bilan sirlanadi. Qalaydan oq tunuka va podshipniklar yasashda foydalaniladi. Respublikada kumush, uran, volfram va boshqa qimmatbaho ruda konlari ham bor. 
  Metallurgiyaning atrof-muhitga ta`siri. Metallurgiya majmuasi mamlakatimizda tez rivojlanayotgan sohalardan biri bo`lishi bilan birgalikda atrof-muhitga salbiy ta`sir ko`rsatuvchilardan ham hisoblanadi. Metallurgiya tabiiy majmualarning barcha tarkibiy qismlariga ta`sir etadi. Tog`-kon sanoati tuproq qatlamini buzib, landshaftlarning "yo`qolishiga” sabab bo`ladi. Mazkur sanoat tufayli katta karyerlar va yer ostida g`orlar paydo bo`lmoqda. Ular bosib qolish va antropogen yer silkinishi xavfini tug`diradi. Ko`p yerlarni metallurgiya chiqindilari egallab yotibdi.
  Boyitish fabrikalarida ishlatilgan suvni oqar suvlarga tashlash, ushbu suvlarni yaroqsiz holga olib kelmoqda. Metallurgiya zararli moddalarni ko`p miqdorini atmosferaga chiqaradi. Jumladan, gaz qoldiqlari (oltingugurt va boshqalar) tarkibida metal bo`lgan chang va boshqa elementlar juda xavflidir.
 Bularning barchasi atrof-muhitda temir, qo`rg`oshin, mis, simob miqdorining ko`payishiga olib keladi. Ular tuproq, o`simlik va hayvonit tanasida yig`ilib inson a`zosiga o`tganidan keyin asta-sekin uni zaharlay boshlaydi.
  Og`ir metallar kishilar organizmidagi immunitetni pasaytirib, kasallanish darajasining yuqori bo`lishiga ta`sir etadi. Aholi va tabiat uchun katta xavf-xatar tug`diradi.
Metallurgiya sanoati chiqindilari atrof-muhitga salbiy ta`sir ko`rsatishining oldini olish uchun bu chiqindilarga to`liq ishlov berib, ularni foydali mahsulotlarga (masalan, shlakli qurilish materialiga) aylantirish, zararsizlantirish, atmosferaga va suv havzzalariga chiqadigan chiqindilarni tozalash zarur.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.