Muhabbat Tillaboyeva
Tillaboeva Muhabbat Nig'matovna – Respublika Ta`lim Markazi tabiiy va aniq fanlar bo'limi boshlig'i. 1983-yil Nizomiy nomli TDPIni bitirgan. Mutaxassisligi geografiya va biologiya fanlari o'qituvchisi. Umumta'lim maktabi o'qituvchisi, Nizomiy nomli TDPIning Iqtisodiy geografiya va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi bo'lib ishlagan. Respublika Ta`lim Markazida 1995-yildan buyon etakchi metodist (1995-1996-yil), bosh metodist, bo'lim boshlig'i muovini (1996-2001-y), bo'lim boshlig'i (2001-2005-y), direktor o'rinbosari (2005-2008-y), 2011-yildan Tabiiy va aniq fanlar bo'limi boshlig'i lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. 9-sinf "Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” darsligi, "O'zbekiston geografik atlasi” hammuallifi, 10dan ortiq o'quv-metodik qo'llanmalar, ko'plab metodik tavsiyanomalar muallifi. Xalq ta'limi a'lochisi (1999-y.), "Do'stlik” ordeni sohibasi (2000-y.)
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.