Janubiy Amerika 

23 167

Janubiy Amerika haqida umumiy ma'lumotlar

  • Asosiy xususiyatlari

    Dunyodagi eng sersuv daryosi, eng baland va eng keng sharsharasi, eng katta iloni, eng mitti «odamxo‘r» balig‘i, eng uzun tog‘i, eng katta daryo havzasi, eng balandda joylashgan chuchuk suvli katta ko‘li, eng baland harakatdagi vulqoni, eng qalin Amazoniya o‘rmonlari - «sayyoramiz o‘pkasi» bor. Eng sernam materik.
  • Geografik o'rni

    Janubiy Amerika maydoning kattaligi jihatidan materiklar orasida to'rtinchi o'rinda turadi. Materikning katta qismi janubiy yarimsharda joylashgan. Uning shimoliy qismidan ekvator kesib o'tadi. Shimoldan janubga 7000 km, g'arbdan sharqqa 5000 km cho'zilgan. Janubiy Amerikaning eng keng joyi 5150 km, tor joyi 600 km.dan oshmaydi..
  • O'rganilishi

    Amerikaning kashf etilishi haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Xristofor Kolumbgacha, ya'ni XV asrdan oldin Amerikaga xitoylar, yaponlar, finikiyaliklar, arablar, inglizlar, skandinaviyaliklar, okeaniyaliklar borganligi haqida dalillar topilmoqda. Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy  o'zining "Hindiston" asarida Amerika quruqligining mavjudligini X.Kolumb kashfiyotidan 450 yil oldin bashorat qilgan.

 

X Kolumb «Yer shar shaklida» degan g‘oyaga asoslanib, Hindistonga g‘arbdan yaqin dengiz yo‘li bilan borish uchun safarga chiqadi. U 1492-yilning 12-oktabr kuni San-Salvador (ispancha xaloskor degani) oroliga keladi. Bu sana Amerika kashf etilgan kun tariqasida geografiya tarixiga kiritilgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrini boshlab bergan.

A merigo Vespuchchi (asli italiyalik, Ispaniya dengiz flotida xizmat qilgan) 1499-1504 yillardagi Janubiy Amerikaga uyushtirgan ikkita sayohati davrida birinchi bo‘lib bu yerlar Hindiston emas, balki yirik quruqlik - Yangi Dunyo ekanligini aytib, uning tabiatini mohirona tavsiflab yozadi. 1507-yildan boshlab Yangi Dunyoga Amerika deb nom berildi.

J anubiy Amerika hududi relyef tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi. Birinchisi tog‘li g‘arb. Bu deyarli meridianal yo‘nalishdagi eng uzun (9000 km) And tog‘ tizmalaridir. And tog‘lari ko‘p qismida tog‘ tizmalarini, markaziy qismida tog‘lik va yassitog‘liklarni (3500-4500 m) hosil qiladi.

 

- Maydoni (orollar bilan birga) - 18 854 000 kv.km

- Orollar maydoni - 150 000 kv.km

- Qirg'oq chizig'ining uzunligi - 28 700 km

Eng keng bo'g'oz - Dreyk, 950 km. 

- Dengiz sathidan o'rtacha balandlik - 590 metr

- Dengiz sathidan eng yuqori balandlik - Akonkagua t. (Argentina) 6960 metr

- Dengiz sathidan eng past balandlik - Salinas-Chikas botig'i (Argentina) -42 metr

- Eng shimoliy nuqta - Galinas burni (Kolumbiya)

- Eng shimoliy nuqta koordinatasi - 12 daraja 25' sh.k. 71 daraja 35' g'.uz.

- Eng janubiy nuqta - Frouard burni (Chili)

- Eng janubiy nuqta koordinatasi - 53 daraja 54' j.k. 71 daraja 18' g'.uz.

- Eng g'arbiy nuqta - Parinyas burni (Peru)

- Eng g'arbiy nuqta koordinatasi - 4 daraja 45' j.k. 81 daraja 20' g'.uz.

- Eng sharqiy nuqta - Kabu-Branku burni (Braziliya)

- Eng sharqiy nuqta koordinatasi - 7 daraja 09' j.k. 34 daraja 46' g'.uz.

- Orollar: Olovli Yer, Galapagos, Folklend

- Bo'g'izlar: Magellan, Dreyk

- Qo'ltiq: Plata

- Oqimlar: Braziliya, Gviana, Peru

- Pasttekisliklar: Amazonka, La-Plata, Orinoko

- Yassitog'liklar: Braziliya, Gviana

- Sharsharalar: Iguasu, Anxel

- Ko'llar: Marakaybo, Titikaka, Poopo

- Eng kuchli shamol - Tornado (160 m/sek., 600 km/soat).
- Eng katta nilufar - Viktoriya-regiya. Bargining diametri 2 metr.
- Katta barg - Rafiya palmasi (yaprog'ining uzunligi 22 m, eni 12 m, bandi 5 m)..
- Yer sharidagi eng katta tekislik - Amazonka tekisligi.
- Janubiy Amerikaning halokatli zilzilalar bo'ladigan rayoni - And toglari.
- Janubiy Amerikaning mis va selitraga boy rayoni - And tog'lari. Chilidagi tabiiy kon.
- Shimoli g'arbga tomon pasaya boradigan tog'lik - Braziliya tog'ligi.
- Eng baland joylari markaziy qismida joylashgan tog'lik - Gavana tog'ligi.

- Eng katta kemiruvchi - Kabi-bara (og'irligi 90 kg).

- Eng uzun mamlakat - Chili. Uzunligi 4300 km.

- Eng yengil daraxt - Balsa (1 kub/dm - 120 gr).

- Oltin va olmosga boy tog'lik - Braziliya tog'lari.

- Eng qadimiy kalish - mokosino (hindular kiyishgan).

- Neftga boy bo'lgan tekislik -Orinoko pasttekisligi.

- Katta tabiiy selitra koni - Chilida.

- Nomi mahalliy inklar tilida «mis» deb ataladigan tog' - And.



Daryolar

NomiUzunligi, kmHavzasining maydoni, ming kv.km
Amazonka (Maranon bilan)6 4377 180
Amazonka (Ukayali bilan)6 4006 916
La-Plata (Parana bilan)4 7003 100
San-Fransisko2 896600
Tokantis2 850770
Orinoko2 7401 000
Urugvay1 609306
Magdalena1 550260
 

Ko`llar

NomiMaydoni, kv.kmEng chuqur joyi, m
Marakaybo14 343250
Titikaka6543281
Poopo25303
 

Tog' cho'qqilari

NomlanishiTog` tizimi, hududiDengiz sathidan balandligi, metr
AkonkaguaArgentina6 960
IlimaniBoliviya6 882
Oxos-del-SaladoArgentina-Chilli6 880
TupungatoArgentina-Chili6 800
Uaskaran
Peru6 768
IlyampuBoliviya6 485
KoropunaPeru6 425
ChimborasoEkvador6 267
Kristobal-KolonKolumbiya5 800
BolivarVenesuela5 007
San-ValentinChili4 058
BandeyraBraziliya2 890
RoraymaGviana yassitog'ligi2 810
Agulyas-NegrasBraziliya2 787
 

Vulqonlar

NomlanishiJoylashgan hududiDengiz sathidan balandligi, metr
LyulyaylyakoChili-Argentika6 723
San-PedroChili6 254
ChachaniPeru6 075
KotopaxiEkvador5 896
RuisKolumbiya5 400
OsornoChili2 660
 

Orollar

NomiMaydoni, kv.km
Olovli Yer48 200
Folklend (Malvin)11 960
Chiloe8 400
Galapagos7 430
Trinidad4 820
Kyurasao447
Tobago300

Qiziqarli ma`lumot va savol-javoblar

- Eng issiq joyi +46 daraja Rivadaviya (Grande Chako) degan joyda qayd etilgan.

- Eng sovuq harorat -33 daraja Sarmyentoda (Patagoniya) qayd etilgan.

- Yog'in eng ko'p tushadigan joy Kolumbiyaning Buena-Ventura hududi - 7155 mm.

- Eng kam yillik yog'in - 1 mm. Chilidagi Afrika shahrida qayd etilgan.

- Orinoko pasttekisligi va Gviana tog'ligi subekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan.

- Ekvatorial iqlim mintaqasida harorat qish va yozda yuqori (25-27°C) bo'lib, yog'inlar yil bo'yi yog'adi.

- Nam tropik iqlim mintaqasida yoz issiq (25-21 °C), qish iliq (16-20 С) kelib, yog'inlar yil bo'yi bir tekis taqsimlangan. 

- Quruq subtropik iqlim mintaqasida yoz issiq (22-24°C), qish iliq kelib, yog'inlar (600-800 mm) asosan qishda yog'adi. 

- Subekvatorial iqlim mintaqasida havoning yozgi va qishki harorati o'rtasidagi farq kam, biroq yog'inlaming taqsimlanishi uchun mavsumiylik xarakterli, ya'ni qish quruq kelib, yozseryog'in bo'ladi. 

- Yil bo'yi gullab, meva beradigan doimiy yashil, ko'p yarusli, har xil turlarga boy o'rmonlar nam ekvatorial o'rmonlar zonasida o'sadi. 

- Sharbatidan kauchuk olinadigan giveya daraxti savanna va siyrak o'rmon zonasida o'sadi.

- Galereyali (to'p-to'p bo'lib o'sadigan) o'rmonlar Savanna siyrak o'rmonlar tabiat zonasida tarqalgan.

- Siyrak o'rmonlar zonasidagi sokin daryo tirsaklarida ulkan xurmachani eslatuvchi Viktoriya-regiya o'simligi o'sadi. 

- Dashtlarda (pampa) shu joy uchun xarakterli bo'lgan g'allagulli baland o'tlar va dukkaklilar o'sib, u yer-bu yerdagina palmalar uchraydi. 

- Janubiy Amerikada ekvatorial o'rmonlar Selva den (portugalcha - o'rmon) deb ataladi.

- Dashtlarda (pampa) chalov, pampa o'simliklari va boshqa xil o'tlar o'sadi.

- Pekari cho'chqalari, zirqdorlar va pumalar Dashtlarda (pampa) yashaydi.

- Nam subtropik iqlim mintaqasi 30 va 40° j.k.lar oralig'idagi territoriyani egallaydi, qish iliq (9-17°C), yoz issiq (22-25°C) kelib, yog'inlar yil bo'yi bir tekis yog'adi.

- A.Gumbold ekvatorial o'rmonlarni "gileya" deb atagan, ammo ularni bu yerda "selva" deb yuritishadi. "Selva" portugal tilida "o'rmon" demakdir.

- Amazonka daryosidagi baliqlar turi Tinch okeanidagi baliqlar turidan ham ko'p.

- Materikda uzunligi 1500-3000 km bo'lgan 20 dan ortiq daryolar bor.

- Selva Yer sharidagi o'simlik dunyosiga eng boy bo'lgan va eng katta o'rmonlar zonasidir.

- Baland tog'lardagi quruq tog' dashtlarni va chala cho'llarni - puna deb atashadi.

- Orxideya gulining diametri - 90 sm, eng kichik orxideya gulining diametri - 1 sm.

- Braziliya selvasidagi o'simliklar turi 4 mingdan oshadi.

- Tropik o'rmonlar Janubiy Amerikaning 1/3 qismini egallaydi.

- Selvada balandligi 80 metr kaladigan "seyba" daraxti o'sadi.

- Janubiy Amerika Yer sharidagi eng sernam materik.

Atakama Yer sharidagi eng quruq cho'llardan biridir.

- Eng mitti yirtqich balig'i - piranya ("daryo odamxo'ri")

- Eng katta iloni - Anakonda, uzunligi 10-12 metr, og'irligi 230 kg.

- Dunyodagi eng keng sharsharasi - Iguasu, kengligi 2700 m, balandligi 72 m

- Dunyodagi eng baland sharshara - Anxel (1054 m). Orinoko daryosida vujudga kelgan.

- Eng yengil daraxt - "Balsa" bo'lib, undan T.Xeyerdalning "Kon-Tiki" qayig'i yasalgan.

- Janubiy Amerika Yer sharidagi eng sernam materik.

- Eng katta suv o'simligi - Viktoriya-Regiya hisoblanadi, uning bargining diamerti 2 metr.

- Eng mitti yirtqich balig'i - piranya ("daryo odamxo'ri")

- Eng katta elektr baliq mavjud.

- Lama eng mayin junli hayvon hisoblanadi.

- Shinshilla - mo'ynasi eng qimmatbaho kemiruvchi hayvondir. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.