Kanada 

24 872

Rasmiy nomi - Kanada. Poytaxti - Ottava. Hududi - 9 970 610 km.kv. Davlat tili - ingliz va fransuz. Dini - katoliklar (46%), protestantlar (25%), shuningdek, provoslavlar, musulmonlar, induistlar, buddistlar. Pul birligi — kanada dollari.

Geografik joylashuvi va tabiati. Shimoliy Amerikadagi davlat. Janubda va shimoli-g‘arbda AQSH bilan chegaradosh. Sharqda Atlantika okeani, g‘arbda Tinch okean, shimolda va sharqi shimolda Shimoliy Muz okeani bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunligi — 8893 km. Hududning kattaligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi (Rossiyadan keyingi) o’rinda turadi. Mamlakat hududini shartli ravishda to‘rt qismga ajratish mumkin: mamlakat hududining deyarli yarmini egallagan, mamlakatning sharqiy qismida joylashgan, yassi- tog‘liklar va tekisliklardan iborat Kanada qalqoni; g‘arbda joylashgan Kanada Kordilyerlari; mamlakatni janubi bo‘ylab Muqaddas Lavrentiya daryosigacha cho‘zilgan tekisliklar; shu daryo vodiysi ortida va mamlakatning sharqida qad ko‘targan Appalachi tog‘ tizmasi. Kanada — ko‘llar o‘lkasi. Ulardan eng kattalari: Yuqori — dunyodagi eng katta suvi chuchuk ko‘l, Katta Ayiq ko‘li — dunyoda eng katta 10 ta ko‘lning biri, Katta Asir (Bolshoye Nevolnichye) koli, Vinnipeg, Guron, Eri, Ontario. Asosiy daryolari: Muqaddas Lavrentiy, Saskachevan, Yukon, Freyzer. Mamlakat yerosti boyliklari quyidagi foydali qazilmalar: nikel, qalay, mis, oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, molibden, ko‘mir, neft va tabiiy gaz. Haydalagidan yerlar mamlakat hududining 5% i, o’rmon va butazorlar 35% ni tashkil etadi, shimolda doimiy muzliklar katta qismm egallagan.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — parlamentar federatsiya, uning tarkibiga ta provinsiya (Alberta, Britan Kolumbiyasi, Kvebek, Manitoba, Yangi Shotlandiya, Nyu-Bransuik, Nyufaundlend, Ontario, Saskachevan, Yukon) va 2 ta hudud (Shimoli-g‘arbiy hududlar, Labrador) kiradi. 1867-yil 10-iyulda mustaqillikni qo’lga kiritgan (Buyuk Britaniyadan). 1982-yilgacha Buyuk Britaniya konstitutsiyasi amalda bo‘lgan. Hozirgi kunda parlamenti asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Qonunchilik umumiy ingliz huquqiga asoslangan. Kvebek provinsiyasida qonunchilik fransuz qonunchiligiga asoslangan. Milliy bayram 1-iyul — Kanada kuni. Ijro etuvchi hokimiyat premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat 2 palatali parlament — Senat va Jamoa palatasidan iborat. Asosiy siyosiy partiyalari: Taraqqiyparvar konservativ partiya (TKP), Liberal partiya (LP), Yangi demokratik partiya (YDP).

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Kanadaning iqtisodi yuqori rivojlangan. Tabiiy va ishchi resurslariga boy, zamonaviy ishlab chiqarish sanoatiga egaligi jihatdan dunyoda birinchi o‘nlikda turadi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: neft, gaz, sellyuloza-qog‘oz, yog‘ochni qayta ishlash, rangli metallurgiya, avtomobilsozlik. Kanada g‘alla yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha yetakchi o‘rinda. Baliq va baliq mahsulotlari eksport qilish uning tashqi savdosida muhim o‘rin tutadi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 97389 km, avtomobil yo‘llari — 884272 km, ichki suv yo‘llari — 3000 km. Asosiy portlari: Galifaks, Kvebek, Sent- Djons, Vankuver dengizi portlari, Tander-Bey va Toronto — ko‘l portlari.

Tarixi. Kanada qirg‘oqlariga yevropaliklardan birinchilardan bo‘lib IX-X asrlarda vikinglar borgan. Lekin Kanadaning ochilishi venetsiyalik dengizchi Jovanni Kabotta nomi bilan bog‘liq. Kabotto ingliz xizmatida bo‘lib, 1497-yilda Nyufaundlend oroliga kelib tushadi. Lekin yangi yerlarni faol o‘zlashtirishni fran- suzlar boshlab beradi. Jak Karte 1534-1536-yillarda Muqaddas Lavrentiya daryosi vodiysini tadqiq etadi. 1608-yildan esa Kanadani mustamlakaga aylantirish boshlanadi, bu hudud o‘sha paytda yangi Fransiya deb atalgan. 1663-yilda mahalliy hindu qabilalari bilan yaxshi munosabat o‘natish maqsadida yangi mustamlakada qirollik boshqaruvi o’rnatildi. XVII asr oxirlarida Buyuk Britaniya Kanada hududlari uchun raqobatlasha boshladi. Bu raqobat XVIII asrning ikkinchi yarmida avj oldi va Fransuz armiyasi mag‘lubiyatga uchrab, Yangi Fransiya hududlarida Angliya huquqini tan oldi. 1867-yilda Kanada Britaniya dominioniga aylandi. 1931-yildan Kanada Britaniya Hamdo‘stligi tarkibidagi to‘liq mustaqil davlatga aylandi. II jahon urushidan so‘ng Kanadaga ko‘plab imrnigrantlar ko‘chib kelishadi. XX asrning 60-90-yillarida fransuz tilida so‘zlashuvchi Kvebek hamda Kanadaning ingliz aholisi o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi (Kvebek suverenitet talab etadi). 2008-yil Olimpiadasini o‘tkazishga nomzodini qo‘ygan Kanada bu bahsni Xitoyga boy beradi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.