Nok

  Xalq tabobatida nok qoqisidan tayyorlangan qaynatma chanqoqni, yo‘talni, dizenteriyani qoldirish uchun ishlatiladi. Nok me’dani oshlab tozalaydi... tashnalikni kesadi, safroni to‘xtatadi. (Ichni) qotiradi, ayniqsa, qoqisi shunday. Nok, ayniqsa, yovvoyisining quritilgani jarohatlarni bitiradi.

Ming dardga davo sarimsoq

         Sarimsoqning shifobaxsh xususiyatlari juda qadimdan ma`lum. Abu Ali Ibn Sino o'zining «Tib qonunlari» kitobida, Abu Rayhon Beruniy «Kitob as-say-dana fi-t-tibb» asarida sarimsoqning shifobaxsh xususiyatlari haqida yozib qoldirganlar.     Ibn Sino sarimsoq kulini asal bilan aralashtirib, temiratkiga malham tayyorlagan, sarimsoq qaynatmasi ichilsa, ovoz ochilib, ravon bo'lishini, og'iz chayilsa, tish og'rig'iga, surunkali yo'tal va astmaga davo bo'lishini aytgan. Qorin dam bo'lganda u sarimsoqni zaytun bilan qaynatib ichirgan.

Meva va sabzavotlardagi foydali moddalar

  Meva va sabzavotlardagi foydali moddalar   Meva va sabzavotlarning rangi ko‘p narsani anglatishi mumkin. Masalan, yashil sabzavotlarda xlorofill va foliy kislotasi ko‘p, ko‘k olmalar qizil olmalarga nisbatan temir va vitaminlarga boyroq, olov rang sabzavot va mevalarda beta-karotin ko‘p. Meva va sabzavotlarning yorqin rangi ularning mazasini yoqimli qilibgina qolmay, turli kasalliklarga qarshi kurashadigan foydali fitonutrientlar haqida ham darak beradi. Ko‘pchilik odamlar fitonutrientlarni kerakli miqdorda iste’mol qilmaydi. Bu "rangli tanqislik” yurak kasalliklari, osteoporoz, saraton, diabet va boshqa kasalliklar xavfini oshiradi.