Shifokorim tabiat

Marvarid (Oq) tutning shifobaxsh xususiyatlari 

4 742

 

Xalq tabobatida oq tut isitma chiqqanda, ichak kasalliklarida, qonni tozalashda ishlatiladi.

Tut po’stlog’i (qaynatmasi va kunjut yog’ida tayyorlangan surtma dori) yaralarni davolashda hamda balg’am ko’chiruvchi, peshob haydovchi dori sifatida qo’llaniladi. Bargidan tayyorlangan qaynatma kishi shamollab, isitmalab qolganda haroratni pasaytiruvchi vosita hisoblanadi.

Kamqonlik, podagra, qandli diabetda yangi tutni ezib, 1 stakan qaynagan suv bilan aralashtiriladi va 4 soat tindiriladi. Kuniga 4 mahal, ovqatlanishdan oldin chorak stakandan ichiladi.

Yurak porogida har kuni 4-5 mahal, ovqatlangandan so’ng 250-300 g tut yeyish tavsiya etiladi.

manba: asr.uz


Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.