Organizmda moddalar almashinuvini yaxshilovchi mahsulotlar 

3 499

Karam tozalovchi ozuqalariga boy bo`lib, ular zaharli moddalarni ichakdan chiqarib yuborishga yordam beradi. Bundan tashqari, karamdagi organik kislotalar hazm qilish jarayoniga ijobiy ta`sir ko`rsatib, mikroflorani me`yoriga keltiradi.

Qizil lavlagi — organizmni tozalashda birinchi raqamli mahsulot hisoblanadi. Lavlagi tarkibida kletchatka, mis, fosfor, S vitamini va qator foydali kislotalar bo`lib, ular hazm qilish jarayonini yaxshilab, ichakdagi chirituvchi bakteriyalarni bartaraf etadi.

Sarimsoqning atigi bitta bo`lakchasida 400 dan ortiq komponentlar mavjud. Ular tomirlarni tozalab, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi va miya saratoni sababini — multishaklli glioblastoma hujayralarini yo`q qiladi.

Piyoz hazm jarayoniga, oziq moddalar singishiga, hatto ishtahani yaxshilashga yordam beradi. Undagi oltingugurt "hamma zararli” moddalarni zararsizlantiradi.

Olma — tarkibidagi pektin va kletchatka tufayli butun hazm qilish tizimining ishini tartibga keltirib, zaharli moddalarning chiqib ketishiga yordam beradi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.