Har kuni sarimsoq iste’mol qilish foydalimi? 

3 902

Sarimsoq piyoz shamollash va tumovning oldini oluvchi vosita sifatida qadim zamonlardan beri qo’llaniladi. Biroq ko’rimsizgina bo’lgan bu mahsulotning foydali xususiyatlari biz o’ylaganimizdan-da ko’proq. Quyida har kunlik taomnomangizga sarimsoqni kiritishingiz shartligini tasdiqlovchi 4 sababni keltirib o’tamiz.

1.Sarimsoq kuchli davo xususiyatlariga ega
Misrliklar, yunon va yaponlar bir necha ming yilliklar davomida sarimsoq piyozdan dori sifatida foydalanishgan va bu bejizga emas. Sarimsoq piyoz tarkibida ko’p miqdorda oltingugurt sulfati mavjud. Bu modda sarimsoqning achchiq hidi va mazasini ta’minlaydi. Bundan tashqari, oltingugurt organizmning o’z funksiyasini bajarishida muhim ahamiyatga ega. U to’qimalarga qon ivimasligi bilan boғliq barcha turdagi kasalliklarga qarshi kurashishda va ovqat hazm qilish jarayonining me’yorida kechishiga ko’maklashadi. Sarimsoq piyoz oshqozon osti bezi shirasi ishlab chiqarishida ham muhim rol o’ynaydi.

2. Mikroblarga qarshi kurashadi
Ma’lumki, kuz-qish mavsumida o’tkir respirator va yuqumli kasalliklar avj oladi. Shuning uchun ham sarimsoq piyozni mana shu mavsumda taomnomaga kiritish hayoti zarurat hisoblanadi. Salomatlik haqida maqolalar chop etuvchi ommabop nashrlardan birining yozishicha, sarimsoq piyoz shifokorlar tomonidan tez-tez yozib beriladigan ikki nomdagi antibiotikka nisbatan 100 marotaba samaralidir.
Ayniqsa, uning ichak infeksiyalari bilan samarali kurashishini alohida e’tirof etish zarur. Bundan tashqari, sarimsoq organizmdagi turli zamburuғlar bilan kurasha oladi.

3. Saraton va gipertoniya bilan kurashadi
Tarkibida ko’p miqdorda oltingugurt sulfati saqlovchi sarimsoq yurak-qon tomir tizimida misli ko’rilmagan mo’jizalar yaratadi. Xususan, sarimsoq jigardagi xolesterin uchun javobgar fermentlarni parchalash usuli bilan qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Bu hammasi emas. Sarimsoq iste’mol qilganingizda arterial qon bosimi tushadi, aterosklerozning oldi olinadi, bu esa o’z navbatida yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Ayrim mamlakatlar soғliqni saqlash tizimi oshqozon va to’ғri ichak saratonining kam uchrashishini odamlarning ko’p sarimsoq iste’mol qilishi bilan izohlaydi. Bu shunchaki tasodif emas, balki ilmiy asoslangan faktdir. Sarimsoq organizmda turli o’simtalar paydo bo’lishining oldini oladi, o’simtalar o’sishiga yo’l qo’ymaydi. Bundan tashqari, muntazam ravishda sarimsoq iste’mol qilish qondagi qand miqdorini bir me’yorda saqlab turishga yordam beradi va o’z-o’zidan qandli diabetning oldi olinadi.

4. Sarimsoq sog`lom soch va teri go’zalligini ta’minlaydi!
Olimlar bir necha tajribalar orqali sarimsoq piyoz tarkibidagi moddalar insonning bo’yi va sochi o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini aniqlagan. Atrof-muhitdagi turli omillar yoki vitamin yetishmasligi sababli soch to’kilishida sarimsoq qo’shimcha davo vositasi sifatida yordam beradi.

Kosmetologlarning fikriga ko’ra, o’zining mikroblarga qarshi kurashish funksiyasi tufayli sarimsoq piyoz teri holatini sezilarli darajada yaxshilaydi, undan to’ғri va o’rinli foydalanish esa terini silliqlashtiradi.

Eng muhimi qimmatbaho ozuqaviy qo’shimchalar va vitamin komplekslaridan farqli ravishda sarimsoq piyoz o’zimizda yetishtiriladi va buning xisobiga bozorlarimizdan hamyonbop narxlarda xarid qilishimiz mumkin.
manba: asr.uz

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.