Livan 

13 729

Rasmiy nomi — Livan Respublikasi. Poytaxti — Bayrut. Hududi – 10,5 ming km.kv. Aholisi – 4 mln.dan ortiq kishi (2012-yil). Davlat tili — arab. Dini — islom (75%), boshqa dinlar (25%). Pul birligi — livan funti.
 
Geografik joylashuvi va tabiati. Janubi-g‘arbiy Osiyoda joylashgan. Sharq va shimolda Suriya bilan (chegara uzunligi — 375 km), janub va janubi-sharqda Isroil bilan (79 km) chegaradosh. Livanning g‘arbiy chegaralari O‘rtayer dengizi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 454 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa — 225 km. Isroil bilan janubiy rayonlar masalasida hududiy qarama-qarshiliklar mavjud. Landshafti asosan togli: g‘arbida dengiz-oldi pastte- kisliklari mamlakatning Livan cho‘qqisi (3088 m) mavjud bo‘lgan baland tog`i As-Sauda bilan tutashgan. Sharqida Antilivan tog‘ tizrmasi joylashgan. Ushbu tog‘ tizmalari o‘rtasida Bekaa chuqurligi joylashgan. Asosiy daryosi — Al-Litoni. 

Asosiy foydali qazilmalari: temir rudasi va ohaktosh. Ishlov beriladigan yerlar mamlakat hududining 21% ini tashkil etadi.

Iqlimi — subtnopik, issiq.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 6 ta gubernatorlik (muhafazot)dan tashkil topgan. Livan mustaqil davlat sifatida 1943-yil 22-noyabrda (milliy bayram — Mustaqillik kuni) e’lon qilingan, biroq fransuz qo‘shinlari 1946-yil oxiriga qadar Livan hududida ushlab turildi. Ijroiya hokimiyat prezident (davlat boshlig‘i) va Vazirlar Kabineti boshlig‘i hisoblangan premyer-ministr qoiida. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra faqat xristian-maronit — prezident, musulmon-sunniy — premyer ministr bo‘lishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Deputatlar palatasi tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakat siyosiy hayotida an’anaviy ravishda ikki siyosiy blok — xristianlar va musulmonlar bloki shakllangan.

Asosiy siyosiy partiyalari: Sotsialistik taraqqiyot partiyasi, Livan kommunistik partiyasi, Xalq nosiriylar tashkiloti, Kataib partiyasi, Amal shialar harakati.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Beqaror ichki siyosiy holat, Isroil tomonidan Livan janubining bir necha marotaba okkupatsiya qilinishi mamlakatda iqtisodiy ahvolning og’irlashuviga, tadbir- korlikning keskin pasayishiga, tashqi savdoning kamayishiga olib keldi. Sanoatning nisbatan yaxshiroq taraqqiy etgan sohalari: nefini qayta ishlash, oziq-ovqat, to‘qi- machilik. Bayrut hozirgi kunda Yaqin Sharqning moliya markazlaridan biri hisoblanadi (mamlakatning oltin-valuta zaxirasi 4300 mln dollar). Qishloq xo‘jaligida (YIMning 30%) sitrus mevalar, zaytun, kartoshka, olma, tamaki, uzum yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Saudiya Arabistoni, Shveysariya, Italiya, lordaniya, Fransiya.

Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 222 km, avtomobil yo‘llari — 7300 km (shundan 6200 km — qattiq qoplamali). Mamlakat portlari: Bayrut, Tripoli, Sayda.

Tarixi. М. a. IV ming yillikda hozirgi Livan hududida fmikiyaliklarning shahar-davlatlari shakllana boshladi. М. a. VIII asrdan I asrga qadar Livan Sharqning turli davlatlari tarkibida bo‘lib keldi. М. a. I asrda Livan Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. 637-yili arablar tomonidan bosib olingan bo‘lsa, 1098-yildan 1289-yilga qadar Yaqin Sharqda salibchi-ritsarlar tomonidan tash­kil etilgan xristianlar davlati tarkibida bo‘ldi. Keyin mamlakat Misr mamluklari qo’liga o‘tdi, XVI asrdan esa Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirdi. Biroq mamlakatdagi hokimiyat amalda XVI-XVII asrlarda Maonlar sulolasi amirlariga, XVII asr oxirlaridan esa Shaxobiylar sulolasi amirlari qo‘lida bo‘lib keldi. 1840-yili Bashir Shaxob taxtdan ag‘darib tashlandi va Livan yana turklar qo‘l ostiga o‘tdi. 1860-yili Fransiya imperatori Napoleon III Livanga ekspeditsion korpus jo‘natdi, natijada xalqaro komissiya turk hukumatini Livan muxtoriyatini tan olishga majbur qildi. Birinchi jahon urushi boshlarida Turkiya bu kelishuvni bekor qildi. Lekin Turkiyaning urushdagi mag‘lubiyatidan so‘ng bu hudud Fransiya mandati ostiga o‘tdi (1920). 1926-yili Livan respublika deb e’lon qildi. 1943-yilda Livan mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng mamlakat ichki ziddiyatlarni bartaraf qilishga muvaffaq bo‘ldi, faqat 1975-yili mamlakatda arablar va xristianlar o‘rtasida fuqarolar urushi boshlandi. Unga Suriya va Isroil aralashdi. 1992-yili 1972-yildan beri birinchi marta parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.