Bahrayn 

9 035

 Rasmiy nomi — Bahrayn. Poytaxti — Manama. Hududi — 695,15 km.kv. Aholisi 707852 kishi (2007). Davlat tili — arab. Dini — islom. Pul birligi — Bahrayn dinori.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Yaqin Sharqda joylashgan davlat. Fors ko’rfazining shimoli- g‘arbiy qismida Saudiya Arabistoni va qator davlatlar qirg’oqlari bilan chegaradosh. 33 ta oroldan iborat. Ularning orasida eng yirigi Arabiston yarimoroli bilan uzunligi 25 km gacha yaqin bo‘yin vositasida bog‘- langan Bahrayn orolidir. Bahrayn orolining uzunligi 25 km, eni — 16 km ni tashkil etadi. Orollar materik va marjonli kelib chiqishga ega. Tuproq qatlamida ohak- tosh keng tarqalgan. Hududning katta qismini chalacho’llar egallagan. Arxipelagning yuqori nuqtasi Jabal- ad-Duxan (134 m). Ba’zi orollar Bahrayn va Muharrar bilan to‘g‘onlar (damba) vositasida bog‘langan.
  Iqlimi — tropikdan subtropikka o‘tuvchi. Vohalarda finik palmalari o‘sadi. Hududning katta qismi tropik cho‘llardan iborat. Ilonlar, chayonlar, kemiruvchi va shoqollar keng tarqalgan.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — monarxiya. Davlat boshlig’i — Amir Shayx. Hukumat boshlig‘i — premyer-ministr Shayx. Siyosiy partiyalari yo‘q. Siyosiy tashkilotlari: Bahrayn xalq fronti, Bahrayn milliy ozodlik fronti.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodining asosini neft qazib olish va uni qayta ishlash tashkil etadi. Kema ta’mirlash, sement va boshqa korxonalar bilan bir qatorda hunarmandchilik ham taraqqiy etgan. Kimyo sanoati ham rivojlangan, alumin eritiladi. Madaniy o‘simliklardan makkajo’xori, bug’doy, arpa yetishtiriladi. Echki, qo‘y, eshak va zebusimon sigirlar boqiladi. Asosiy savdo hamkorlari — Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH, Avstraliya.
  Tarixi. M.a. Ill ming yillikda zamonaviy Bahrayn kuchli savdo imperiyasi hisoblangan Dilmunning markazi bo‘lgan. M.a. 1600-yillarida Dilmun inqirozga yuz tutadi. Bahrayn m.a. 600-yilda Bobil tarkibiga, IV- VI asrlarida Sosoniylar davlati tarkibiga kiradi. VIII asrda esa Bahrayn arab xalifaligi hukmronligi ostida qoldi. IX-X asrlarda Bahrayn Ummaviylar imperiyasi, keyinchalik Abbosiylar davlati tarkibida bo‘ldi. XIII asrda Bahrayn ma’lum muddatga mustaqillikni qo‘lga kiritdi. 1487-yilda Bahrayn va Mohara orol­lari Ummonlik qabilalari tomonidan bosib olindi. 1536-yildan 1602-yilgacha orollarni portugallar nazorat qilishdi. XVIII asr o‘rtalarida Bahraynda uni hozirgi kunda ham idora etayotgan Al-Xalifa urug‘i vujudga keldi. XIX asrda Bahrayn inglizlar nazorati ostida edi. 1971-yil 14-avgustda Bahrayn mustaqillikka erishdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.