Тopografik xaritalar 

18 490

Тopografik xaritalar haqida tushuncha. Odatda, geografik xaritalarning masshtabi juda kichik bo‘ladi, ularda Yer yuzasi tasviri million marta va undan ko‘proq marta kichraytirib ko‘rsatiladi.  Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik masshtabli (1:200 000 va undan kattaroq) xaritalar topografik xaritalar deb ataladi. Mazmuniga ko‘ra, ular umumiy geografik xaritalar hisoblanadi. Yirik masshtabli (1:25 000, 1:50 000, 1:100 000) topografik xaritalar joyda bajariladigan topografik o‘lchov ishlari  hamda aerosuratlar asosida tuziladi.

Yirik masshtabli topografik xaritalarda katta maydonlar tasvirlanadigan bo‘lsa, xarita juda kattalashib ketadi. Shuning uchun bunday xaritalar ayrim-ayrim varaqlarga bo‘linadi va ular ko‘p varaqli bo‘ladi. 

Yirik masshtabli topografik xaritalarning har bir varag‘ida Yer yuzasining kichik qismi tasvirlanadi. Shuning uchun bunday xaritalarda mayda masshtabli xaritalarga nisbatan xatoliklar juda kam bo‘ladi, chunki kichik maydon yuzasi tekislikka yaqin bo‘ladi. Xaritaning masshtabi uning barcha qismida bir xil bo‘ladi. 

Тopografik xaritaning har bir varag‘i yon tomonlarda meridian, yuqori va past tomonlarda parallellar bilan chegaralanadi. Masalan, masshtabi 1:1000 000 bo‘lgan xaritaning har bir varag‘i har 6° dan o‘tkazilgan meridianlar va har 4° dan o‘tkazilgan parallellar bilan chegaralangan. Natijada, Yer yuzasida uzunligi 6° va kengligi 4° ga teng bo‘lgan trapetsiyalar (trapetsiya shaklidagi hududlar) hosil bo‘ladi. Yirik masshtabli topografik xaritalar uchun o‘lchami kichikroq bo‘lgan trapetsiyalardan foydalaniladi. Masalan, masshtabi 1:100 000 bo‘lgan xarita trapetsiyasining o‘lchami uzunlik bo‘yicha 30′ va kenglik bo‘yicha 20′ ga teng, masshtabi 1:25 000 li xarita trapetsiyasining o‘lchami uzunlik bo‘yicha 7′30′′, kenglik bo‘yicha 5′ ga teng bo‘ladi.

Тopografik xaritalarning har bir varag‘i kilometrli kataklarga ham bo‘lingan bo‘ladi. Har bir katakning tomonlari 1000 m (1 km) ga teng qilib olinadi. Binobarin, xaritalar masshtabiga qarab kataklar har xil kattalikda bo‘ladi. Agar xarita masshtabi 1:100 000 bo‘lsa, katak tomonlari 1 sm, 1:50 000 bo‘lsa, 2sm, 1 : 25 000 bo‘lsa, 4 sm (rasm), masshtab 1:10 000 bo‘lsa,  katak tomonlari 10 sm ga teng bo‘ladi. Bundan tashqari, xaritaning pastki ramkasidan boshlab yuqori tomonga yo‘nalish x bilan, o‘ng tomonga gorizontal yo‘nalish esa y bilan belgilanib, ularning necha kilometrga teng ekanligi yozib qo‘ yiladi. Mana shu raqamlarga qarab, xaritadagi har bir nuqtaning vertikali va gorizontali nechanchi km larda ekanligini aniqlasa bo‘ladi.

Тopografik xaritalarning shartli belgilari. Rasmda keltirilgan topografik xaritaning mazmunini aniqlaymiz. Buning uchun topografik xaritaning shartli belgilarini ko‘rib chiqamiz va ularni quyidagi turlarga bo‘lamiz.

Davlat geodeziya to‘ri tayanch nuqtalari. Ularning shartli belgisi — to‘g‘ri uchburchakdan iborat. Uning markazida nuqta tasvirlangan, nuqta geodeziya tayanchining haqiqiy o‘rniga to‘g‘ri keladi: uning geografik koordinatasi Yer yuzasidagi haqiqiy o‘rnini bildiradi (xaritada Kattatepa deb nomlangan). Shartli belgi yoniga yozilgan sonlar uning mutlaq balandligini bildiradi. Aholi manzilgohlari ular egallagan maydonlar qiyofasi bilan, aholi manzilgohlarining nomlari turli kattalikdagi harflar bilan beriladi va ularning katta yoki kichikligini ko‘rsatadi: masalan, shaharlar nomi yirik harflar va qishloqlar nomi kichikroq harflar bilan yoziladi. Aholi manzilgohlari nomi ostidagi raqamlar ulardagi xonadonlar sonini ifodalaydi.

Masshtabsiz shartli belgilar bilan sanoat va madaniy binolar, korxonalar, ba’zi zavodlar, elektrostansiya, konlar ko‘rsatiladi. 
Daryolar, soylar hamda ularning irmoqlari ko‘k rangda, chiziqli shartli belgilar bilan, ko‘llar, suv omborlari, hovuzlar havorang bilan tasvirlanadi. Ko‘k rangli raqamlar bilan daryo va ko‘llardagi suv sathining mutlaq balandligi, ko‘rsatkich chiziqlar va so‘zlar bilan daryooqimining yo‘nalishi, tezligi, kengligi, chuqurligi, kechuv joylari ko‘rsatiladi. Maxsus shartli belgilar bilan esa paromlar, ko‘priklar va kema to‘xtash joylari ko‘rsatiladi.

Yo‘llar turli xil qalinlikdagi va rangdagi chiziqlar bilan tasvirlanadi (temiryo‘llar, avtomobil yo‘llari, toshyo‘llar va h. k.). Shartli belgining shakli va rangi yo‘lning turini tasvirlaydi, maxsus belgilar bilan yo‘lning kengligi, temiryo‘lning raqami va yo‘lning nima bilan qoplanganligi ko‘rsatiladi.

O‘simlik qoplami turli xil qalinlikdagi zangori-yashil ranglar bilan beriladi. Alohida belgilar bilan o‘tloqlar, bog‘lar, botqoqlar va hokazolar tasvirlanadi.

Relyef topografik xaritalarda gorizontallar bilan ko‘rsatiladi. Yonbag‘ir qancha ko‘p gorizontallar bilan tasvirlansa, u shu qadar baland bo‘ladi. Gorizontallar bir-biriga qancha yaqin bo‘lsa, yonbag‘ir shuncha tik bo‘ladi. Binobarin, gorizontallarga qarab, bir xil nuqtalarning boshqalardan baland yoki pastligini, qo‘shni gorizontallar orasidagi masofaga qarab esa yonbag‘irlarning qanchalik tikligini bilib olish mumkin.

TOPOGRAFIK XARITALARDAN FOYDALANISH

Тopografik xaritalar bilan ishlash. Тopografik xaritalarda berilgan joyning koordinatalarini aniqlash juda oson. Xaritaning pastki va yuqorigi ramkalari yoniga geografik uzunlik (y) ham darajalarda, ham kilometrlarda yozib qo‘yiladi. Yon ramkalari yoniga esa geografik kenglik (x) xuddi shunday yozib qo‘yiladi. Aniqlanishi lozim bo‘lgan nuqta kataklar ichida bo‘lsa, u millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich yordamida aniqlanib, ramka yonida yozilgan raqamlarga qo‘shiladi.

Rasmda ko‘rsatilgan xaritadagi M  nuqtaning geografik koordinatasini kilometrlarda aniqlash kerak bo‘lsin. Buning uchun masshtab yordamida katakning janubiy va g‘arbiy yonlaridan M nuqtagacha bo‘lgan masofa necha metr ekanligi topiladi. Hosil bo‘lgan raqam tegishli kilometrli chiziqlarning ramka chekkasida ko‘rsatilgan raqamlarga qo‘shiladi. Bunda M nuqtaning koordinatalari x = 65750,  y = 13500 qiymatga ega bo‘ladi. Bu M nuqtaning 65— 13-katakda joylashganini va katakning 65- raqamli gorizontal yonidan 750 m masofada, 13- raqamli vertikal yonidan 500 m masofada ekanini bildiradi.

Тopografik xaritalarda yonbag‘irlarning qiyaligi xaritaning pastki ramkasi ostida berilgan balandliklar shkalasi yordamida aniqlanadi (rasm). Shu shkala tagida yozib qo‘yilgan raqamlar yonbag‘irlarning necha daraja qiya ekanini bildiradi. Vertikal chiziqlar bo‘ylab qo‘shni gorizontallar orasidagi masofa xarita masshtabiga muvofiq yozib qo‘yilgan.

Yonbag‘irning qiyaligi necha daraja ekanligi xaritadagi ikki qo‘shni gorizontal oralig‘ini sirkul bilan o‘lchab, so‘ngra balandliklar shkalasiga qo‘yish bilan aniqlanadi.

Xaritaga qarab azimutlarni aniqlash. Atrofi ochiq joydagi narsalar (predmetlar) ko‘rinib turadigan yerlarda topografik xaritaga qarab tomonlarni aniqlash mumkin. Lekin o‘rmonlarda, deyarli bir xil manzarali dasht, cho‘llarda ufq tomonlarini aniqlash, binobarin, bosib o‘tilgan yo‘llarni, borish kerak bo‘lgan yo‘nalishlarni xaritaga aniq tushirish qiyin bo‘ladi. Bunday hollarda xarita bilan birga kompasdan foydalaniladi. Kompas strelkasi magnit meridiani holatini ko‘rsatadi. Xaritada esa yo‘nalishlar geografik (haqiqiy) meridianga nisbatan belgilanishi kerak.
Xaritada berilgan nuqta azimutini aniqlash va uni belgilash kerak deylik. Azimut shimolga yo‘nalish chizig‘i bilan berilgan nuqtaga yo‘nalish chizig‘i orasidagi burchak ekanini siz yaxshi bilasiz. Lekin azimutni aniqlash uchun haqiqiy meridian bilan magnit meridiani orasidagi burchakni, ya’ni magnit og‘ish burchagini aniq bilish kerak. Magnit og‘ish burchagi topografik xaritalar pastki ramkasi ostida chap tomonga yozilgan bo‘ladi. Magnit og‘ish burchagi g‘arbiy og‘ish burchagi  yoki sharqiy og‘ish burchagi bo‘lishi mumkin. Agar sharqiy og‘ish burchagi bo‘lsa, uning qiymati magnit meridianiga qo‘shilsa, haqiqiy meridian o‘rni aniqlanadi. Haqiqiy meridian bilan berilgan nuqta yo‘nalishi chizig‘i orasidagi burchak berilgan yo‘nalishning azimuti bo‘ladi.

Endi matnda berilgan topografik xaritada A—B yo‘nalishning haqiqiy azimutini aniqlaymiz. Buning uchun: 1) xarita varag‘ining shimoliy va janubiy ramkalaridagi minutlarni ko‘rsa- tadigan raqamlardan foydalanib, A nuqta orqali haqiqiy meridian o‘tkazamiz; 2) A nuqtadan B nuqtaga yo‘nalish chizamiz; 3) A nuqta shimoliy yo‘nalishi bilan B nuqtaga yo‘nalish orasidagi burchakni soat strelkasi yo‘nalishi bo‘ylab transportyor bilan aniqlaymiz. Bu haqiqiy azimut. Bizning misolda 59° ga teng.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.