Amerika Qo`shma shtatlari
Maydoni –9519,4 ming km2. Aholisi (2018-y.) 328 mln. Poytaxti – Vashington.
Amerika Qo‘shma Shtatlari jahon mamlakatlari orasida maydoni jihatidan 4-, aholisi soni bo‘yicha esa 3-o‘rinda turadi. Shuningdek, AQSH iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ilmiy-texnologik qudrati bo‘yicha zamonaviy jahonning yetakchi davlatlaridan biridir. AQSH hududi 3 qismdan iborat: Shimoliy Amerika materigining o‘rta qismidagi kontinental shtatlar, Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbida joylashgan Alyaska hamda Tinch okeandagi Gavayi orollari.
Amerika Qo‘shma Shtatlari jahon mamlakatlari orasida maydoni jihatidan 4-, aholisi soni bo‘yicha esa 3-o‘rinda turadi. Shuningdek, AQSH iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ilmiy-texnologik qudrati bo‘yicha zamonaviy jahonning yetakchi davlatlaridan biridir. AQSH hududi 3 qismdan iborat: Shimoliy Amerika materigining o‘rta qismidagi kontinental shtatlar, Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbida joylashgan Alyaska hamda Tinch okeandagi Gavayi orollari.
AQSH 3 ta – Atlantika, Tinch va Shimoliy Muz okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. U quruqlikda faqat Kanada va Meksika bilan chegaradosh. AQSH va Kanadaning chegarasi jahon bo‘yicha ikkita davlat o‘rtasidagi eng uzun chegara hisoblanadi. Bering bo‘g‘izi orqali AQSH Rossiya bilan chegaradosh.
AQSH – prezidentlik respublikasi: prezident davlat va hukumat rahbari hisoblanadi. Siyosiy-hududiy tuzilishi nuqtayi nazaridan, AQSH 50 ta shtat va Kolumbiya federal poytaxt okrugidan iborat federatsiyadir. 48 ta shtat hamda Kolumbiya okrugi (Vashington shahri) kontinental shtatlar hududida joylashgan, 49-shtat Alyaska, 50-shtat esa Gavayi hisoblanadi.
Tabiiy sharoiti va resurslari. AQSH hududi yirikligi uchun tabiiy sharoiti juda xilma-xil. Kontinental shtatlarning sharqiy va markaziy qismlari, asosan, tekisliklardan iborat, g‘arbiy qismidan esa Kordilyera tog‘larining bir nechta tarmoqlari o‘tgan. Alyaska va Gavayi shtatlarining relyefi ham, asosan, tog‘li. Alyaska hududida Shimoliy Amerika materigining eng baland nuqtasi – balandligi 6194 metr bo‘lgan Denali (oldingi nomi – Mak-Kinli) cho‘qqisi joylashgan.
Materikning eng past nuqtasi – Ajal vodiysi (-86 m) ham AQSHda, Kaliforniya shtatida joylashgan. AQSH ko‘mir, neft, tabiiy gaz, temir, turli rangli metallar rudalari, mineral tuzlarning yirik zaxiralariga ega. Ayniqsa, mamlakatning g‘arbiy tog‘li hududlari mineral resurslariga boy. Ammo AQSHda sanoat ishlab chiqarishining hajmi yirikligi tufayli mamlakat mineral xomashyoning ko‘p turlarini import qiladi.
Kontinental shtatlarning hududi, asosan, mo‘tadil va subtropik, Alyaskaning katta qismi subarktika va arktika, Florida yarimoroli hamda Gavayi orollari esa tropik iqlim mintaqasida joylashgan. Meksika ko‘rfaziga tutash hududlarda tropikdovullar (tornado) ko‘psodir bo‘ladi. AQSH suv va gidroenergetika resurslariga boy. Mamlakatning eng yirik daryolari – Missisipi, Missuri, Rio-Grande, Kolorado, Kolumbiya.
Aholisi. AQSHning tub aholisi amerikalik hindular hisoblanadi. Lekin hozirgi davrda hindular mamlakat aholisining juda kam qismini tashkil etadi. Amerikaliklar tarkibida Yevropa mamlakatlaridan turli davrlarda ko‘chib kelganlarning avlodlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shu bilan birga, AQSH aholisi tarkibida Lotin Amerikasi mamlakatlari (ayniqsa, Meksika)dan ko‘chib kelganlar, qora tanlilar, mulatlar va boshqa irqiy guruhlarning ulushi ancha yuqori hamda borgansari oshib bormoqda.
AQSHda 1790-yildan boshlab har 10 yilda muntazam ravishda aholi ro‘yxatlari amalga oshiriladi. 1790-yildan 2010-yilgacha AQSH aholisi soni deyarli 80 barobarga oshgan va uning o‘sishi hozirgacha davom etmoqda. Hozirgi bosqichda AQSH aholisining tabiiy kopayishi yillik hisobda 0,3–0,4% ni tashkil etib, jahon bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan (1,2%) ancha past, ammo rivojlangan davlatlarning o‘rtacha ko‘rsatkichiga (0,0%) nisbatan birmuncha yuqori bo‘lmoqda.
Migratsion o‘sish esa yillik hisobda 1-1,5 %ga teng. AQSHda shahar aholisining ulushi 80% dan yuqori. Eng yirik shaharlari - Nyu-York, Los-Anjeles, Chikago, Xyuston, Filadelfiya. AQSH hududida 3 ta megalopolis shakllangan: shimoli-sharqdagi «Boston–Vashington» (Bosvash), Buyuk ko‘llar bo‘yidagi «Chikago-itsburg» (Chipits) va Tinch okean bo‘yidagi «San-Fransisko–San-Diyego» (Sansan).
AQSHning rasmiy tili – ingliz tili. Shuningdek, aholisining 50 mln. kishiga yaqini kundalik hayotda ispan tilida so‘zlashadi. Ispanzabon amerikaliklarning ulushi Meksika chegarasiga yaqin joylashgan Nyu-Meksiko, Kaliforniya, Texas, Arizona, Nevada shtatlarida ayniqsa, yuqori (20-45 %). AQSHda aholizichligi o‘rta hisobda 1 km2 ga 35 kishi, lekin uning turli qismlarida ancha farq qiladi. Bunga, asosan, tabiiy sharoit kuchli ta’sir etadi. Shimoli-sharqiy, janubi-sharqiy va g‘arbiy okeanbo‘yi shtatlarida aholi zichligi eng yuqori darajada bo‘lsa, tog‘li shtatlarva ayniqsa, Alyaskada aholi ancha siyrak joylashgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlari
AQSH YIM hajmi bo‘yicha jahonda Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi va jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. AQSHning yuzlab transmilliy korporatsiyalarining ko‘plab xorijiy davlatlarda keng tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mamlakatning iqtisodiy qudratini va jahon xo‘jaligidagi o‘rnini yanada yuksaltiradi. Shuningdek, AQSH moliyaviy tizimining ulkan salohiyati hamda AQSH dollarining asosiy xalqaro valyuta funksiyasini bajarayotgani mamakatning jahon iqtisodiyotiga kuchlita’sir qilishini ta’minlaydi.
Sanoati. Yalpi sanoat mahsulotining hajmi bo‘yicha AQSH jahonda Xitoydan so‘nggi 2-o‘rinda turadi. AQSHda sanoatning barcha tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, aerokosmik sanoat, avtomobilsozlik, elekrotexnika, elektronika, tibbiyot asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, atom mashinasozligi, harbiy-sanoat majmuasi, neft-kimyo sanoati kabi zamonaviy texnologiyalarga tayanib rivojlanayotgan sanoat tarmoqlarida AQSHning jahon miqyosida yetakchiligiyaqqol ko‘zga tashlanadi.
Oxirgi yillarda AQSH jahonda tabiiy gazni qazib olishda 1- (yiliga 800 mlrd m3 dan ziyod), ko‘mirni qazib olish bo‘yicha 2- (yiliga 800 mln. tonnadan ortiq), neftni qazib olish bo‘yicha 2-3- (yiliga 500 mln.tonnadan ko‘p) o‘rinlarni egallamoqda. Neft-gaz sanoatining eng yirik rayonlari Texas, Kaliforniya va Alyaska shtatlarida shakllangan. Ko‘mir eng ko‘p miqdorda mamlakat janubi-sharqida joylashgan Appalachi ko‘mir havzasidan qazib olinadi.
Mashinasozlik sanoati ko‘p tarmoqli bo‘lib, har xil shtatlarda turlicha ixtisoslashgan. Tinch okeanbo‘yi shtatlari (Kaliforniya, Vashington) aerokosmik sanoat va elektronika, Buyuk ko‘llarga tutash shtatlar (Michigan, Illinoys) avtomobilsozlik, shimoli-sharqiy Atlantikabo‘yi shtatlari esa kemasozlikning rivojlanganligi bilan alohida ajralib turadi.
AQSHda bir nechta yirik sanoat mintaqasi shakllangan. Bunday hududlardan eng qudratlisi Atlantika okeani va Buyuk ko‘llarga tutash shtatlarni qamrab olgan Shimoliy sanoat mintaqasi hisoblanadi. Unga mamlakat sanoat ishlab chiqarishining deyarli yarmi to‘g‘ri keladi. Boshqa yirik sanoat mintaqalari qatoriga Appalachi tog‘lari bo‘ylab joylashgan Janubi-sharqiy, asosan, neft va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan Meksika qo‘ltig‘i hamda mamlakat janubi-g‘arbidagi Kaliforniya sanoat mintaqalari kiradi.
Qishloq xo‘jaligi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari – bug‘doy, makkajo‘xori, soya, paxta, shakarqamish, qandlavlagi, turli sabzavot va mevalar.
Makkajo‘xori, soya, tamaki va paxta eksporti bo‘yicha AQSH jahonda 1-o‘rinda turadi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari – qoramolchilik, parrandachilik va cho‘chqachilik. Go‘sht va sut mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha AQSH jahondagi yetakchi davlatlardan biri. AQSHda turli tarmoqlarga ixtisoslashgan qishloq xo‘jalik mintaqalari vujudga kelgan.
Kordilyera tog‘lari etaklarini egallagan Buyuk tekisliklardagi bug‘doy mintaqasi, Markaziy tekisliklarning shimolidagi makkajo‘xori mintaqasi, Missisipi havzasining janubidagi paxta mintaqasi, Buyuk ko‘llarga tutash shtatlaridagi sut mintaqasi shular jumlasidandir.
Turizmi. AQSH tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlarning soni bo‘yicha jahonda yetakchilik qilmasa ham, turizm hisobiga eng katta daromad oluvchi davlat hisoblanadi. AQSHga ko‘proq Kanada va Yevropadan sayyohlar keladi. Florida, Kaliforniya va Gavayi shtatlarida dengizbo‘yi turizmi keng rivojlangan. Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles va boshqa sha-harlarga har yili o‘nlab million sayyohlartashrif buyuradilar. Mamlakatda turizm rivojlanishi uchun juda boy tabiiy resurslar ham mavjud.
Iqtisodiy rayonlari.
AQSHda tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sabablarga ko‘ra turli iqtisodiy qudrat va ixtisoslashuvga ega bo‘lgan quyidagi 4 ta yirik iqtisodiy rayon (makrorayon) ajratiladi: Atlantika okeani bo‘yida joylashgan maydoni kichik, ammo aholi soni va zichligi katta bo‘lgan, yuqori darajada sanoatlashgan, eng yirik moliyaviy markazlarga ega bo‘lgan shtatlarni qamrab olgan Shimoli-sharq; Buyuk ko‘llardan janub va g‘arbda joylashgan, ko‘p tarmoqli sanoat, donchilik va sut chorvachiligiga ixtisoslashgan O‘rta G‘arb; paxtachilik, tamakichilik, bog‘dorchilik, neft-kimyo va to‘qimachilik sanoati, dengizbo‘yi turizmi rivojlanishi bilan ajralib turadigan, qora tanli aholining salmog‘i nisbatan yuqori bo‘lgan Janub; ko‘proq tog‘li relyef va qurg‘oqchil iqlimga ega, rangli metallurgiya, aerokosmik, elektronika sanoati, bog‘dorchilik va yaylov chorvachiligiga ixtisoslashgan, ispanzabon aholining nisbatan yuqori salmog‘i bilan ajralib turuvchi G‘arb.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.