Momaqaldiroqdan so’ng paydo bo’ladigan chaqmoq inson hayoti uchun jiddiy xavf
Bangladeshda
yashin urishidan kamida 35 kishi, jumladan ayollar va bolalar halok
bo’ldi. Birgina Pabna shahrida 8 kishining vafot etgani ma’lum qilindi.
Sirajgandj va Rajshaxi okruglarida 10 kishi,
Kishorgandj va Braxmanbarxiya okruglarida 8 kishi halok bo’ldi. Poytaxt
Dakkada yomg`ir yog`ayotgan bo’lishiga qaramay futbol o’ynayotgan ikki nafar talaba vafot
etdi. Yana yetti kishining o’limi mamlakatning boshqa
xududlarida qayd qilindi. Tabiiy ofat qurbonlarining katta qismini ochiq dalada
ishlayotgan fermerlar tashkil qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, Bangladeshning bir qator mintaqalarida bir
haftadan beri jazirama kuzatilganidan keyin yog`ingarchilik
yuz berdi.
Tabiat hodisalaridan hisoblanmish momaqaldiroqdan so’ng
paydo bo’ladigan chaqmoq inson hayoti uchun jiddiy xavf ekani tan olinadi. Ma’lumki, chaqmoqdan so’ng
tushadigan yashin ochiq havoda bo’lgan inson va hayvonlarga katta tahdid soladi.
Ko’p hollarda yashin daraxt va temiryo’llarga o’rnatilgan
transformator qurilmalari ustiga tushadi va yong`in keltirib chiqaradi.
Baland daraxtlar yashinlarning asosiy nishonidir. Shu sababli yog`ingarchilik
va momaqaldiroq vaqtida daraxtlar, ayniqsa sayhonlikda turgan yolg`iz daraxtlar tagidan panoh topish havflidir.
Shu bilan birga daraxtlar binolarni yashin urushidan saqlovchi
tabiiy moslama ekani tan olinadi. Binolar yaqiniga o’tqazilgan
yashil daraxtlar yashinni qaytaradi. Shuni ta’kidlash kerakki, yashin urgan
daraxtlardan yaxshi musiqa asboblari yasalishi ham sir emas.
Yashinning binolar ichiga kirishi aslo mumkin
emas. Biroq yashin shari ochiq derazalar orqali uy ichiga xam kirishi mumkin, degan qarashlar
mavjud. Yashin televizor va radio antennalari, telefon simlari uchun ham
xavflidir. Shu sababli momaqaldiroq vaqtida uy telefonidan foydalanmaslik
tavsiya qilinadi. Suv quvurlariga ham yaqinlashmaslik lozimligi aytiladi. Mutaxassislar momaqaldiroq vaqtida barcha
elektr jihozlari o’chirilishi kerak deya maslahat berishadi.
Samolyotlarga keladigan bo’lsak, havo
kemalari momaqaldiroqlar faolligi kuzatiladigan mintaqalardan parvoz qilmaslikka harakat qilinadi.
To’g`ri, yo’lovchilar ziyon ko’rmaydi, biroq samolyotlarning tashqi qismiga
ziyon yetishi, radioaloqa, navigatsiya qurilmalari va elektronikasini
ishdan chiqarishi mumkin. 2010-yilning 14-avgustida Kolumbiya aviakompaniyasigna
tegishli samolyotni qo’nish vaqtida yashin uradi. O’shanda 114 kishi jarohat olib, bir kishi halok
bo’lgan edi.
2011-yil 12-may kuni Londondagi Xitrou
aeroportida «Emirates» aviakompaniyasiga tegishli Airbus A380 ni yashin urdi. Ҳech kim ziyon ko’rmadi. 2015-yilning 7-aprelida
Islandiya poytaxti Reykyavikdan AQShning Denver shahriga parvoz qilayotgan
Icelandair aviakompaniyasiga tegishli samolyotni yashin urdi. Statistika
ma’lumotlariga ko’ra, har yili momaqaldiroq vaqtida har bir samolyot bir necha bor yashin bilan to’qnashadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, zamonavviy Boeing,
Airbus rusumli va xarbiy samolyotlar elektr razryadlaridan himoya qilingan. Bu
rusumdagi samolyotlar ob-xavo qanday bo’lishidan qatiy nazar parvoz qilish
imkoniyatlariga ega.
AQShning Virjiniya shtatida istiqomat qiluvchi Roy
Sallivanni 7 marta yashin urgan. Shu sababli ham u Ginnessning rekordlar
kitobiga kiritilgan. Uni ilk bor 1942-yilning iyun oyida yashin urgan
edi. Shundan keyin 1969-yilda, 1970-yilda, 1972-yilda, 1973-yilda, 1976-yilda
va nihoyat 1977-yilning 25-iyunida yashin urdi. Barchasida
yengil jaroxat oldi. So’nggisi esa ancha xavfli bo’ldi. Sallivan kasalxonga yotqizildi. Eng
qizig`i, u o’z ajali bilan bu dunyodan ketar ekan, dafn marosimida kuchli momaqaldiroq kuzatildi.
Yashin tushishi oqibatida qabr toshi ikkiga bo’linib ketdi. Vidolashishga
kelganlar hazil aralash "nazorat yashin urishi bo’ldi” deyishdi.
Amerkalik va angliyalik olimlar bir-birlaridan
bexabar holda yashin urishi bilan bog`liq xolatlarni o’rganishdi. Yashin asosan erkaklar ustiga
tushishini aniqlashdi. Ingliz olimlarining fikricha, yashin
urganlarning 85 foizini erkaklar tashkil qiladi. Amerikaliklar esa bu raqam 87 foiz
deb aytishadi. Buning siri nimadaligi xamon aniqlanmagan.
Mutaxassislarning fikricha, har yili jahonda yashin
urishidan, ayrim ma’lumotlarga ko’ra 6 ming, boshqa ma’lumotlarga ko’ra 24
ming kishi vafot etib, 240 mingga yaqin kishi jarohat oladi. Yer yuzida har soniyada 2 mingga yaqin momaqaldiroq bo’lib, 50
maratoba yashin urish hodisasi ro’y beradi. Yer sharining har bir
kvadrat metriga bir yilda olti marta yashin tushar
ekan. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, 600 mingdan bir
xolatdagina yashin odamlar ustiga tushadi. Biroq yil sayin bu raqam ortib
bormoqda ekan. Jabrdiydalarni xuddi
tok urgandek bo’ladi. Ular hushini yo’qotib, qulab
tushadi. Shaytonlash alomatlari kuzatiladi. Yurak urushi to’xtab qoladi.
Sharofidin TO`LAGANOV
"O`zbekiston" teleradiokanali DUK "Axborot" informatsion eshittirishlar
muharririyati "Xalqaro hayot" guruhi bo`lim mudiri
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.