Shimoliy Amerika iqlimi va ichki suvlari
Iqlimi. Materikning shimoldan janubga uzoq masofaga cho‘zilganligi iqlimning xilma-xil bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Iqlimning shakllanishida Tinch, Atlantika va Shimoliy Muz okeanlari tomondan esadigan shamollar, shuningdek, Kordilyera tog‘lari va tekisliklarning mavjudligi katta ta’sir etadi.
Materikda 6
ta iqlim mintaqalari tarkib topgan. Shimolda arktika iqlim mintaqasi katta maydonlarni egallaydi.
Deyarli yil davomida havo harorati manfiy bo‘ladi. Ayrim kunlari yozda harorat
+5°C gacha ko‘tariladi, xolos. G‘arbida 50-100 mm, sharqida esa 300-400 mm
gacha yog‘in yog‘adi.
Subarktika
iqlim mintaqasi hududi yozda mo‘tadil, qishda arktika havo massalari ta’sirida
bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati –25°C dan –30°C gacha, iyulda +5°C dan
+7°C gacha kuzatiladi. Namgarchilik sharqdan g‘arbga kamayib (300-600 mm)
boradi.
Mo‘tadil
iqlim mintaqasi katta maydonlarni egallaganligi uchun iqlimiy sharoiti
turlicha, yog‘in miqdori sharqdan g‘arb tomonga kamayib boradi (1500-1000
mm). Bu mintaqaga ko‘proq dengiz iqlimi xos. Arktika sovuq havo massalarining
ta’siri ham kuchli.
Subtropik
iqlim mintaqasi 40° sh.k.dan Meksika qo‘ltig‘i oralig‘idagi hududlarni
egallaydi. Issiq, sernam yoz va iliq, sernam qish bu mintaqaning asosiy
xususiyatidir. Tinch okean qirg‘oqlari O‘rta dengiz subtropik iqlim tiрiga xos
bo‘lib, sovuq Kaliforniya oqimi ta’sir etadi. Qishi iliq (+6°C dan +8°C
gacha), nam keladi, yozi esa quruq va iliq bo‘ladi.
Tropik
iqlim mintaqasi yil davomida issiq bo‘lib, Atlantika okeani havo massalarining
hukmronligi sezilib turadi. Yozda namgarchilik ko‘p bo‘ladi. Faqat mintaqaning
g‘arbida quruq, tumanli kunlarni kuzatish mumkin.
Subekvatorial
iqlim mintaqasi materikning eng janubiy tor qismida uchraydi. Bu yerda o‘rtacha
yillik harorat yuqori (+25 °C) va namgarchilik ko‘p (1500-2000 mm).
Ichki
suvlari.
Yerusti suvlari uchta okean havzalariga va qisman berk havzaga
bo‘linadi. Asosiy daryo va ko‘llari Atlantika, Shimoliy Muz okeani va Tinch
okean havzasiga tegishli.
Materikning eng yirik daryosi Missisiрi (hindular tilida „katta daryo")dir. Missisiрi daryosining o‘rta qismida o‘zidan uzun bo‘lgan Missuri („loyqa daryo") irmog‘i kelib quyiladi.
Missisiрi deltasi har yili Meksika qo‘ltig‘i tomon 100 m o‘sib boradi. Daryo qor-yomg‘ir suvidan to‘yinadi. Avliyo Lavrentiy daryosi quyi oqimida uzun va keng estuariy (lot. daryoning suv bosgan quyi qismi) hosil qiladi. Rio-Grande daryosi
Kordilyera tog‘laridan boshlanib, Meksika qo‘ltig‘iga quyiladi.
Materik
ko‘llari, asosan, qadimgi muz hosil qilgan chuqurliklarda paydo bo‘lgan. Beshta
ko‘l, ya’ni Yuqori, Guron, Michigan, Eri, Ontario ko‘llari Buyuk ko‘llar deb ataladi. Ular kattaligiga ko‘ra, shu tartibda bir-biriga kaskad bo‘lib tutashgan. Faqat Eri va Ontario ko‘llari oralig‘ida millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan mashhur Niagara sharsharasi (balandligi 48 m) bor. Unga GES qurilgan.
Shimoliy
Muz okeaniga quyiladigan daryolardan eng yirigi Makkenzi daryosidir.
Havzada eng
yirik Katta Ayiq va Vinniрeg ko‘llari joylashgan. Tinch okean havzasidagi
daryolarga Yukon, Kolorado, Freyzer, Kolumbiya kabi qisqa va sersuv, vodiylari
tor va chuqur, suv oqimi shovqinli daryolar xos. Kolorado daryosining Katta
Kanyon darasi dunyoga mashhurdir.
Shimoliy
Amerikaning berk havzasiga Katta Havza tog‘ligi tegishli bo‘lib, unda Katta
Sho‘r ko‘l bor. Uning maydoni iqlimiga bog‘liq holda yildan yilga o‘zgarib
turadi.
Grenlandiya,
Kanada-Arktika arxiрelagi, Kordilyera tog‘laridagi muzlar egallagan maydon 2,2
mln kv km dan oshadi. Alyaskadagi Xabbort tog‘-vodiy muzligining uzunligi 145
km ga boradi. Bu Yer sharidagi eng uzun muzlikdir.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.