Janubiy Afrika Respublikasi
Qo`shimcha ma`lumot
Rasmiy
nomi - Janubiy
Afrika Respublikasi. Poytaxti - Pretoriya. Hududi - 1223410 km.kv.
Davlat tili - ingliz, afrikaans, kosa, zulu
va sesoto. Dini - xristianlik. Pul birligi - Janubiy Afrika
randi.
Geografik joylashuvi va
tabiati. Afrikaning janubidagi davlat. Shimolda Botsvana (chegara uzunligi 1840 km), Namibiya (855 km), Mozambik (491 km), Svazilend (130 km) va Zimbabve bilan chegaradosh. Mamlakat sharqida Lesoto qirolligi (909 km) joylashgan. G‘arbda Atlantika okeani, janub va sharqda Hind okeani bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi - 4750 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 2798 km. Mamlakat yassitog‘likda joylashgan. Sharqida mamlakatning eng baland nuqtasi - Katkin cho‘qqisi (3660 m) joylashgan Ajdar tog'lari yotadi. Janubda Кар tog‘lari joylashgan. G'arbda Namib sahrosi, shimoli g'arbda Kalaxari sahrosining janubiy qismi joylashgan. Asosiy daryolari: Oranj va Limpopo. Qazilma boyliklari: oltin, uran, olmos, platina, xrom, ko‘mir, temir rudasi, tabiiy gaz, marganes, nikel, qalay, fosfatlar. Haydaladigan yerlar hududning 10% ini, yaylov va o‘tloqlar 65% ini egallaydi.
Iqlimi - tropik. Palma,
baobab, aloy, temir daraxti, qizil daraxt, кар samshiti, xushbo‘y daraxt o‘sadi. Arslon, qoplon,
jirafa, begemot, endemik turdagi qushlar, oq karkidon, muqaddas hayvon
zuluxamemon, pitonlar hayvonot olamini tashkil etadi.
Davlat
tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi - respublika.
Mamlakat 9 ta provinsiyaga bo`lingan. JAR mustaqillikka 1910-yilning 31-mayida
erishgan (avval Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lgan). 31-may - Milliy bayram
(Respublika e’lon qilingan kun). Davlat va hukumat boshlig‘i - prezident. Qonun
chiqaruvchi oliy organ - parlament. Parlament oqlar uchun yig'ilish
palatasidan, ranglilar uchun Vakillar palatasidan, hindlar uchun Delegatlar
palatasidan iborat. Yirik siyosiy partiyalari: Millatchilik partiyasi, Afrika
milliy kongressi, Demokratik partiya, Konservativ partiya.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. JAR
Afrika qit’asidagi iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan davlatlardan biridir.
Iqtisodning asosi — tog‘-kon sanoati (platina, oltin, xrom ishlab chiqarish
bo'yicha dunyoda yetakchi). Mashinasozlik, metallurgiya, to'qimachilik,
oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Umumiy sanoat ishlab chiqarishi YIMning
40% ini tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligida (YIMning 5% i) chorvachilik
rivojlangan. Makkajo‘xori, bug‘doy, shakarqamish yetishtiriladi. Mamlakat
oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘zi qoplaydi. Asosiy savdo
sheriklari: Buyuk Britaniya, Italiya, Yaponiya, AQSH, Germaniya.
Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 20638 km, avtomobil
yo‘llari - 188309 km
(54013 km
ga tosh yotqizilgan). Asosiy portlari: Durban,
Keyptaun, Port-Elizabet.
Tarixi. Hozirgi JAR hududiga dastlab bushmenlar, keyinchalik gottentotlar o'rnashgan.
1488-yilda portugal
dengizchisi Dias Yaxshi Umid burnini kashf etadi. 1652-yilda gollandlar Janubiy Afrika sohillarida o‘z mustamlakalariga
asos solishadi. Bular 1834-1839-yillarda Transvaal
hamda Oranj respublikalariga asos solishadi. Inglizlarning Transvaalga
1877-yilda hujum qilishi birinchi ingliz - bur urushini keltirib chiqaradi va
bu urushda Buyuk Britaniya magiubiyatga uchraydi. Lekin ikkinchi ingliz - bur
urushidan so'ng, 1902-yilda inglizlar burlar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatadi.
1910-yilda Кар, Natal, Transvaal
va Oranjdan iborat federatsiya tuziladi va Britaniya dominioni deb e’lon
qilinadi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Janubiy Afrika Ittifoqi (1961-yildan
JAR)ning hukumati aparteid siyosatini e’lon qiladi. Mamlakatning afrikalik
aholisining noroziliklari, jahon hamjamiyatining mamlakat hukumatini iqtisodiy
sanksiyalar bilan siquvga olishi 1989-yilda aparteid siyosatining tugatilishiga
olib keldi. 1992-yilda dastlabki demokratik saylovlarda Nelson Mandela g‘olib
chiqadi. 1994-yili hokimiyat bo‘linishi hamda aparteiddan voz kechish
tamoyillariga asoslangan muvaqqat konstitutsiya qabul qilindi (1996-yilda
yangi konstitutsiya qabul qilingan). XXI asr boshlaridan mamlakatda
qashshoqlikka barham berish va iqtisodni liberallashtirish masalalariga alohida
e’tibor berilmoqda.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.