Идет загрузка...
Идет загрузка...

Moldova 

4 003

  Rasmiy nomi — Moldova Respublikasi. Poytaxti — Kishinyov. Hududi — 33,8 ming km.kv. Aholisi — 4,4 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili — moldovan. Dini — pravoslav. Pul birligi — ley.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Sharqiy Yevropa tekisligining janubi g‘arbida joylashgan davlat. Janubda, sharqda va shimolda Ukraina (chegara uzunli­gi — 939 km), g’arbda Ruminiya bilan (450 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi — 1389 km. Mamlakat hududini tepalikli tekisliklar, daryo vodiylari va jarliklar egallaydi. Eng baland qismi (429 m) mamlakat markazida joylashgan Kodri tepalaridir. Asosiy daryolari — Dnestr, Prut. Asosiy foydali qazil- malari — fosforitlar, soz tuproq, ohaktosh. Mamlakat hududining yarmi haydaladigan yerlar hisoblanadi.
  Iqlimi — yumshoq, mo‘tadil, kontinental. Hududining 10% qismi o‘rmonlar bilan qoplangan. Mamlakat faunasi 400 turdan oshiq umurtqali, 4500 turdan oshiq umurtqasiz hayvonlardan iborat.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. 1990-yili Moldova Respublikasi tarkibidagi ikki rayon — Gagauz Respublikasi va Pridnestrovye o‘zlarini mustaqil davlat deb e’lon qilish- di, biroq ular jahon jamoatchiligi tomonidan tan olinmadi. Moldova mustaqilligi 1991-yil 27-avgustda e’lon qilingan (oldingi nomi — Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi). Mustaqillik kuni milliy bayram sifatida nishonlanadi. Ijroiya hokimiyat prezidentga (davlat boshlig‘i) va premyer-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kabinetiga tegishli. Oliy qonun chiqaruvchi organ — bir palatali parlament (Oliy Kengash).
 Yirik siyosiy partiyalari: Agrar-demokratik partiyasi, Xristian-demokratik xalq fronti, Demokratik partiya.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoatning peshqadam tarmog‘i — oziq-ovqat ishlab chiqarish, shuningdek, og‘ir va yengil sanoat ham rivoj­langan. Ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi YIMning 40% (vino va tamaki eng muhim eksport mahsulotlari hisoblanadi)ini tashkil qiladi. 2012-yil YIM miqdori 11,1 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 2,9 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston, Ruminiya, Germaniya.
 Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 1150 km, avtomobil yo‘llari — 20000 km (13900 km — qattiq qoplamali yoilar).
 Tarixi. XII asrdan XIV asrgacha Moldova — skif, gott, gunn va slavyan davlatlarining tarkibida bo‘lib keldi. XIV asrga kelib voloxlar va sharqiy slavyanlar bilan aloqalar natijasida Moldova xalqi shakllandi, 1359-yili esa Bogdan I mustaqil Moldaviya knyazligini tuzdi. Bu knyazlik shu davrda ham madaniy, ham iqti- sodiy jihatdan yuksaldi. XV asrda Stefan Buyukning qahramonlarcha ko‘rsatgan qarshiligiga qaramasdan Moldova knyazligi turklar tomonidan bo‘ysundirildi va Usmoniylar imperiyasining bir qismiga aylandi. 1774- yili Moldova Avstriya hukmronligi ostiga, 1806-yili esa Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shildi. 1859-yili Moldava Valaxiya bilan birlashdi va Rumin knyazligini tashkil etdi. Bu knyazlikni moldavan knyazi Aleksandru Kuza idora qilgan. 1924-yil tuzilgan Moldova muxtor respublikasi va 1940-yil Ruminiyaning anneksiya qilingan Bessarabiya hududlarida 1940-yil 2-avgustda Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzildi. Moldaviya 1941-yili rumin va nemis qo‘shinlari tomonidan bosib olindi, ozod qilinganidan so‘ng 1944-yili Sovet Ittifoqi tarkibiga qaytdi. 1947-yilgi Parij shartnomasiga ko‘ra Ruminiya Moldaviya hududlariga bo`lgan da’vosidan tamomila voz kechdi. Moldaviya 1991-yil mustaqillikka erishdi, biroq mamlakatning sharqiy qismi, jahon jamoatchiligi tomonidan tan olinmagan Pridnestrovye Respublikasi mamlakatning yangi hukumatini tan olishdan bosh tortib kelmoqda.
  Moldova O‘zbekiston Respublikasi bilan 1994-yilda diplomatiya munosabatlari o‘rnatgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.