Идет загрузка...
Идет загрузка...

Estoniya 

3 079

  Rasmiy nomi — Estoniya Respublikasi. Poytaxti — Tallin. Hududi – 45,1 ming km.kv. Aholisi – 1,3 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili — eston. Dini — lyuteran, pravoslav. Pul birligi — eston kronasi.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Sharqiy Yevropaning shimoli g‘arbidagi davlat. Sharqda Rossiya (chegaraning uzunligi — 280 km), janubda Latviya (267 km) bilan chegaradosh. G‘arbda Estoniya Boltiq dengizi, shimolda Fin ko‘rfazi bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 557 km, sohil bo’ylab chegara uzunligi — 1393 km. Mamlakat hududining katta qismini tekisliklar tashkil etadi. Mamlakatning janubi sharqida qirliklar bor. Asosiy tabiiy resurslar: yonuvchi slaneslar, fosforitlar, torf, neft, kahrabo. Haydaladigan yerlar hududning 22% ini, o‘rmon va to’qaylar 35% ini tashkil etadi. Iqlimi dengiz iqlimidan kontinentalga o‘tuvchi. Estoniyaning shimolida va g’arbida keng bargli o‘rmonlar, janubi va janubi sharqi­da ignabargli o‘rmonlar o‘sadi. Los, kosulya, qobon, quyon, tulki, silovsin, bo‘rsiq, bo‘ri, ayiq, turli qushlar va baliqlar faunani tashkil etadi.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — Respublika. Mamlakat tarkibiga 15 uezd va markazga bo’ysunuvchi 6 shahar kiradi. 1991-yilning 20-avgustida Estoniya o‘z mustaqilligini e’lon qilgan (avval SSSR tarkibiga kirgan). Milliy bayram 24-fevral — Mustaqillik kuni (1918) hisoblanadi. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig‘i) va Bosh vazir boshliq hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Riygikogu (parlament). Yirik siyosiy partiyalari: Estoniya sotsial-demokratik partiyasi, Qish­loq partiyasi, Estoniya yer ittifoqi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Hozirgi kunda Estoniya iqtisodida bir qator islohotlar o‘tkazilmoqda. Sanoatining rivojlangan tarmoqlari: slanes qazib olish va qayta ishlash, yog‘ochni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati. Qishloq xo‘jaligi asosan go‘sht-sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. 2006-yil YIM miqdori 18563 mln dollami (aholi jon boshiga — 14010 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo sheriklari: Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Germaniya.
 Temiryo`llarining umumiy uzunligi — 1000 km, avtomobil yo`llari — 14800 km, ichki suv yo‘llari — 500 km. Asosiy port — Tallin.
 Tarixi. XIII asrda estonlar awal nemislar, keyinroq daniyaliklar tomonidan bo‘ysundiriladi. Daniyaliklar 12-13-yili Tallinga asos solishadi. 1346-yilda hozirgi Estoniya hududini Tevton ordeni Daniyadan sotib oladi. Ivan Grozniy hukmronligi davrida Rossiya Narva va Tartuni bosib oladi. Tevton ordeni parchalangandan so‘ng (1561) Estoniya Shvetsiya, Daniya va Rech Pospolita o‘rtasida bo`lib olinadi. XVII asrda Estoniya mamlakatga lyuteranlikni olib kelgan Shvetsiyaga qaram bo‘ladi. Shimoliy urush (1700-1721) davrida Estoniya Pyotr I tomonidan zabt etilib, Nishtadt shartnomasiga ko‘ra Rossiya tasarrufiga o‘tadi. 1917-yilning fevral inqilobidan so‘ng Estoniya mustaqillikka erishadi, lekin 1917-yilning noyabrida bolsheviklar mamlakatda sovet hokimiyatini o‘rnatadi. Nemislar Estoniyani 1918-yilda bosib oladi va Estoniya muvaqqat hukumati     24-fevralda e’lon qilinadi. Bu mustaqillik Germaniyaning kapitulyatsiyasidan so‘ng, 1920-yilda tan olinadi. 1934-yilda mamlakatda diktatura, 1940-yilda sovet qo‘shinlari bostirib kirishi oqibatida sovet hokimiyati o’rnatiladi. 1944-yilda nemis qo‘shinlaridan ozod qilingan Estoniya 1991-yilgacha SSSR tarkibiga kiradi. 1991-yilda Esto­niya o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Estoniya bilan O‘zbekiston munosabatlari 1994-yilda o‘rnatilgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.