Ukraina 

12 113

  Rasmiy nomi — Ukraina Respublikasi. Poytaxti — Kiyev.  Hududi — 603700 km.kv. Aholisi — 46 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — ukrain. Dini — pravoslav. Pul birligi — grivna.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Sharqiy Yevropadagi davlat. Shimolda va sharqda Rossiya (chegara uzunligi — 1576 km), shimolda Belarus (891 km), janubi g’arbda Moldova (939 km), g‘arbda Polsha (428 km), Vengriya (103 km) va Slovakiya (90 km) bilan chegaradosh. Janubda Ukraina Azov va Qora dengizlari bilan tutashgan. Mamlakat hududining asosiy qismini Sharqiy Yevropa tekisligi tashkil etadi. Shimolda Pomssk, markaziy qismida Dneprbo‘yi, janubda Qora dengizbo‘yi pasttekisliklari mavjud. Janubi g‘arbda balandligi 2061 m gacha bo‘lgan Uk­raina Karpati, janubda balandligi 1545 m gacha bo‘lgan Qrim tog‘lari joylashgan. Asosiy daryolari — Dnepr, Shimoliy Dones, Prut, Janubiy Bug, Dunay. Bir nechta yirik suv omborlari bor. Asosiy qazilma boyliklari: qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir, neft, tabiiy gaz, temir, marganes, simob, rux, qo‘rg‘oshin, titan, magniy, aluminiy, sirkoniy rudalari. Mamlakat hududining 56%ini h’aydaladigan yerlar, 12% ini o‘tloq va yaylovlar tashkil etadi.
   Iqlimi — kontinental. Ukrainada 4000 turga yaqin gul va paporotniksimon o’simliklar o‘sadi. Mamlakat hududining 15% ga yaqinini o‘rmonlar tashkil etadi. 0‘rmonlarda qarag‘ay, eman, qora qayin, archa, terak, jo‘ka, olxa, oq qayin, grab (qayinsimonlar), oq qarag‘ay, qayrag‘och o‘sadi. Ukrainada sutemizuvchilarning 100 ga yaqin, qushlaming 360, baliqlaming 200 ga yaqin turi uchraydi. 0‘rmonlarda los, kosulya, to‘ng‘iz, olmaxon, qunduz, silovsin, o‘rmon suvsari, Yevropa ohusi, ayiq, yowoyi mushuk, Qrim ohusi, tulki, bo‘rsiq, qizilishton, qorayaloq, qur, qarqur, ko‘k turna uchraydi. Katta qo‘shoyoq, ko‘rsichqon, yumron- qoziq, dasht burguti, bezgaldoq, to‘rg‘ay, dasht qora iloni, sariq ilon, kaltakesaklar dasht faunasini tashkil etadi. Daryo bo‘ylarida ondatra, daryo toshbaqasi, suv- ilon, qurbaqa, yovvoyi o‘rdak, qarqara uchraydi.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat tarkibiga 24 ta viloyat va Qrim avtonom respublikasi kiradi. Ukraina 1991-yil 24-avgustda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi (avval sobiq SSSR tarkibida). 24-avgust — milliy bayram (Mustaqillik kuni). Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig’i) va Vazirlar Mahkamasini boshqaradigan Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Rada. Yirik siyosiy partiyalari: Ukraina Xalq Ruhi, Ukraina respublika partiyasi, Ukraina demokratik partiyasi, Demokratik tiklanish partiyasi, Ukraina dehqon- demokratik partiyasi, Ukraina Xalq partiyasi.
   Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Ukraina rivojlangan sanoat tarmoqlariga ega. Sanoatning asosiy tarmoqlarini qora metallurgiya, rangli metallurgiya, mashinasozlik, energetik mashinasozlik va elekrotexnika sanoati, radioelektron sanoat, aviatsiya, traktorsozlik, kemasozlik, kimyo sanoatlari tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi asosan donli ekinlar, texnik ekinlar va chorvachilikka ixtisoslashgan. Bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, tariq, qandlavlagi, kungaboqar, kanop, kartoshka yetishtiriladi. Uzumchilik va bog’dorchilik rivojlangan. 2012-yil YIM miqdori 315,8 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 6,8 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo sheriklari: MDH va Boltiqbo‘yi respublikalari, Germaniya, Polsha, Chexiya, Xitoy, Italiya, Shveysariya.
   Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 22800 km, avtomobil yo’llari — 273700 km, ichki suv yo`llari — 4500 km. Asosiy portlari: Nikolayev, Odessa, Xerson, Sevastopol.
   Tarixi. Hozirgi Ukraina hududi m. a. VII asrda skiflar imperiyasi tarkibiga kirgan. Ill asrda gotlar Dondan Dunaygacha bo‘lgan hududlarda o‘z davlatlarini tashkil etishadi. Xunnlardan so‘ng bu hududlarga sharqiy slavyanlar va xazarlar kirib kelishadi va ikki o‘rtada kurash boshlanadi. 0‘z hududlarini xazarlardan himoya qilish maqsadida slavyanlar varyaglarni yordamga chaqirishadi. Varyag knyazi Oleg 882-yilda Kiyev Rusiga asos soladi. 988-yilda Vladimir Buyuk xiristianlikni qabul qiladi. Kiyev Rusi Yaroslav Mudriy (1019-1054) va Vladimir II Monomax (1113-1125) davrida gullab-yashnaydi. XIII asrda Botuxon bosh- chiligidagi mo‘g‘ul-tatar qo‘shinlari Kiyev davlatini tugatadi. Kiyev davlati yerlari Polsha va Buyuk Litva Knyazligi o’rtasida bo‘lib olinadi. 1647-yilda Andrusov shartnornasiga ko’ra sharqiy Ukraina yerlari Rossiya  tarkibiga kiradi. 1793-yilda Yekaterina butun Ukraina yerlari (Galitsiyadan tashqari, Galitsiya 1919-yilgacha Avstro-Vengriya imperiyasi tarkibiga kirgan) bosib oladi. 1917-yilning noyabrida Vinnichenko va Petlyura Kiyevda Ukraina Avtonom Respublikasini tuzishadi. Ular bilan bir vaqtda Xarkovda bolsheviklar Ukraina Sovet Respublikasini tuzishadi. Brest — Litva shartnomasidan so’ng, 1918-yilning martida nemis qo’shinlari Ukrainani okkupatsiya qiladi va 1918-yilning dekabrigacha Petlyura hokimiyatni o‘z qo’liga olguncha qolishadi. 1920-yilda Petlyura va bolsheviklar o’rtasidagi kurashga Polsha qo‘shiladi va Riga shartnomasiga ko‘ra g’arbiy Ukraina yerlari 1921 -yilda Polshaga o‘tadi. Sovet Ukrainasi esa 1922-yilda Sovet lttifoqi tarkibiga kiradi. Ikkinchi Jahon urushi davrida Ukraina nemis qo’shin­lari tomonidan okkupatsiya qilinadi. 1944-yilda Sovet qo’shinlari Ukrainadan nemislarni quvib chiqaradi. 1945-yilda Ukrainaga Sharqiy Galitsiya, Rutenya, Shimoliy Bukovina va Bessarabiyaning bir qismi qo‘shiladi. 1945-yilda Qrim viloyati Ukraina tarkibiga kiradi. 1986-yilning 26-aprelida Ukraina hududida insoniyat tarixidagi eng fojiali halokatlardan biri — Chernobil atom elektrostansiyasida portlash ro’y beradi. 1991-yilda Ukraina o’z mustaqilligiga erishadi. 2004-yilning oxirida navbatdagi prezident saylovlarida prezidentlikka nomzodlardan birining tarafdorlari saylov rtatijalaridan norozi ekanliklarini bildirib tartibsizliklar uyushtirishadi. Mamlakatda «to‘q sariq inqilob» deb nom olgan siyosiy inqiroz vujudga keladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.